Janat Odamlar n65. p65


Download 0.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/140
Sana22.12.2022
Hajmi0.62 Mb.
#1041028
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   140
Bog'liq
Janat Odamlar n65

Xudoyberdi To‘xtaboyev
4
oldinma-keyin ta'lim oldik, dastlab ikkimiz ham
fan yo‘lidan borishga jazm etgan edik, men
adabiyotshunoslikni, u esa psixologiya fanini tan-
lab oldi, talabalik yillari akademik I. P. Pavlov
nazariyasiga tayanib inson ruhiyati xususida
qiziqarli tadqiqotlar olib bordi, ilmiy jamoatchilik
oldida maroqli ma'ruzalar qildi, uning shu sohadagi
diplom ishiga mutaxassislar «salkam kandidatlik
dissertatsiyasi» deya baho bergan edilar... So‘ngra
yo‘limiz ayri tushdi, men o‘zim ahd qilgan adabiyot-
shunoslik bo‘yicha ketdim, Xudoyberdini esa
boshida o‘zi ham sezmagan qandaydir «sehrli kuch
yo‘ldan ozdirdi», u jurnalistika, adabiyot olamiga
sho‘ng‘ib ketdi. Darvoqe, boshqacha bo‘lishi
mumkin ham emas edi; Xudoyberdi tabiatan
yozuvchi bo‘lib tug‘ilgan edi; u yozuvchilikni,
jurnalistikani kasb-hunar tarzida tanlagani yo‘q,
qalbidagi sehrli tug‘yon, mehr-ishtiyoq uni shu
sohaga boshladi. Xudoyberdi bolaligidayoq qanday-
dir mashrabona tabiati, xayolparastligi bilan ajralib
turardi, universitetda o‘qigan yillari eng jiddiy ilmiy
muammolarni ham obrazli qabul qilar va boshqa-
larga ham obrazli qilib tushuntirib berar edi. Hali
u yozuvchi bo‘lishni xayoliga ham keltirmagan,
ilm-fan ishtiyoqida yurgan kezlari bir psixolog
murabbiyimiz uning fikrlash tarziga qarab, ilk ilmiy
mashqlari bilan tanishib «Bu yigitda bir gap bor»
deb qo‘yar, hazillashib «Shoir» deb atar edi.
Xudoyberdini adabiyot dargohiga hech kim
qo‘lidan yetaklab olib kirgani yo‘q. Qanday qilib
yozuvchi bo‘lib qolganligini o‘zi ham aniq aytib
berolmaydi. Goho undan: «Yozuvchilikni qanday
boshlagansiz?» deb so‘rasalar: «Yozgim kelgan edi,


Jannati odamlar
5
yozaverdim» deb javob beradi hazillashib. Ehtimol,
Xudoyberdi hayotida ko‘rgan taqchillik, qahatchi-
lik mashaqqatlari boshqa biror kimsa boshiga
tushganida allaqachon jurnalistikani, yozuvchilikni
yig‘ishtirib qo‘yib o‘zga, yog‘liroq sohaga o‘tib
ketgan bo‘lardi...
Xudoyberdining bolaligi xiyla og‘ir kechdi, juda
erta otadan yetim qoldi, el-yurt boshiga tushgan
musibat – ikkinchi jahon urushi, urushdan keyingi
davr mashaqqatlari Xudoyberdilar xonadonida ham
o‘z asoratlarini qoldirdi. Xudoyberdi ancha vaqt
bolalar uyida tarbiyalandi, u o‘zgalarga boqim
bo‘lishni or bilib barvaqt qo‘liga ketmon oldi,
bolaligidayoq o‘z rizqini o‘zi topib yeyishga odatlan-
di, avval Qo‘qon pedagogika bilim yurtida, so‘ng
Òoshkent davlat universitetida (hozirgi O‘zMU)
o‘qigan kezlari faqat stipendiya hisobigagina kun
o‘tkazardi, ammo shunday sharoitda u qilgan meh-
natlar, u o‘qigan kitoblar, darslardan ortgan paytlar-
dagi ijodiy mashqlar...
Uyqu joy tanlamas, muhabbat chiroy, degan
naql bor. Shu gapni badiiy ijodga ham tadbiq etish
mumkin. Badiiy ijod, ilhom ham alohida sharoit
yaratilishini kutib o‘tirmaydi, chinakam iste'dod
egasi har qanday vaziyatda ham ijod etaveradi.
Bugungi kunda ayrim yosh qalamkashlarning
yozish uchun qulay sharoit yo‘q deb nolishlariga
hayron qolasan kishi. Xudoyberdining yozuvchi
sifatida shakllanishi murakkab sharoitda kechdi.
Universitetni tugatgach, Farg‘ona viloyatining
Bog‘dod, Yaypan tumanlarida o‘qituvchi bo‘lib
ishladi. O‘sha kezlari qishloq maktabida o‘qituv-
chilik qilish nima ekanligini bu sohaga daxldor



Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling