Janat Odamlar n65. p65


Download 0.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/140
Sana22.12.2022
Hajmi0.62 Mb.
#1041028
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   140
Bog'liq
Janat Odamlar n65

Xudoyberdi To‘xtaboyev
28
jonim ikkimiz dastarra, oybolta, o‘tkir teshamizni
olib bog‘imiz etagidagi terakzorga jo‘nadik.
Enajonim:
– Hoy, nima qilasiz, bolani sovuqda qiynab,
tanchada yotsin, – deya iltimos qilgan bo‘ldi.
– Gangir-gungir ishlaymiz-da, – deb qo‘ydi
bobom.
Men ham yurishdan to‘xtab:
– Ena, biz gangir-gungir ishlamoqchimiz, –
deb qo‘ydim.
Hov birda aytuvdim shekilli, men ana shu
chakalak bo‘lib o‘sadigan terakzorimizdan judayam
qo‘rqaman. Butalar orasida ajina, alvastilar
berkinib yotadi. Bir marta Sanambuvi ikkovimiz
o‘sha tarafga o‘ynagani borganimizda alvastining
buvisini ko‘rganmiz. Malla sochlarini yozib, bola-
larini o‘ynatib o‘tirgan ekan, shataloq otib qochib
qolganmiz.
Bobojonim o‘tkir oyboltamiz bilan terak
kesishga tushdi. Men u kishining, qo‘y, xalaqit
berasan, deyishiga ham qaramay ikki qo‘llab
terakning silliqqina, muzdakkina tanasidan narigi
tomonga itarib turdim.
– Bobojon, – deyman goho, – bolta urganingizda
terak nega qaltirab ketyapti?
– Joni og‘riydi-da, – deb qo‘yadi bobojonim.
– Voy, uniyam joni bormi?
– Bo‘lmasam-chi, taq-taq deb ovoz beryap-
ti-ku.
– Taqillagani yig‘laganimi?
– Ha, yig‘lagani. Tegma-tegma, deb yig‘layapti-
da... ana, ko‘zidan yosh ham oqyapti.
– Bo‘lmasa kesmay qoya qolaylik, jon bobojon.


Jannati odamlar
29
– Kesmay ko‘prik qurolmaymiz, ko‘prik
qilmasak odamlar soydan o‘tolmay, suvga yiqili-
shyapti. Teraklar ko‘prik bo‘lishini bilganda
yig‘lamasdi. Aslida ular men ko‘prik bo‘laman,
men uylarga yog‘och bo‘laman, men terakman,
kerakman, deb o‘sishadi.
– Voy, teraklar ham gapiradimi?
– Gapiradi, o‘g‘lim.
– Mana bu niholchalar uning bolalarimi?
– Ha, bolalari.
– Unda onasi qaysi?
– Shu kesayotganimiz – onasi-da...
– Dadasi-chi?
– Hu anavi yo‘g‘oni, qat-qat po‘sti bor-ku,
ana o‘sha dadasi bo‘ladi. Endi, o‘g‘lim, nariroq
tur.
Xalaqit beryapsan.
– Ikkovlari er-xotinmi? – deb so‘rashda davom
etaman.
– Ha, ikkovlari er-xotin bo‘lishadi.
– Bobojon, enam sizning xotiningiz bo‘ladi-a?
– deb so‘rayman yana.
– Ha, xotinim bo‘ladi, – deb qo‘yadi bobom.
Bir nafas jim turaman-da, yana so‘rayman:
– Bobojon, katta bo‘lsam menga ham xotin
olib berasizmi?
– Olib beraman, toylog‘im, albatta, olib
beraman, – bobom qaddini rostlab chuqur-chuqur
entikadi. Negadir, bir daqiqagina ma’yuslanib
qoladi, xo‘rsinadi, – Xudo xohlasa katta to‘y ham
qilib beraman, karnaylar chaldiramiz.
– Lekin, bobojon, menga Sanambuvini olib
bermaysiz, xo‘pmi?



Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling