Janat Odamlar n65. p65
Download 0.62 Mb. Pdf ko'rish
|
Janat Odamlar n65
- Bu sahifa navigatsiya:
- BETOBLIK B
- Jannati odamlar 35
Xudoyberdi To‘xtaboyev
34 – Enajon, siz odam bo‘lsangiz uchovimizga ham yetadi, – deb qo‘yaman. Keyinchalik bozor-o‘charga, tegirmonga qatnaydigan odamlar shu to‘rt yog‘ochdan yasalgan ko‘prikka «Erkacholning ko‘prigi» deb nom berishdi. Hozir ko‘prik ustida turib, ana shu voqealarni eslab ketdim. BETOBLIK B obojonim ikki-uch kundan keyin butunlay yotib qoldi, shunday qattiq kasal bo‘ldiki, bilmadim, og‘riqning zo‘ridanmi, haroratning balandligi- danmi, o‘zidan ketib qolgan paytlari ham ko‘p bo‘ldi. – Otajon! – deydi goho enajonimni chaqirib. Aytganday, sizga aytaman deb yodimdan chiqib qolibdi, bundan bir necha yillar oldin qo‘rboshilar zamonida Otajon tog‘am bilan Olimjon tog‘amlarni shapka kiygan askarlar qo‘llarini orqasiga bog‘lab, yerga cho‘kkalatib qo‘yib, peshonalaridan otib tashlashgan ekan. O‘shanda askarlar shu qishloqni bizga berasan, deyishibdi. Tog‘amlar, yo‘q, bermay- miz, deyishibdi. Bo‘lmasa, qishloqning yarmini berasan, deyishibdi, tog‘amlar bermaymiz, deyishibdi. Otimizga besh arava beda, uch arava yem berasan, deyishibdi. Tog‘amlar anavi kuni berdik-ku, deyishibdi. Askarlar yana berasan, deyishibdi. Tog‘amlar endi hech narsa qolmadi, qishloq qup-quruq deyishibdi. Unda miltiqni qayerdan olganingni aytasan, deyishibdi. Tog‘amlar aytmaymiz, deyishibdi. Shundan so‘ng peshona- larini mo‘ljallab turib varanglatib otib tashlashgan Jannati odamlar 35 ekan. O‘shanda enajonim ham, bobojonim ham rosa yig‘lashgan ekan. Shunday yig‘lashibdiki, ko‘zla- ridan oqqan yosh Dahansoydagi suvdan ham ko‘p bo‘libdi. O‘shandan beri ikkovlari bir-birlarini katta tog‘amning nomini aytib chaqirishar ekan. Tog‘am- lar narigi dunyoda tirik yurishgan bo‘lsa, xayriyat bizni eslashyapti, deb xursand bo‘lishsa kerak-da. – Otajon! – deydi goho bobom yonginasida o‘tirgan enamni chaqirib. – Shu yerdaman, – deb qo‘yadi enajonim. – Sandaling sovib ketdi-ku! – Yo‘g‘-ey, lovillab turibdi. Hozirgina olov soldim. O‘rik o‘tindan ataylab yoqqan edim, – tushuntiradi enam, – Xudo xohlasa, terlaysiz, o‘rik o‘tinining xosiyati ko‘p deyishadi. Terlasangiz, darddan qutulasiz. – Qo‘lingni peshonamga qo‘y... – Kaftim peshonangizda turibdi-ku. – Sezyapman, Otajon, sezyapman. Yana jim bo‘lamiz. Men ko‘kragimgacha ko‘rpani tortib yonboshlab, o‘choqdagi asta-sekin so‘nib borayotgan olovga tikilib o‘y surib ketaman: olov nega oldin yonib, keyin o‘charkin, yonganida nega qip-qizil bo‘lib ko‘rinadiyu o‘chganda yo‘q bo‘lib qolarkan? Yî o‘sha qizilligi tuynukdan os- monga chiqib ketarmikan, hamma tuynuklardan olov chiqaversa, osmon kuyib ketmasmikan yo bari to‘planib quyoshga aylanarmikin, ehtimol, tunda ko‘ringan yulduzlar o‘choqlardan êî‘tarilgan qizil olovlardir?.. Tashqari qorong‘i, juda qorong‘i. Sandal ustiga osganimiz yettinchi chirog‘imiz miltillab yonadiyu baribir, chorxari uyimizni yaxshi yoritolmaydi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling