Janat Odamlar n65. p65


Download 0.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/140
Sana22.12.2022
Hajmi0.62 Mb.
#1041028
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   140
Bog'liq
Janat Odamlar n65

Xudoyberdi To‘xtaboyev
36
O‘choqdagi qizil olovni chirog‘imiz shishasiga
joylaganimizda eh, qanday soz bolardiya? Uyimizda
quyosh porlab turardi... Bo‘ldi, ertaga enam
qo‘shninikiga chiqib ketganda shishaning ichiga
olov yoqib ko‘raman, qog‘oz yoqaman, yoqaman,
qog‘oz tez yonadi, uning olovi ham ko‘p...
– Enasi, – deb ingraydi bobojonim, – shu
yerdamisan, hay, dunyo shunaqa ekan-da, kelgan
odam baribir bir kun ketarkan-da.
– Unday demang, – deydi enajonim yolvorib,
– odamning yuragiga vahima solyapsiz. Isitmangiz
yana ko‘tarildi shekilli. Hozir peshonangizga latta
ho‘llab bosaman.
– Yo‘q-yo‘q, o‘tir... Yonginamda o‘tir, baribir,
issiq jon bor joyda qazo ham bor. O‘tir, gapirib
olay, – bobojonimning nursizlanib qolgan ko‘zlarida
miltillab yosh ko‘rindi. – Xudoga shukr, umr berdi,
rizq berdi, obro‘ berdi... faqat farzandlarimdan
erta judo qildi-da. Arslonday yigitlar edi-ya! Har
yelkasida bittadan odam o‘tiradigan pahlavon
yigitlar edi-ya, o‘, zolimlar, o‘, zolim zamona...
Senga qiyin bo‘ladi, onasi, yolg‘izlik yomon...
Rahmonberdi, yaxshi o‘g‘lim, qayerdasan, beriroq
kel, qani, qo‘lingni menga uzat-chi.
Men shosha-pisha bobojonimning yoniga o‘tib,
paypaslab qo‘lini ushlayman. Issiq, bilch-bilch terlab
ham turibdi... Nima deyishimni bilmayman, juda
yaxshi gap aytgim keladi, ammo o‘sha gapni
topolmayman. Boshimni asta ko‘ksiga qo‘yib, xush
yoqarmikan, deya barmoqlarim bilan soqollarini
ohista-ohista silay boshlayman.
– Barakalla, o‘g‘lim, – entika-entika qiynalib
so‘zlaydi bobojonim. – Qo‘llaring biram yoqimliki...


Jannati odamlar
37
Enajoningni yolg‘iz tashlab ketmagin, lekin
ko‘prikni boplab qurdik-da... Hay, jon bor joyda
o‘lim bor, roziman, hammasiga roziman.
Qani, azamatim, enajonimni yolg‘iz tashlab
ketmayman, deb menga so‘z ber-chi.
– Bobojon! – dedimu yig‘lab yubordim.
– Hoy, Otajon, qo‘ying bu gaplarni, – yana
yolvordi enam, – bolamning yuragiga qo‘rquv solib
nima qilasiz? Isitmangiz ko‘tarilib ketdi shekilli,
alahlayapsiz. Xudo xohlasa, ertalabgacha tuzalib
qolasiz.
– Ha, onasi, umrimning aziz yo‘ldoshi, yax-
shilik uchun tug‘ilgan ekansan, sendan nuqul
yaxshilik ko‘rdim, ammo qaytarolmadim. Mayli,
mayli... Rahmonberdi o‘g‘limni, bu azamatimni
o‘gaylar qo‘liga topshirib qo‘ymagin, o‘gay aka-
ukalar, o‘gay ota, begona hovli... Mung‘ayib qola-
di-ya. O‘zing bag‘ringda olib yurgin... O‘, zolimlar,
o‘, zolim zamona... Nasriddin boyning nabirasi
bo‘ladi-ya bu o‘g‘lim. Otasini quloq qildilar, boy-
ligini tortib oldilar, kaltakladilar, qamadilar, oxiri
yigirma bir yoshida o‘ldirdilar. Mayli, toylog‘im,
shularni sen bilib ol. Hoy, miltiqni ber menga,
otaman, hammasini otaman. Ana, o‘g‘illarim
kelyapti, miltiq molxonada, ustiga xashak tashlab
qo‘yganman...
Bobojonim o‘rnidan turib ketdi. Enam ham
turib uni mahkam quchoqlab oldi. Nima qilishimni
bilmay qoldim. Yig‘lay deyman-u, yig‘i kelmayapti.
Chiqib qo‘shnilarimizni chaqirib kelay desam,
ko‘cha qop-qorong‘i, zimiston. Men qorong‘idan
juda qo‘rqaman. Nega desangiz, ajinalar qorong‘ida
qari daraxtlarning ortiga berkinib olib, ko‘zlarini



Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling