Janat Odamlar n65. p65


Download 0.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/140
Sana22.12.2022
Hajmi0.62 Mb.
#1041028
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   140
Bog'liq
Janat Odamlar n65

Xudoyberdi To‘xtaboyev
38
lo‘q qilib qarab turishadi. Faqat bizning hovlimizda
yo‘q, xolos. Enam har xil duolar o‘qib ularni uzoq-
uzoqlarga haydab yuborgan. Enajonim «La ilaha
illollohu» degan duoni o‘tgan yili qishda menga
ham o‘rgatib qo‘ygan-u, baribir o‘sha duoni o‘qiyot-
ganimda ham ko‘zimga ajinalar ko‘rinayotganday
bo‘laveradi. Men ham o‘rnimdan turib bobojonim-
ning qoqsuyak bo‘lib qolgan oyoqlaridan mahkam
quchib:
– Bobojonim, yo‘q, o‘lmaysiz, hecham o‘lmay-
siz, – deya dodlab yubordim, – siz o‘lsangiz, enam
ikkimiz ajinalardan qo‘rqamiz, askarlar bizni paq-
paq qilib otib tashlashadi.
– Yoting endi, yota qo‘ling, – bobomni o‘rniga
yotqizishga urinardi enam, – Xudo xohlasa,
hammasi joyida bo‘ladi. Ertaga chilyosin o‘qitamiz,
qo‘y so‘yib xudoyi qilamiz.
Bobojonim entika-entika o‘rniga cho‘zildi.
Cho‘zildi-da, menga xuddi birinchi bor ko‘rayot-
ganday, ko‘rsa ham taniyolmayotganday uzoq
tikilib qoldi. Enam sandaldan olov olib, isiriq tutata
boshladi. Hali rasmana tutab ham ulgurmagan edi,
ko‘cha eshigimiz taqilladi. Kim bo‘ldi ekan?
Ehtimol Zahro xolamdir? Bobom betob bo‘lgandan
buyon xabar olgani faqat qorong‘i tushganda kcladi,
ovqati kechga qolar emish... Kim bo‘lsa ham kelgani
yaxshi bo‘ldi, deb o‘yladim-da, kavush kiygani
toqatim chidamay, yalangoyoq hovliga otildim. Ena-
jonim doim bemahalda ko‘cha eshikni ochishdan
oldin kim ekanligini so‘ra, begona bo‘lsa, ochma,
deb o‘rgatardi. Hozir o‘sha o‘rgatgani esimdan
chiqib qolibdi. Ikkala qanotini sharaqlatib ochib
yubordim. Xayriyat xayriyat-ey, Ahmadqul bobom


Jannati odamlar
39
ekan. Ahmadqul bobo, deb oyoqlaridan mahkam
quchoqlab yig‘lab yubordim.
– Ie-ie, nima bo‘ldi, boyvachcha o‘g‘lim, –
qulog‘imgacha engashib so‘radi Ahmadqul bobom.
– Bobojonim, o‘lib qolyapti, – deya battar
yig‘ladim, – o‘laman, sizlar yolg‘iz qolasizlar,
dedi. Hozir aytdi shu so‘zlarni.
Ahmadqul bobom qiyiqda bir narsa tugib kelgan
ekan, ushla-chi, deya uzatdi-da, meni bir chekkaga
surib o‘zi ichkari hovlimizga jadal kirib ketdi.
Enajonim bemahalda ko‘cha eshik hech ochiq
qolmasin, deb o‘rgatardi. O‘sha esimga tushib
berkitib, oldin zanjirni osdim, keyin tanbasini ham
tirab qo‘ydim-da, qani, qiyiqda nima bor ekan,
deya ochib ko‘ra boshladim. Anor, uzum, voy
qanday yaxshi-ya, oh-oh, husayni uzum kirsillab
turibdi, deng.
Uch-to‘rt donasini darrov og‘zimga solib
kirsillatib yeb oldim. Shu bobom o‘zi yaxshi-da,
yo‘q-yo‘q, uzum olib chiqqani uchun emas, uzum
o‘zimizda ham bor, menga o‘xshagan bolalarni
suygani, erkalagani uchun yaxshi. Hovlilarida
o‘ntacha bola bor. Men kirsam, o‘n bitta bo‘lamiz.
Hammamizning cho‘ntagimizni to‘ldirib yong‘oq
solib beradi.
Bir marta mehmonga chiqqanimizda, Hayitvoy
bilan meni kurashtirib, kim zo‘r chiqsa, o‘shani
yelkamga mindiraman, dedi. Ikkovimiz tengdaniga
gupillab yiqilgan edik, ikkovimizniyam yelkasiga
mindirib, yumshoq kigiz to‘shalgan uyda ot bo‘lib
kishnab, oyog‘ini osmonga otib, bizni rosa qiqirlatib
kuldirgan. Goho ko‘chada o‘ynab turganimizda o‘tib
qolsa:



Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling