Janat Odamlar n65. p65
Download 0.62 Mb. Pdf ko'rish
|
Janat Odamlar n65
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jannati odamlar 45
Xudoyberdi To‘xtaboyev
44 turdim. Keyin do‘xtirlar yaxshi-a, o‘layotgan odam- larni qutqarishadi, katta bo‘lsam, men ham do‘xtir bo‘laman, qo‘rg‘onchamizda o‘ttiztacha cholbobo bor, hech birini o‘ldirgani qo‘ymayman, hammasi- dan bobojonim yaxshi, o‘lmasin, o‘lmasin, o‘lma- sin... Odamlar nega o‘larkin, o‘lgandan o‘lmagan yaxshi-ku, o‘lgandan keyin go‘rda tirilib qolsa, nafasi qaytib qolmasmikin, deya ana shular haqida o‘ylay boshladim... Keyin uxlab qolibman. Bir mahal g‘alati-g‘alati ovozlar qulog‘imga kirib uyg‘onib ketdim. O‘choqqa guldiramazon qilib olov yoqishibdi, yantoq qalashgan ekan, alangasi uyni yoritib yuborgan. Do‘xtir amaki kepti. Oti Dehqon shapka, doim soyaboni katta shapka kiyib yuradi. Meni ko‘rib qolmasin, deb darrov yuzimga ko‘rpani tortib oldim. Nega desangiz, ko‘chadan shoxdor jinaravasini minib o‘tganda ko‘chamizdagi bolalar to mozor boshigacha orqasidan yugurib, ko‘chani changitib: Dehqon shapka, Tushunmaydi gapga, Kechasi o‘ngga, Kunduzi chapga, Bo‘ynida xalta, Qo‘lida papka, – deb masxara qilib borardik. Anavi kuni qor yog‘ayotganida jinaravasini Dilijonlarning ko‘cha eshigi oldiga qo‘yib, ichkariga kirib ketgan ekan, bolalar damini chiqarib, g‘ildiragini yurmaydigan qilib qo‘yishdi. Chiqib hammamizni rosa quvladi, meniyam quvdi. Men dodlab qochdim... Hozir tanib qolsa-ya, bobojonimga aytib bersaya?.. Jannati odamlar 45 Yo‘q, baribir chidab turolmadim, ko‘rpani ozgina ko‘tarib mo‘ralay boshladim. Bobojonimni o‘tqazib, oq kuylagini tomog‘ining tagigacha qay- tarib qo‘yibdi. Choynakning qopqog‘iga o‘xshash o‘yinchog‘i bor ekan, o‘shani qorniga qo‘yib ko‘ryapti. – O‘pka toza, – dedi Dehqon shapka amaki. – Xudoga shukr, – deb qo‘ydi bobojonim. – Bu yerda og‘riq yo‘qmi? – Yo‘q shekilli. – Bu yerda-chi? – Sezmayapman. – Demak, jigar-buyraklar toza. Obbo amakim- ey, shunday qilib, suvda ikki-uch bor cho‘milib oldim, deng. – Ha, endi... yoshlik o‘tib ketgan ekan... – Endi oyoqlarni ko‘ramiz, uzating. – Voy-voy, – bobojonim sal bo‘lmasa o‘rnidan turib ketayozdi. – Nima bo‘ldi? – Og‘riyapti, do‘xtir bolam. Ko‘zim joyidan chiqib ketay deyapti. – Bunisi-chi? – Voy, astaroq, jon bolam, astaroq. Ana, aytmadimmi, – dedi Dehqon shapka amaki, Ahmadqul bobomga qarab, – ikkovi oyoqlarini, tomiru suyaklarini bab-barobar shamol- latganlar. Isitma shundan. Hay – hay, shu yoshda muzday suvda uzoq turganlarini qarang. – Xudo ham o‘zini ehtiyot qilganni ehtiyot qilaman, degan ekan, – enamga qarab dedi Ahmadqul bobom. Bobojonimning haroratini tushirish uchun emlash kerak ekan, boshqa iloj qolmabdi. Ham- |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling