Janat Odamlar n65. p65


Download 0.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/140
Sana22.12.2022
Hajmi0.62 Mb.
#1041028
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   140
Bog'liq
Janat Odamlar n65

Xudoyberdi To‘xtaboyev
58
– Mana bu yerda ikkita bo‘ri rosa olishganga
o‘xshaydi.
– Urishibdimi?
– Yo‘q, o‘ynashibdi shekilli. Ona-bola bo‘lsa
kerak. Qara, birining izi katta, chuqurroq botgan,
tanasi og‘irda. Boshqasiniki kichkina, qorga uncha
botmagan. Voy-bo‘y...
– Bobojon, qo‘rqib ketyapman, – dedim chindan
ham qo‘rqib.
– Qo‘rqma, o‘g‘lim, qo‘rqma.
– Qo‘rqmay desam ham qo‘rqib ketyapman.
– Yigit kishi ham qo‘rqadimi?
– Yo‘q, men yigit emasman. Keyin yigit bo‘la-
man. Keta qolaylik.
– Bo‘rsiq ovlagani kelganmiz-ku, î‘g‘lim.
– Bobojonim tuzalib qolsa, hammamiz birga
tutamiz. Bobomning miltig‘i bor, og‘ilxonaga ber-
kitib qo‘ygan. O‘shani olib kelarmiz.
– O‘h-ho‘, bobongning miltig‘i bor degin?
– Hech kimga aytmagin degan.
– Qo‘rqma, o‘g‘lim, kel, qo‘lingni ushlab
olaman. Barakalla. Xudo xohlasa, bo‘ridan qo‘rq-
maymiz, yonimdagi pichoqni ko‘ryapsanmi? Hazrat
Alining qilichiday keladi-ya, – Ahmadqul bobom
pichog‘ini tovoniga tegib turgan qinidan sug‘urib,
havoda bir oynatib qo‘ydi. Pichoq juda uzun ekan.
– Har qanday bo‘rini chavaqlab tashlayman-a.
Undan keyin, î‘g‘lim, xudoyi taolo odamni hamma
jonzotdan ulug‘ yaratgan. Odamning farishtasi
behad buyuk bo‘ladi. Eng och bo‘ri ham hadeganda
yurak yutib unga yaqinlashib kelolmaydi... Hozir
bo‘rilar to‘q, negaki, dala-tuz to‘la qo‘zi-mol... Yana
ozgina yuraylik, huv narida Tentaksoydan ajralib


Jannati odamlar
59
chiqqan yoyilmalar bor, bobong bilan quyonu
bo‘rsiqlarni o‘sha yerlarda ovlardik. Undan narida
bo‘ri-yu tulkilarga qopqon qo‘yardik. Lekin bo‘ri
ayyor bo‘ladi, bolam. Bir avlodi ilingan joyga boshqa
avlodi qadam bosmaydi... Yo eshakka minib ola-
sanmi?
– Yo‘q-yo‘q, eshakning ustida qo‘rqaman,
– dedim.
– E, yana qo‘rqaman deydi-ya, – Ahmadqul
bobom arqon ushlab ketayotgan qo‘lini jahl
bilan silkitib qo‘ydi, – sen Erkacholning nabirasi
bo‘lmabsan.
– Kim bo‘libman bo‘lmasa?
– Qo‘rqoq bo‘libsan.
– Hecham-da, men sal-pal qo‘rqyapman, xolos.
– Bobong sandaqalik mahalida jasur, dovyurak
edi... Yigitlik chog‘ida esa bir o‘zi ko‘k bo‘rini
yiqitgan. Aytib bermaganmi?
– Yo‘q, aytmagan.
– Mayli, keyin aytib beraman.
– Yo‘q, hozir aytib berasiz, bo‘lmasa yana
qo‘rqaman.
– E, o‘g‘lim, bunga ancha zamonlar bo‘ldi...
O‘shanda dashtga qovun ekib, êàðà tikib
ko‘chib chiqqan edik. Sutday oydin bir kecha edi.
Bobong pashshaxonadan boshini chiqarib bunday
qarasa, qovunning ichida kimdir engashib yurgan
emish. Kim u desa, indamabdi. Asta oldiga borayot-
gan ekan, bo‘ri bir sakrab tashlanib qopti. Xayriyat-
ki, bo‘rining pastki jag‘i bobongning qo‘liga kirib
qopti. Bobong polvon odam edi-da, bukaveribdi,
bukaveribdi, axiyri bo‘rining belini sindiribdi...
Keyin huv Ahmadqul, deb meni chaqirib qoldi.



Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling