Janat Odamlar n65. p65


Download 0.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/140
Sana22.12.2022
Hajmi0.62 Mb.
#1041028
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   140
Bog'liq
Janat Odamlar n65

Jannati odamlar
53
kashday keladi. To‘rtta loykash ham unga loy
yetkazib berolmasdi. Yomon mardikor yonidan,
deb haq olmasdi, savobini o‘g‘illarimga bag‘ishlang,
derdi... Keyin bobong êî‘chat ulashishni yaxshi
êî‘radi, qishlog‘imizdagi jamiki bog‘larda uning
ko‘chatidan bor, buyam saxovat bo‘ladi, o‘g‘lim.
Endi tushungandirsan?
– Ozgina tushundim, xolos.
– Voy-bu, sen qanaqa bolasan, o‘zi?
– Yaxshi bolaman.
– Yaxshi bola bo‘lsang, endi jim ket.
– Jim ketgim kelmayapti. Ayting-chi, siz
zo‘rmi, bobojonim zo‘rmi?
– Men zo‘rman.
– Voy, siz kichkinasiz-ku, bobojonimning bitta
qo‘licha kelasiz-ku!
– Meni kichkina polvon deyishadi, ha!
– Bobom bilan bir marta bo‘lsa ham kurash
tushganmisiz?
– Tushganman.
– Kim yiqitgan?
Bobongni aylantirib turib tomga otib yubor-
ganman.
– Hecham-da.
– Ishonmaysanmi?
– Yo‘q.
– Bo‘pti, hali borganda kurash tushamiz,
o‘shanda ko‘rasan, endi jim ket.
Bobom ikkovlari kurash tushsa qalay bo‘larkin,
bordi-yu, bobom yiqilsa-ya, deb o‘yladim-u, keyin
so‘rayotgan narsam esimdan chiqib, jim bo‘p qo‘ya
qoldim. Tog‘ tomonga qarab ketyapmiz. Hammayoq
oppoq qor. Hov baland-baland tog‘larda, adirlarda,


Xudoyberdi To‘xtaboyev
54
biz borayotgan maydonlarda mo‘l-ko‘l oqlik. Ham-
mayoq charaqlab ketgan, qarasangiz ko‘zingiz
jimirlaydi. Eh, qanday yaxshi-ya, qanday soz
bo‘ldi-ya!
Huv uzoqlarda, osmonu falakda qushlar gala-
gala bo‘lib uchib yurishibdi. To‘dalar qo‘shiladi,
yana ajraladi, yana qo‘shiladi, yana ajraladi. O‘yin
qilishayotgandir-da? Qanday yaxshi-ya! Qani endi,
men ham hozir qushcha bo‘lib qolsam, o‘sha
balandlikka ko‘tarilib, qanotlarimni qoqib rosa o‘y-
nardim...
O‘tib borayotganimiz o‘rikzorlarda har xil qush-
lar êî‘p. Ana, gurr etib chumchuqlar ko‘tarilib,
o‘riklar shoxiga qo‘ndi, ustimizga duv etib qor
to‘kildi. Nariroqda har bittasi tovuqday-tovuqday
po‘mqarg‘alar sariq tumshuqlarini pastga qilib xayol
surishyapti, bechoralar-ey, endi ovqatni qayerdan
topsam ekan, deb oylashayotgandir-da? Saqichdek
qop-qora, betoqat qorashaqshaqlar shoxdan-shoxga
sakrab quvlashmachoq o‘ynashayotganga o‘xshaydi,
ular biram ko‘p, biram ko‘pki. Qo‘shnimiz Sultonali
akam o‘tgan yili behiga tuzoq qo‘yib, qora-
shaqshaqni ilintirganda men bir do‘ppi yong‘oqqa
almashtirib olgandim. Tovoqning tagiga bostirib
qo‘yganimda, enajonim bilmay ko‘tarib, qush-
chamni uchirib yuborgan, ehtimol, o‘sha qushcham
hozir shularning orasida bordir? Meni taniyap-
timikan? Ularda es bo‘lmaydi-ku.
– Bobojon, keling, yana gaplashib ketaylik, –
deyman zerikib.
– Hali gaplashdik-ku, – deydi Ahmadqul
bobom.
– Yana gaplasha qolaylik, jon bobojon.



Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling