Janat Odamlar n65. p65
Download 0.62 Mb. Pdf ko'rish
|
Janat Odamlar n65
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xudoyberdi To‘xtaboyev 68
Jannati odamlar
67 baribir ichida nimalar borligini bilgim kelib, haligi tugunchalarga qarab-qarab qo‘yaverdim. – Xo‘sh, Erkavoy bolam, baxayr, qani gapir- chi, nima bo‘ldi o‘zi? – deb so‘radi soqoli yalpoq Esonqul bobom. Avvaliga iya, nega bobojonimni bolam, deyapti deb o‘yladim. Keyin, hah, yuzga kirganlar yetmishga kirganlarni bolam deydi, deb o‘ylab, shuni topganimdan juda-juda sevinib ketdim. Enam tugunchalarni yecha boshladi. Bittasida qatlama bor ekan, qatlama, qatlama, ostonadan hatlama, degim keldi-yu, indamadim. Keyingi tugunda jiyda bor ekan, non jiyda! Mazza qilaman endi. Yo‘q, yeyishni emas, yegandan keyin danagini tuplashni yaxshi ko‘raman, cho‘z- maga solib otsangiz ham uzoqqa boradi, ham qattiq tegmaydi, Sanambuvini rosa quvlayman endi. – Bu qanaqa zamon bo‘ldi-ya, – deyapti gapga tushib ketgan bobolardan bittasi. – Namozga ruxsat yo‘q! – Xatmi Qur'onga ruxsat yo‘q. – Kitob o‘qishga ruxsat yo‘q. – Machitga ruxsat yo‘q. – Janozaga ruxsat yo‘q. – O‘likni yuvib-tarashga ruxsat yo‘q. – Qanaqa zolim zamon bo‘ldi-ya! – degan gaplarni aytishyapti boshqa bobolar ham. – Xoneshon hazratlarini olib ketishibdi! – vahimali qilib dedi beli bukri Yunus bobom. – Yo‘g‘-e, – dedi soqoli yo‘q Qambarali bobom, – avvalgi kuni ko‘ruvdim, do‘kondan kirsovun olayotgan ekanlar... – Shu kecha olib ketishibdi! Xudoyberdi To‘xtaboyev 68 – Bechora eshon, ko‘p bilimdon kishi edilar- da, – gapga aralashdi o‘zimning bobom ham, – jon saqlayman deb, sho‘ring qurg‘ur qariganda melisa- xonaning cho‘chqasini boqayotgan edilar... Qur’oni sharifni yod bilardilar, tafsifini ham ko‘p chiroyli aytardilar... – O‘sha cho‘chqalar boshiga yetibdi. – Yo‘g‘-e... – Ha, shunday bo‘libdi. – Xo‘sh-xo‘sh? Ona cho‘chqa tug‘ib, qishli-qirovli kunlarda xashak kam, qorni och ekan, bolalarini yeb qo‘yibdi. – Cho‘chqa o‘z bo‘lasini yeydimi? – Ha, mol egasiga o‘xshamasa harom o‘ladi, degan gap bor-ku. – Yo navzambillo. – Qanaqa kunlarga qoldik, a? Nachalnik kelib eshon hazratlaridan cho‘chqa- ning bolalari qani, deb so‘rabdi, – yana gapira boshladi Yunus bobo, – eshon hazratlari onasi yeb qo‘yibdi, debdilar. Yo‘q, debdi nachalnik, sen soqoling o‘smay o‘lgur, zararkunandasan, bizning idoramizga ataylab kirib olgansan, cho‘chqalarni qayerga ko‘mding, ayt, hozir bo‘lmasa mana shu soqolingni yulib olaman, debdi. Eshon hazratlari, cho‘chqang boshingdan qolsin, deb etaklarini qoqib chiqib ketgan ekanlar... Shu kecha olib ketishibdi. Hammalari jim bo‘lib qolishdi. Enajonim sandal ustiga popukli dasturxonimizni yozib o‘zimizning mevalardan to‘ldirib tashladi. Esonqul bobom bir bosh chala mayizni qo‘liga olib, ko‘ziga yaqinroq keltirib, Erkavoy, rahmatli otang ham, iloyo go‘ri to‘la nur bo‘lsin, chala mayiz qilishga ko‘p usta |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling