Janat Odamlar n65. p65


Download 0.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/140
Sana22.12.2022
Hajmi0.62 Mb.
#1041028
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   140
Bog'liq
Janat Odamlar n65

Xudoyberdi To‘xtaboyev
62
bilsa bo‘larkan. Hov anavi to‘p bo‘lib o‘sgan
yantoqning ustida qor yo‘q, quyoncha, qani, yesa
bo‘larmikan, deb mo‘ylovli tumshuqchasini cho‘z-
ganda qorlar duv etib to‘kilib ketibdi. Ahmadqul
bobom ana shunaqa gaplar aytib jar bo‘ylab
yuraverdi, yuraverdi. Men ham o‘zimni ataylab
eshitmaganga solib, chakmonining etagidan mah-
kam ushlab orqasidan boraverdim.
– Rahmonjon! – dedi bir mahal to‘xtab.
– Endi siz bilan hecham gaplashmayman, –
dedim arazlaganimni bildirish uchun. To‘g‘ri-da,
nega hadeb boyning nabirasisan, boyning nabi-
rasisan deyishaveradi. Nabirasi bo‘lsam, nega yangi
etigimni kiydirgani qo‘yishmaydi, chamandagul
do‘ppim bor, enam o‘shaniyam kiydirgani bermaydi,
eski qilib qo‘yasan, eski qilib qo‘yasan degani-
degan.
– Gapirmasang ham mayli, o‘g‘lim, topdik,
Xudo xohlasa, axtargan xazinamizni topdik, –
Ahmadqul bobom yelkasidagi xurjunni yerga
qo‘yib, kaftlarini bir-biriga ishqalay boshladi, –
mana buni bo‘rsiqning izi deydilar. Quyonga o‘x-
shab sakrashni bilmaydi-da, sho‘ring qurg‘urlar.
Ketayotganda sudralib o‘zining izini o‘zi tekislab
ketadi. Ov axtarib chiqishgandir bechoralar. Bola-
larini ham ergashtirib o‘tibdi. Ana qaragin, yaqin-
roq yurgin.
Ahmadqul bobom yuzasi Sanambibining childir-
masiday keladigan qopqonchani olib, yo‘lakdagi
qorlarni uyoq-buyoqqa surib ochilgan yerga o‘rnata
boshladi. Oyoq qoyganda qisib qoladigan temir-
chalarini ikki tomonga qayirib, o‘rtasiga lo‘kidonini
joyladi.


Jannati odamlar
63
Keyin qopqonchadagi ingichka zanjirni yerga
temir qoziqcha qoqib o‘shanga bog‘lab ham qo‘ydi.
Qopqonning o‘rtasiga, atrofiga hovuchlab arpa
sochdi. Quruq bedani kaftida ezg‘ilab, maydalab
o‘shandan ham ancha tashladi. Avvaliga jim
turdim-da, keyin so‘ramay desam ham so‘ragim
kelaverdi.
– Bobojon, – dedim axiyri chidamay, – bo‘rsiq
bunga qanday qilib ilinadi?
– Bilmaysanmi? – qaddini rostlab beliga qo‘lini
qo‘ydi bobom.
– Bilmayman.
– Erkachol o‘rgatmagan ekan-da.
– Hecham o‘rgatmagan.
– Bo‘rsiqlar goh bu yerdan o‘tayotganda, goh
ovqat yeyman deb, tumshug‘ini cho‘zganda mana
shu lo‘kidoniga tegib ketsa bas, mana bu temir-
chalar paq etib oyog‘ini qisib oladi.
– Voy, bechora-ey, oyog‘i og‘rimaydimi?
– Og‘riydi, o‘g‘lim.
– Qo‘ying, bobojon, mening rahmim kelyapti
ularga. Uyida bolalari bo‘lsa yig‘laydi. Onajonimiz
qachon kelar ekan, deb kutib o‘tirishadi...
Ovlamay qo‘ya qolaylik.
– Unda Erkacholning oyog‘ini qanday davolay-
miz?
– Davolamasak ham tuzalib qolar.
Obbo o‘g‘lim-ey, rahmdil ekansan, barakalla...
Hamisha shunday bo‘lgin... Lekin o‘g‘lim, Xudoi
taolo jamiki jonzotni odam uchun yaratgan. Bo‘r-
sig‘u quyon, bo‘ri – hamma-hammasi sen uchun,
men uchun, hammamiz uchun yaratilgan. E, ban-
dam, bu dunyoni senga beryapman, undan foyda-



Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling