Janat Odamlar n65. p65
Download 0.62 Mb. Pdf ko'rish
|
Janat Odamlar n65
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xudoyberdi To‘xtaboyev 66
CHOL BOBOLAR SUHBATI
O vdan qaytib kelsak, enajonim o‘zi peshin namozini o‘qib, yotgan joyida bo‘lsa ham mayli, o‘qisin, savobi ko‘p bo‘ladi, deya endi bobomning yuz-qo‘llarini chilopchinga yuvdirayotgan ekan. Bobomga qarab: «Xayriyat: o‘lmabdi, endi hecham o‘lmaydi», deb o‘yladim. Ahmadqul bobom ham- masi joyida bo‘ldi, o‘rtoq, endi men boray, tegir- monga yuk tashlab keldim, deb chiqib ketaboshladi. Ostonaga yetganda orqasiga o‘girilib, Erkavoy, bu nabirang balo ekan, uni endi o‘zim o‘g‘il qilib olaman, dedi-da, ovoz chiqarmasdan soqo‘lini silkitib kulib qo‘ydi. Enajonim loviya solib qatiqli go‘ja pishirgan ekan, men bunaqa oshni jon- dilimdan yaxshi ko‘raman. Icha turib, bo‘ridan qo‘rqqanimni aytib bermoqchi boluvdim, bobom: – Ovchi o‘g‘lim, ovqat yeyilayotganda ko‘p gapirilmaydi, – deb tanbeh berdi. – Xo‘p bo‘ladi, – dedim darrov. Endi ichayotgan edim, enam: Xudoyberdi To‘xtaboyev 66 – Qulunim, odobli bola qoshiqni o‘ng qo‘lida ushlaydi, – deb o‘rgatdi. Bunga ham darrov xo‘p dedim. Nega desangiz, tezroq ichib bo‘lsam, bo‘ri haqidagi gaplarimni êî‘chaga chiqib o‘rtoqlarimga ham aytib rosa havaslarini keltirmoqchi edim. Hovlidan o‘h-o‘h, o‘h-ho‘, kim bor, degan yo‘g‘on- ingichka ovozlar kelib qoldi. Enam ikkovimiz dar- rov o‘rnimizdan turgan edik, eh-he, cholbuvalar ekan, soqoli yalpoq Esonqul bobom oldinda, soqoli yo‘q Qambarali bobo, beli bukik Yunus bobo, hassa ushlab yuradigan Matmusa bobolar kirib kelishyap- ti. Hammasining qo‘lida tuguncha bor. Bir narsalar olib kelishgan bo‘lsa kerak, deb sevinib ketdim. Enam tugunchalarni ola turib, e, nima keragi bor edi, ovora bo‘lib, deyaverdi. Men bo‘lsam, e, chakki aytdi-da, qaytarib olib ketishsa, ichidagini bilolmay qolaman, deb qo‘rqdim. Keyin o‘choq yoniga borib, yumshoq po‘stak ustiga chordona qurib o‘tirib oldim, Ko‘chaga chiqqim kelmadi. Nega desangiz, men cholbobolar gaplashganda quloq solishni yaxshi ko‘raman. O‘zimni eshitmaganga solib yong‘og‘imni o‘ynab o‘tiraman-u, hammasini eshitib olaman. Eshitmay desam ham eshitgim kelaveradi. Soqoli yo‘q Qambarali bobomning bog‘dagi kapasiga peshin namozini yashirincha o‘qish uchun yig‘ilish- gan ekan, bobojonimdan ko‘ngil so‘rashni o‘sha yerda maslahat qilishibdi. Erkachol yakkayu yolg‘iz turadi, bir xabar olmasak, qanaqa o‘rtoq bo‘ldik, qorli-qirovli kunlarda ul-bul narsaga zoriqayot- gandir, kampirning qo‘lidan nima ham kelardi, qani ketdik, deyishibdi. Men, xayriyat, bobojonimning o‘rtog‘i ko‘p ekan, o‘rtog‘i ko‘p odam hech o‘lmaydi, deb o‘ylab, |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling