Janat Odamlar n65. p65
Download 0.62 Mb. Pdf ko'rish
|
Janat Odamlar n65
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xudoyberdi To‘xtaboyev 72
Jannati odamlar
71 – Voy qo‘shni, bir haftadan buyon qattiq o‘tin qoldi deysizmi, o‘rtog‘ingiz tinmay sandalga o‘t bos, deydilar. – Hech bo‘lmasa kundasidan ham yo‘qmi? Erkavoy yozi bilan inqillab ko‘chirgan edi-ku? – O‘rikning kundasiyam, g‘o‘lasiyam serob, bog‘ tomonga bosib qoyganmiz. Bu xabarni eshitib, Yunus bobom enajonimga, bizning hovlimizga chiqa qo‘ling, o‘rtog‘ingiz yolg‘iz, iyakni iyakka tirab olib miriqib hasratlashasizlar, oshni o‘zimiz damlaymiz, hoy, biz erkaklarga ham, har zamonda ozodlik beringlar, dedi. Men qo‘rqib ketdim, bor, sen ham chiqa qol deyishsa, nima qilaman? Qo‘y yog‘i oyoqdagi og‘riqni qanday sug‘urib olishini ko‘rmoqchi edim. Qizig‘a, og‘riq o‘zi qanaqa narsa, nimaga o‘xshaydi, odamning oyog‘iga qanday kirib oladi, chiqayotganda qayeridan chiqarkin, og‘zi- danmi... Shular haqida o‘ylab turuvdim, o‘zimning bobom: – Rahmonjon, deb chaqirdi, bobolaringga oshpichoq bilan taxtakachni topib bergin. Ish buyurganiga xursand bo‘ldim. Endi chiqmayman, hecham chiqmayman. Mazza qilib gaplarini eshitib, keyin o‘rtoqlarimga hammasini aytib beraman... Bir uyga kiraman, bir hovliga chopaman, arra topib bersam, bolta qayerda deydi, og‘ilxonadan boltani sudrab chiqsam, teshanglar yo‘qmi deydi. Uyga kirib kapgirni topib bersam, hov bolam, tuzluqlaring qayerda deb so‘rashadi. Hecham yaxshi gaplardan gaplashishmayapti. O‘tgan hafta bozorda qo‘yning narxi arzon bo‘pti, shuyam gap bo‘pti-yu. Bo‘rilardan, uchar otlarga mingan qo‘rboshilardan gaplashishganda mazza Xudoyberdi To‘xtaboyev 72 qilardim. Men vahimali narsalarni yaxshi ko‘raman. Oldin sal-pal qo‘rqib turaman-da, keyin butunlay qo‘rqmay qolaman... G‘o‘lani minib tur emish. Arra tortishayotganda qimirlab ketayotgan emish. Hecham-da, qiziq-qiziq gaplardan gaplashishsa, jon-jon deb minib turardim. Enam bilan Hayitvoylarnikiga chiqib ketaversam, hozir yong‘oq o‘ynayotgan bo‘lardim. Endi chiqa qolsam-chi? Yo‘q, qorong‘i tushib qoldi, ajinadan qo‘rqaman... Ichkariga kirdim. Qozonda bir narsalar bilq-bilq qaynayapti. Haligi, ko‘lmak suvning ustiga yomg‘ir yoqqanda shishib chiqadi-ku, o‘shanaqa bo‘lib qaynayapti. Bilaman, palov pishirishyapti, pishsa, oling-oling, qani-qani, qilib yeyishadi-da, keyin bobojonimning oyog‘iga yog‘ surtishadi, keyin bobojonim tuzalib qoladi. Hech birlari menga gapirishmayapti. Judayam alam qildi. Yig‘lavoray dedim. – Nega betoqat bo‘lib qolding, î‘g‘lim? – dedi axiyri bobojonim. – Yonimga kela qol. – Bormayman, – dedim alamim oshib. – Iya-iya, nima bo‘ldi, o‘g‘lim? – Yig‘lagim kelyapti. – Mehmonlarning oldida uyat bo‘ladi-ya! Indamay, kigizni ataylab changitib, uyning to‘riga o‘tib ketdim. Chuqur tokchadagi tunuka qutining ichida bobom bergan tangalar, cho‘ynak- ning qopqog‘i, har xil mixlar, sadaf tugmalar, yaltiroq cho‘yan soqqalarim bor edi. O‘shalarni olib shaqirlata boshladim. Esonqul bobom bitta qo‘li bilan qulog‘ini berkitib: – Hoy, bolam, nima qilyapsan? – deb so‘radi. – O‘ynayapman, – dedim. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling