Janat Odamlar n65. p65


Download 0.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/140
Sana22.12.2022
Hajmi0.62 Mb.
#1041028
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   140
Bog'liq
Janat Odamlar n65

Jannati odamlar
75
silkitib uchib yurgan emishmiz, hammayoq tuman,
hech narsani ko‘rib bo‘lmas emish. Bir mahal
bobojonimning qanoti yo‘q bo‘lib qolib, shalop etib
yerga tushib ketdi.
– Bobojon! – deya baqirib yubordim. Keyin
ko‘zimni ochib, o‘rnimdan turib ketdim. Mehmon
bobolar ketib, enajonim ham qaytib chiqibdi,
uyqusiraganimcha bobom tomonga o‘girilib,
bo‘ynidan mahkam quchoqlab, endi o‘lmaysiz-a,
deb so‘radim.
– O‘lmayman, – dedi bobom yelkamdan silab,
– Xudo xohlasa, hammamiz ham o‘lmaymiz, birga
yashaymiz.
 ENAJONIM ERTAK AYTADI 
N
onushtadan keyin bozillab turgan sandalga
kirib uxlab qolgan ekanman, ko‘zimni ochsam,
bobojonim baland qo‘yilgan yostiqlariga suyanib
uxlab qopti. Xumpur-puluq-puluq, xumpur-puluq-
puluq qilib xurrak otyapti. Bobojonim o‘zi juda
xurrakchi, enam bobongning shu odati yaxshi,
uyimizga o‘g‘ri kirmaydi, dedi. Ilgari bitta itimiz
bo‘lgan ekan, men uni hecham ko‘rmaganman,
o‘sha itimiz xurrakka hech chiday olmas ekan,
bobom xurrak tortishi bilan uyam yugurib kelib
eshikka tirmashib, irillay berarkan... Enajonim
bo‘lsa deraza tomonga o‘girilib, qiyiqqa gul tikayot-
gan ekan. Bilaman, yanagi kuzda mening katta
to‘yim bo‘ladi, o‘shanda yuzta gulli qiyiq kerak,
hammaga bittadan ulashamiz.
Asta o‘rnimdan turib bildirmasdan borib,
enajonimning bo‘ynidan mahkam quchoqlab oldim.


Xudoyberdi To‘xtaboyev
76
– Voy, kimsan? – deb so‘radi boshini ko‘tar-
may.
Qani toping-chi, – dedim ovozimni boshqacha-
roq qilib.
– Nevaram ko‘p, bitta-yarimtasi kelgandir-da.
– E, bu men-ku! – deya kulib yubordim.
Enajonim doim shunaqa, orqasidan kelib
achomlasam, men ekanligimni hecham topolmaydi.
Keyin deraza tomonga qarasam... voy-bo‘y,
shunaqangi qor yog‘yaptiki, shunaqangi tez
yog‘yaptiki... Million-milliontasi bir-birini quvalab
tushyapti, voybo‘y, judayam chiroyli. Uyimiz ba-
landlikka qurilgan, derazamiz ko‘cha tomonda
bo‘lgani uchun mana bu enam ikkovimiz o‘tirgan
joydan uzoq-uzoqlargacha, ho‘v Otaxon boboning
maydonigacha, o‘rikzordan u yoqdagi qishloq-
largacha, hamma-hammasining ustiga ham qor
yog‘yapti... Voy-bo‘y, shuncha qor qayerdan paydo
bo‘larkin, yog‘aversa, keyin osmonda tugab qol-
masmikan?
– Ena, – deb chaqirdim.
– Nima deysan, qulunim?
– Qorning yog‘ishini qarang.
– Ko‘ryapman, azamat.
– Yo‘q, qarang, hammasini ko‘rganingiz yo‘q,
– shunday deb enajonimning boshini deraza
tomonga burdim.
– Αg‘lim, buni laylakqor deyishadi, – dedi
enajonim ham zavqlanib.
– Nega laylakqor deyishadi? – so‘rayman bilgim
kelib.
– Laylakka o‘xshab oppoq qanotlarini silkitib-
silkitib tushayotgani uchun-da.



Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling