Janat Odamlar n65. p65
Download 0.62 Mb. Pdf ko'rish
|
Janat Odamlar n65
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xudoyberdi To‘xtaboyev 80
Jannati odamlar
79 ko‘payarkan, qurt-qumursqalar qorning ostiga kirib, sovuqdan jon saqlar ekan... Iliq bahor kelib, qorlar erib bitarkan, yerlar quruqshab qolarkan, giyohlar qatqaloq yerni yorib chiqolmay qiynalarkan, daraxtlardagi kurtaklar ozgina nam bo‘lsaydi, deya osmonga tikilarkan. Shunda ikkinchi o‘g‘il duo o‘qirkan: shovillab iliqqina yomg‘ir yog‘a boshlarkan. Bolalar yugurishib ko‘chaga chiqib, do‘ppilarini osmonga otib: Yomg‘ir yog‘aloq, Echki qumaloq, Boyning qizini Qorni dumaloq, Yomg‘ir yog‘aloq, Unsa tuvaloq, Bargi shapaloq, – deb she’rlar to‘qishib, ashulalar aytisharkan. Ana undan keyin olam yashnab-yosharib ketarkan. Kurtaklar oppoq-oppoq gul ocharkan, qatqaloq yerdan sariq, safsar chuchmomalar unib chiqarkan, qirlarda yam-yashil maysalar gurkirarkan, qip-qizil lolalar adirlarga gilam yoyarkan, hasharotlar ham inlaridan chiqib, yaratganga hamdu sano o‘qishar- kan, ashula aytisharkan... Goho yomg‘ir behad ko‘p yog‘arkan, quyosh yuzini ko‘rsatmay qo‘yarkan, ko‘chalar loy bo‘larkan, dalaga qo‘sh chiqolmas ekan. Shunda odamlar, e Xudo, Haydar shamolingni yubor, deya iltijo qilisharkan. Uxlab qolgan uchin- chi o‘g‘il o‘rnidan turib darhol duo o‘qirkan, yengil- yengil shamol esa boshlarkan. Bolalar ko‘chaga yugurib chiqishib, sakrashib-irg‘ishlashib: Xudoyberdi To‘xtaboyev 80 Haydar shamol esyapti, Dalalarni kezyapti. Bo‘z dalaga qo‘sh chiqar, To‘rtta emas, besh chiqar. Haydar shamol esyapti, Bulutlarni quvyapti, Endi ular dam olar, Ekin-tikin mo‘l bo‘lar, – deb ashula aytisharkan. Bo‘z yerlarga don-dunlarni ekish, ariqlarni tozalash, hovuzlarga suv quyish boshlanarkan. Marvartak tutlar asta-sekin shira yig‘arkan. O‘rik- lar sarg‘ayarkan, giloslar rang olib, e bola, meni yesang-chi, deb chaqirarkan... Goho quyosh qora bulutlar ortiga berkinib olib, haftalab o‘zini ko‘rsat- may ham qolarkan. Butun olamda harorat pasayib ketarkan, bug‘doylar pishmay, makkalar o‘smay, sholilar unib chiqmay tek turishaverarkan. Shunda odamlar e, Xudo, quyoshingga ayt, jamolini ko‘rsatsin, deya tunu kun iltijo qila bosh- larkan. Iltijo xudojo‘y kenja o‘g‘ilning qulog‘iga ham eshitilarkan. Bu azamat darhol o‘rnidan turib, yuz-qo‘lini yuvib, tahorat olib, bilgan duosini o‘qirkan. Ertasigayoq quyosh charaqlab chiqib, yeru osmonga qaynoq-qaynoq nurlar, to‘kib, ekinlarni yashnatib yuborarkan. Ekin-tikinlari yashnaganini ko‘rgan dehqonlar xursand, bog‘bonlaru chorvachilar ham xursand hamma yoqda xursandchilik boshlanarkan. Tollar soyasiga, salqin hovuz bo‘yiga yig‘ilgan bolalar irg‘ishlashib, qo‘l ushlashib ashula ayti- sharkan: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling