Janat Odamlar n65. p65
Download 0.62 Mb. Pdf ko'rish
|
Janat Odamlar n65
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xudoyberdi To‘xtaboyev 84
Jannati odamlar
83 deb yig‘lab o‘tirishmaydi, inlarida hammalari birga bo‘lishadi. Enajonimni qanday achomlagan bo‘lsam, Ahmadqul bobomni ham shunday achomlab, yuzining soqoli yo‘q joyidan o‘pib oldim. «ODOBLI BOLA» O‘YINI Q or yog‘averdi-yog‘averdi, axiyri qo‘rg‘oncha- mizdagi jamiki uylaru bog‘lardagi daraxtlar, biz o‘ynaydigan maydonchalargacha – hamma-hammasi oppoq qor ostida qoldi. Enajonim deraza oldiga o‘tirib olib qang‘illab ashula aytib, chok tikkani-tikkan. Bobojonim bo‘lsa o‘zining oyog‘ini o‘zi uqalab nuqul uh tortadi. O‘yinchoqlarimni bir marta o‘ynadim, keyin zerikib, hammasini tepib tashladim. – Enajon, zerikib ketyapman, – dedim yig‘lam- sirab. – Yonimga o‘tir, ertak aytib beraman, – yupatmoqchi bo‘ldi enam. – Ertak eshitgim kelmayapti. – Bor bo‘lmasa, ko‘chaga chiqib o‘rtoqlaring bilan birpas o‘ynab kel. – O‘rtoqlarimga chiqmayman, Murodxonning buvisi labini mana bunaqa qilib burib, ha, azamat, sandallaringning o‘ti o‘chib qolibdi-da, isingani chiqibsan-da, deydi. – Bo‘lmasa Hayitvoylarnikiga kir. – Hecham-da, ularnikida bola ko‘p, sandallarida joy yetishmaydi-da, keyin surib-surib meni chekkaga chiqarib qo‘yishadi. – Menga qara, onasi, – deb gap qo‘shib qoldi bobojonim, – Rahmonberdi o‘g‘limni zeriktirib Xudoyberdi To‘xtaboyev 84 o‘tirasanmi? Borib o‘rtoqlarini chaqirib kelsin, bironta o‘yin o‘ylab toparmiz. – Rost aytyapsizmi, bobojon? – dedim sakrab o‘rnimdan turib. – Rost aytyapman. – O‘zingiz ham o‘ynaysizmi? – Αynayman. – Enam-chi? – Uyam o‘ynaydi. – «Odobli bola» o‘ynaymizmi? – Bo‘pti. – Yong‘oqdan ko‘p berasiz-a? – Ko‘p beraman. Oh, qanday yaxshi bo‘ldi-ya! Mazza qilamiz endi. Bobojonim o‘zi yaxshi-da, enam ham, men ham yaxshiman, hammamiz yaxshimiz. Odobli bola o‘yini – zo‘r o‘yin. Kim odobli bo‘lsa, o‘sha yong‘oq- ni ko‘p yutadi. O‘rik ham, mayiz ham yutadi. Hov qor yog‘ib, shamol kelayotgan kuni Ahmadqul bobomnikida o‘ynagan edik, men hammasidan zo‘r chiqqanman, bir xalta yong‘oq yutganman, cho‘nta- gim mayizga to‘lib ketgan. Faqat yong‘oqni ko‘p yemaslik kerak. Enajonim, qo‘y, bas qil endi desayam, ishingizni qiling, o‘zimning yong‘og‘im, deb chaqib yeyaverdim, oxiri tomog‘im og‘rib qoldi. Ertalab turib ena desam, indamaydi. Keyin bilsam, ovozim chiqmay qolgan ekan. Endi yutsam, ko‘p yemayman, ikkita-ikkitadan nonga qo‘shib yey- man... Ey, qanday yaxshi bo‘ldi-ya! Enajonimning tikib turgan chokini otib tashlab, bo‘yniga osilib oldim. Birga chiqib aytamiz, bolalar menga ishonmaydi, enalari issiq sandalda jimgina yotsang-chi, deb |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling