Janat Odamlar n65. p65


Download 0.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/140
Sana22.12.2022
Hajmi0.62 Mb.
#1041028
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   140
Bog'liq
Janat Odamlar n65

Jannati odamlar
89
– Voy, biram chiroyli ekanki, – maqtab qo‘ydi
enam.
– Mana, tugmalari ham bor, – yana maqtandi
Rohila.
– O‘h-ho‘, bunisi ham zo‘r ekan, yiltirab
turibdi-ya, bobosi, qarang, qizimizning qo‘lida
munchoqlari ham bor ekan.
Enajonim Rohilani tortib, tizzasiga o‘tqazdi-
da, peshonasidan o‘pib, asal qizim, qaymoq qizim,
deb erkaladi.
– Qani, oppog‘im, ayt-chi, odobli qiz qanaqa
bo‘ladi? – deb so‘radi.
– Bilmayman, – dedi Rohila boshini sarak-
sarak qilib.
– Voy, Mastonbuvi enang hech narsa o‘rgat-
maganmi? Voy, sho‘rim qursin.
– O‘rgatgan.
– O‘rgatgan bo‘lsa, qani ayt-chi, qizim.
– Aytsam, Sanambuvi opam biqinimni chimdib
oladi.
– Chimdimaydi, Sanamxon esli qiz, odobli qiz.
Rohila enamning tizzasidan turib, qo‘llarini
yonbosh tushirib:
Sanam qizim oppoqqina,
Qo‘llari ham do‘mboqqina,
Bet-qo‘lini yuvmabdi,
Sochlari ham paxmoqqina,
– deb chayqalib she’r o‘qib yubordi.
O‘qidi-yu, hovliga qarab pildirab qochib chiqib
keta boshladi. Sanambuvi opam urishadi, deb
qo‘rqqan bo‘lsa kerak-da. Enajonim ushlab, qo‘liga
ko‘tarib oldi. Kamzulining cho‘ntagiga mayiz,


Xudoyberdi To‘xtaboyev
90
yong‘oq solayotgandi, biz bu Maston xolam to‘qigan
she’r, o‘tgan safar ham o‘qigan, odobli bola o‘yinini
bilmas ekan, uyat, uyat, deb kigizni tapillatib tepib,
uyni changitib qarsak chalib yubordik. Rohila qiz
to‘xtab, orqasiga o‘girilib:
– Odobli qiz ovqat ichayotganida qoshiqni
yalamaydi, keyin labini ham chapillatmaydi, bila-
man, hammasini bilaman. Keyin mishig‘i oqqanda
yengiga artmaydi, – dediyu, boshini enamning
ko‘ksiga berkitib oldi. Uyalib ketdi shekilli. Uyal-
masa ham bo‘lardi, to‘g‘rimi? Odobli bola mishi-
g‘ini rostan ham yengiga artmaydi.
Undan ko‘ra cho‘ntagidan ro‘molchasini olib
o‘shanga artadi.
Bobojonim Rohila qizni erkalab, oltita yong‘oq
berdi. Biz havasimiz kelib, o‘h-ho‘, deb yubordik.
– Xo‘sh, mehmonlarim, endi kimga navbat
beramiz? – so‘radi bobojonim.
– Navbat meniki, – o‘rnidan turib bobojonim
tomon qarab yura boshladi Murodxon o‘rtog‘im.
– Qani boshlayver, jo‘yingda turib aytaver,
î‘g‘lim.
– Yo‘q, avval yong‘og‘imni berasiz.
– Tartibni buzma-da, î‘g‘lim.
– Aldaysiz, Ahmadqul bobom ham anavi kuni
aldagan. Sen yaxshi bilmas ekansan, deb menga
nuqul puch yong‘oqlarni bergan... Bermasangiz
aytmayman.
Bobojonim unga ikkita yong‘oq uzatuvdi, u
bo‘lsa odobli bola o‘yinini boshlash o‘rniga, o‘choq
boshiga o‘tib teshaning orqasi bilan yong‘oqlarini
chaqib, mag‘zini shoshmasdan yeya boshladi.
Birpas kutdik, ikkipas kutdik, oxiri zerikib, qarsak



Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling