Janat Odamlar n65. p65


Download 0.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/140
Sana22.12.2022
Hajmi0.62 Mb.
#1041028
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   140
Bog'liq
Janat Odamlar n65

Jannati odamlar
105
lariga aytib beradi, deb sizni darrov chiqarib
yuborishadi.
– O‘h, bolam-ov, bolam-ov, qani o‘tir-chi.
Halitdan buyon somonning ustida o‘tiruvdim,
endi surilib kigizga o‘tib oldim. Eshon bobomning
boshida sochi yo‘q, sip-silliq ekan. Keyin soqol-
lariyam juda siyrak, yana tag‘in yarmi oq, yarmi
qora deng. Yiltiroq boshlarida oq do‘ppilari bor
ekan, o‘shani kiyib, egnilariga bobomnikiga o‘x-
shash chakmonni tashlab, boshlarini chayqadilar:
– O‘, bolam-ey, bolam-ey.
– Bobojon, mendan sirayam qo‘rqmang, –
dedim gaplashgim kelib. – Yozda kelganingizda,
bog‘imizdagi supada o‘tirganingizda enajonim
o‘rgatgan duolarni o‘qib berganimda meni tizzan-
gizga olib, peshonamdan o‘pib, ko‘p esli bola
ekansan deb nok bergansiz.
– E, bo‘ldi-bo‘ldi, bolam. Esladim, barakalla.
– Endi qo‘rqmaysizmi?
– Yo‘q, endi qo‘rqmayman.
– Qo‘rqmang, biznikida ajinalar yo‘q. Enajonim
duolar o‘qib ularni haydab yuborgan.
– Robiyabibi enang ko‘p fozila ayol-da.
– Bobojon, fozila degani nima degani?
– Ko‘p narsani biladi, degani. Bor endi, bo‘tam,
uylaringga chiqa qol.
– Chiqqim kelmayapti-da, bobojon.
– O‘, bolam-ey, bolam-ey.
– Bobojon, siz cho‘chqaning bo‘lasini o‘ldirib
qo‘ydingizmi?
– Astag‘firullo, darrov kimdan eshita qolding?
– Aytmayman. Rostdanam cho‘chqa o‘z bo‘lasini
o‘zi yeb qo‘ydimi?


Xudoyberdi To‘xtaboyev
106
– Tavba.
– Ha, aldayapsiz, nachalnikka: e, cho‘chqang
boshingdan qolsin, debsiz-ku?
– E, tavba.
– Bobojon, cho‘chqaniyam shoxi bo‘ladimi?
– Ke, qo‘y, bo‘talog‘im, men charchab turib-
man, – dedilar Eshon bobom, yostiqqa yonboshlab,
– boshqa paytda gaplasharmiz, xo‘pmi?
– Men charchaganim yo‘q, bobojon, sizning
ilmingiz daryomi?
– Kim aytdi bu gaplarni, bo‘tam?
– Yo‘q, ayta qo‘ling, daryo ichingizda turadimi?
– Hay, endi bo‘tam, ko‘p kitoblarni o‘qigan-
miz-da.
– «Chor kitob» niyammi?
– Ha.
– Abo Muslimniyammi?
– Ha.
– Voy, bularni bizga otinbuvi xolam o‘qib
berganku... bobojon, charchadingizmi, oyog‘ingiz-
ni uqalab qo‘yaymi?
Eshon bobom indamadilar, ko‘zlarini yumib
yonboshlaganicha jim yotaverdilar. Menam tikilib
turaverdim. Hecham ketgim kelmadi. Bechora
Eshon bobomga qiyin-da, to‘g‘rimi?
Ko‘chaga chiqsalar, qizil shapka kiygan melisa-
lar qamab qo‘yishadi. Cho‘chqaning bolasi qani,
deb yana urishadi. Otajon tog‘amni otganday,
peshonasidan paq-paq qilib otib tashlasa-ya? Voy
bobojonim-ey, biram rahmim kelyaptiki. Nima
qilsam ekan? Eh, katta yigit bo‘lganimda... bordiyu
bobomning miltig‘ini olib chiqib bersam-chi...
melisalar seni otaman desa, yo‘q, otolmaysan, mana,



Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling