Janat Odamlar n65. p65
Download 0.62 Mb. Pdf ko'rish
|
Janat Odamlar n65
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xudoyberdi To‘xtaboyev 110
Jannati odamlar
109 – Se. – Bular – harflar, bo‘tam. Oldin shularni yod olaylik. Qani hozir aytganimizni bir takrorla-chi. Men darrov takrorlab berdim. O‘h-ho‘, zehning o‘tkir ekan, dedilar. Yana to‘rtta harf aytuvdilar, ularniyam o‘rganib oldim. Balo ekansan-ku, o‘g‘lim, dedilar. Yana o‘rgatdilar, qornim ochib qolguncha o‘rganaverdim. Axiyri qornim bilan surilib teshik- dan chiqib uyga kirsam, enajonim shirguruch pishirib, men yaxshi ko‘radigan saryog‘lardan solib qo‘ygan ekan. Yeyayotganimda, muncha qolib ketding, deb so‘radi, rosa o‘ynadik, dedim. Xay- riyat, esing kirib qopti, etigingni ho‘l qilmabsan, degandi, enajon, men etigimni yechib qo‘yib oynadim, dedim. Shu qorda-ya, degandi, yo‘q, sandalda o‘tirdik, dedim. Enajonim etigimni ho‘l qilmaganim uchun yana o‘ynab kelishimga oson- gina ruxsat berdi. Teshikdan o‘tib bunday qarasam, Eshon bobom ham shirguruch yeb o‘tiribdilar. E- ha, enajonim, sen ovqatlanib tur, men mollarga xashak solib chiqay deb, meni aldagan ekan. Voy, men ham yolg‘on gapirdim-ku, ikkovimizam yolg‘onchi ekanmiz. – Chiqdingmi, bo‘tam, – deb so‘radilar Eshon bobom, – ke, ovqatni birga yeymiz. Qornim to‘qligini aytdim. Keyin kelganimni enamga aytib bermadingizmi deb so‘radim. Eshon bobom go‘rda aytamanmi, dedilar. Men ham sizni ko‘rganimni aytmadim, hecham aytmayman, dedim. Barakalla, dedilar. – Bobojon, siz jannatimisiz? – deb so‘radim oxirida. – Xudo xohlasa, – dedilar Eshon bobom. Xudoyberdi To‘xtaboyev 110 – O‘zimning bobom-chi? – Uyam. – Enam-chi? – Uyam. – Men-chi? – Inshoolloh, sen ham jannati ekansan. – O‘lganimizda hammamiz birga bo‘lamizmi? O‘sha yerda ham menga o‘qishni o‘rgatasizmi? Eshon bobom javob qaytarmay kulib boshimni silab qo‘ydilar. Keyin yana o‘qishni o‘rgata boshladilar. O‘rgatgilari yo‘q ediyu men qistab turib oldim. O‘rgatmasangiz, miltig‘imizni olib qo‘ya- man, dedim... To‘rtta harf o‘rgatadilar, endi yana boshidan boshla, deydilar. Yana o‘rgatadilar, yana takrorla, deydilar. Oxirida: – Xudo taolo senga o‘tkir zehn ato qilgan ekan, bo‘tam, – deb peshonamdan cho‘pillatib o‘pib qo‘ydilar. – Voy, enajonim aytadi-ku, bu gapni, – dedim men ham. – Zamona ko‘targanda, seni uyimga olib ketib mulla qilardim, o‘g‘lim. – Mayli, bobojon, zamon ko‘tarmasayam mulla bolaveraman. – Qani, harflarni yana bir takrorla-chi? – Alif, be, te, se, jim, xo, he, dol, zol, re, ze, shin, sin, sod, zod, itqi, izg‘i, ayn, g‘ayn, pe, qof, kof, lom, mini, nun, vov... – Shularni aytdim-da oxirida to‘xtab kuchuk bolaga o‘xshab: vov, vov, vov, deyayotgandim, Eshon bobom, hay-hay, harf- lar muqaddas, ularni masxara qilib bo‘lmaydi, dedilar. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling