Janat Odamlar n65. p65
Download 0.62 Mb. Pdf ko'rish
|
Janat Odamlar n65
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xudoyberdi To‘xtaboyev 108
Jannati odamlar
107 mendayam miltiq bor, paqillatib o‘zingni otib tash- layman, derdilar! Ah-ha, shunday qilaman, qilaman dedimmi, qilaman... Asta, ovoz chiqarmasdan qornim bilan orqamga surilib teshikdan o‘tdim. O‘zimning bobom miltiqni lattaga o‘rab oxurga qo‘yib, ustiga xashak tashla- ganini ko‘rgandim, xayriyat, joyida ekan, olib, yana orqamga qaytdim. Eshon bobom teskari o‘girilib, yana pish-pish qilayotgan ekanlar, ustilaridagi chakmondan sekin tortib: – Mana olib keldim, – deya pichirladim. – Miltiq. – A?! – Eshon bobom o‘rinlaridan turib ketayozdilar. – Qo‘rqmang, – deb yupatdim, – o‘zimning bobom bilgani yo‘q. – Nima qilaman bu matohni men? – Otasiz, melisa amakilar, shapkali askarlar kelganda otasiz. O‘shanda sizni sirayam ushlashol- maydi. – O, bolam-ey, – shunday deb Eshon bobom meni tizzalariga olib, boshimga betlarini bosib, yana tag‘in anchagina bolam-ey, bolam-ey deb turdilar. – Qo‘lim bilan soqolingizni tarab qo‘yaymi? – deb so‘radim. – Yo‘q, yo‘q, bolam, jim tur. – Bo‘lmasa, oyog‘ingizni uqalayman, – dedim tizzalaridan tushib. Qarasam, Eshon bobom yiglayotgan ekanlar. Ko‘z yoshlari burunlarining yonidan o‘tib, lablariga yetay-yetay deb qopti. Yig‘lamaganlarida bo‘lardi, endi meniyam yig‘lagim kelyapti. Xudoyberdi To‘xtaboyev 108 – Bobojon, bo‘lmasa chiqib ketaymi? – deb so‘radim. – Yo‘q-yo‘q, bo‘tam, endi chiqmay qo‘ya qol... Bo‘lar ish bo‘ldi. – Nega yig‘layapsiz unda? – Seni yaxshi ko‘rganimdan. – Men yaxshimanmi? – Judayam yaxshi ekansan. – Yana menga o‘rgating bo‘lmasa? – Nimani o‘rgatay, bo‘tam? – Yozda kelganingizda, supada o‘tirganimizda yanagi safar senga kitob o‘qishni o‘rgataman, dev- dingiz-ku. – Ha, darvoqe, shunaqa devdim-a. Lekin bolam, o‘qishni o‘rganishning o‘zi bo‘lmaydi-da. – Mayli, o‘zi bo‘lmasayam, o‘rgatavering. – E, bolam-ey, buning uchun kitob kerak, qog‘oz-qalam kerak. – Mayli, bobojon, qog‘oz-qalam bo‘lmasayam o‘rganaveraman.O‘rgatmasangiz, o‘rnimdan turib dodlayman, mana turyapman. Turaveraymi? Men hazillashuvdim, Eshon bobom chinakamiga qo‘rqib qo‘limdan ushlab, o‘zlari tomonga tortib: – Havasing zo‘r ekan-da, bo‘tam? – deb so‘radilar. – Juda zo‘r, bobojon, – dedim shoshilib. – Alif degin-chi bo‘lmasa. – Alif, – dedim shoshilib. – Be, – degin. – Be. – Òå, – degin. – Òå. – Se, – degin. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling