Janat Odamlar n65. p65
Download 0.62 Mb. Pdf ko'rish
|
Janat Odamlar n65
- Bu sahifa navigatsiya:
- ESHON BOBOM MENI DUO QILDILAR
- Xudoyberdi To‘xtaboyev 102
Jannati odamlar
101 kelibdilar. Men bo‘lsam qo‘yimiz tug‘ayapti deb o‘ylabman-a? Mendan yashirishmoqchi, ko‘chaga chiqib o‘rtoqlariga aytib beradi, deb oylashayot- gandir-da, hecham aytmasdim... Bilganimni ham bobomga ham sezdirmay- man. E, bu bola baribir aytib beradi, deb bechora Eshonbobomni ko‘chaga chiqarib yuborishadi, sovuqda qayoqqa boradilar, to‘g‘rimi, keyin melisa amakilar yana qamab qo‘yishadi-ku? Yo‘q, aytmayman, aytmayman. Ha, ha, menam enam bilan bobomni aldayman. Hech aytmay- man... uyqu kelyapti, yo‘q, uxlayman, ux- layman. ESHON BOBOM MENI DUO QILDILAR E rtalab nonushtadan keyin bobojonim, zarur ishi bor ekan, darrov kelaman, deb hassasiga tayanib, chiqib ketdi. Yur o‘g‘lim, birga boramiz, demadi, baribir aytganda ham bormasdim. Men Eshon bobo qayerda yotganlarini bilmoqchiman, bilamanu hech kimga aytmayman. – Ena, omborxonaga kirib behi olib chiqsam maylimi, juda yegim kelyapti, – dedim. – Kallayi saharlab-a? – hayron bo‘ldi enam. – Ha, kallayi saharlab yegim kelyapti. Enam yengilgina kuldi. Men ham ko‘ngliga boshqa gap kelmasin, deb o‘ziga o‘xshatib yengilgina kuldim. Mayli olaqol, degandi,yugurib chiqsam eshikni qulflashmagan ekan. Kechasi qulflab qo‘yamiz, Rahmonberdi kirolmaydi, deyishgandi-ku? Xudoyberdi To‘xtaboyev 102 Ostona oldida to‘xtab, ichkariga qaray boshla- dim. Hech kim ko‘rinmadi. Tuyasandig‘imizda mayiz bor, yozda quritganmiz, Qo‘qonga olib borib sotmoqchimiz. Temir sandiqda o‘rik bor, savatlarda behi, anorlar turibdi, faqat Eshon bobo yo‘q, xolos. Meni aldashibdi-da yoki tushimda ko‘rdimmikan? Yoki men turguncha ketib qoldilarmikan?.. Bordi- yu, molxonadami, somonxonadami bo‘lsalar-chi? – Ena, o‘ynagim kelyapti, – dedim qaytib chiqib. – Haliroq borasan. – Yo‘q, hozir borgim kelyapti. – Quloqchiningni kiyib ol bo‘lmasa, – deb qichqirdi enam orqamdan. Quloqchinni kiyib nima qilaman, to‘g‘rimi? Men tashqari hovliga o‘tib, undan molxonaga, undan somonxonaga kirmoqchiman. U yerda odamning qulog‘i sovqotmaydi, iliqqina. Molxonaga kirishim bilan eshikning yonida yotadigan qo‘yla- rimiz gur etib o‘rnidan turishdi, bechoralar-ey, bizga xashak soladi deb o‘ylashgandir-da. Hecham- da, shoshib turibman-ku, tug‘ay-tug‘ay deb turgan ona qo‘yimiz o‘ng oyog‘ini tap etib yerga urdi, men ham tap etkizib yerni tepib qo‘ydim. Buzoq- cham menga qarab erkalanib mo‘-o‘ degandi, men ham mo‘-o‘, dedim. Kavshanib yotgan sigirim o‘rnidan shoshmasdan turib yalpoq og‘zini osmonga qilib, mo‘-o‘ deb masxara qilgan edi, men ham «mo‘», deb uniyam masxara qildim. To‘g‘ri-da, qachon qarasam, meni masxara qilgani-qilgan. Mol- xona asta-sekin yorishib, endi hamma joyni ko‘ra- digan bo‘lib qoldim. Novvosimiz yotibdi, eshagimiz yotibdi, faqat Eshon bobo yo‘q, xolos. Oxurlar ham |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling