Janat Odamlar n65. p65
Download 0.62 Mb. Pdf ko'rish
|
Janat Odamlar n65
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jannati odamlar 117
Xudoyberdi To‘xtaboyev
116 – Yo‘q-yo‘q, yana silay, ko‘p silay, qo‘llarim ham sizni sog‘ingan. – Mayli, î‘g‘lim, silay qol. Faqat yig‘lama. – Yo‘q, to‘xtang, yana jinday yig‘lay. – Asalim, do‘mbog‘im... Buvim ham yig‘lashga tushdi, yelkasini silkitib- silkitib yig‘ladi. Meni yerga qo‘yib, engashib, endi kiyimlarimdan ham o‘pa boshladi. – Meni ko‘rgani keldingizmi? – deb so‘rayman. – Ko‘rgani keldim, o‘g‘lim. – Sog‘indingizmi? – Sog‘indim, qattiq sog‘indim, asalginam. – Menam sog‘indim, mana shu ko‘zlarim bilan sog‘indim. Kechasiyam sog‘inaman, o‘ynayot- ganimdayam sog‘inaman, har kuni ko‘rgim keladi. Keyin enamga bildirmay yig‘lab-yig‘lab olaman. Endi ketmaysizmi? – Ketmayman, shirinim, ketmayman. Tepalik tomonga qaradim. Hayitvoy buvim borligini bir ko‘rib qo‘ysin, dedim. Qachon urishsa, buvisi tug‘magan, bobosi tuqqan, deb labini burib masxara qiladi. Yo‘q, bizga qaramadi. Qaramasang, qarama, senga ko‘rsatadigan buvim yo‘q, hali o‘zim to‘yganim yo‘q-ku?! Qo‘l ushlashib uyimizga jo‘nadik, buvimning qo‘li issiqqina, biram yumshoq, baxmal to‘ni, jun ro‘moli, yaltiroq mahsilariyam yaxshi, hammasi chiroyli. – Endi ketmaysiz-a? – yana so‘rayman. – O‘zingni olib ketsam-chi, asalim? – Yo‘q-yo‘q, u yoqqa hecham bormayman, sizam bormaysiz endi. O‘gay akalarimni yomon ko‘raman. Jannati odamlar 117 – Unday dema, î‘g‘lim, akalaring yomon bolalar emas, esli, odobli. – Hecham-da, qachon borsam, bu sening buvingmas, bizni buvimiz, otamiz sotib o‘lgan, deydi. Oyinchoqlarimniyam o‘g‘irlab qo‘yishadi, o‘yingayam qo‘shishmaydi. Endi ketmaysiz, ularam o‘zini buvisini topib olsin, ularning otasi bor, mening otam yo‘q-ku. – Qo‘y, yig‘lama, î‘g‘lim. – Yiglayveraman. – Ko‘tarib olaymi? – Kerakmas. – Men seni katta yigit bo‘lib qoldi desam... – Ketmayman desangiz keyin katta yigit bo‘- laman. – Xo‘p, ana, asalim, ketmayman. – Uxlaganimda ham ketmaysizmi? – Ketmayman, shirinim, – shunday deb buvim, meni yana ko‘tarib, yosh oqib turgan ko‘zlarimdan, sovqotgan yuzlarimdan, haligi, men ochqab tur- ganimda ovqatni shoshilib yeyman-ku, o‘shanaqa qilib o‘pa boshladi. Uyga kelsak, enam bilan bobojonim jizzali nonlarni yopib, qaymoqlardan qo‘yib, omborxona- ning shiftiga osgan uzumlarimizdan olib chiqib bizni kutib o‘tirishgan ekan. Ozgina yedimu, keyin hecham yegim kelmay, nuqul buvimga tikilib o‘tirdim. Menga atab tikib kelgan yangi ko‘ylak bilan beqasam to‘nni kiygim kelaverdi. Enam, ha, mayli, kiyib ko‘ra qolsin, degan edi, kiyib bo‘lib bunday qarasam, endi buvim enamning tizzasiga boshini qo‘yib piq-piq yig‘layotgan ekan. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling