Janat Odamlar n65. p65


Download 0.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/140
Sana22.12.2022
Hajmi0.62 Mb.
#1041028
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   140
Bog'liq
Janat Odamlar n65

Jannati odamlar
111
Hech chiqib ketgim yo‘q edi-yu, kech kirib
qoldi-da, enam axtarib meni bu yerda ekanligimni
bilib qolsa, keyin kiritmaydi, deb qo‘rqdim. Eshon
bobom meni yana tizzalariga olib muzday betlarini
boshimga qo‘yib ancha jim turdilar-da:
– O, bolam-ey, bolam-ey, – deb qo‘ydilar.
Chiqsam, o‘zimning bobom ichkari hovlida o‘tin
yorayotgan ekan, enam, qirt-qirt qilib sabzi
to‘g‘rayapti.
– Qayerda qolib ketding? – deb so‘radi.
– O‘ynadim, – dedim.
– Kimnikida o‘ynading, bobong rosa axtaribdi-
ku?
– Aytmayman, qo‘limni kesib tuz sepsangiz
ham aytmayman, – dedim qo‘rqib, – aytsam me-
lisa amakilar ushlab ketib yana qamab qo‘yishadi.
Keyin yugurib borib sandalga kirdim-da,
boshimga ko‘rpani tortib:
– Hecham aytmayman, – deb baqirdim-da,
yig‘lab yubordim.
Ertalab tezgina turib, enajonimning ko‘zini
chalg‘itib Eshon bobomning oldilariga kiraman
dedimu hech turgim kelmadi. Nega ko‘p uxlab
qoldim ekan, deb oylanib yotaverdim. Quyosh
chiqibdi, tog‘ tomondagi derazamizdan uyimizga
nur oqib kiryapti. Biram mayin, biram yumshoq,
kaftimni tutib hovuchimga yig‘aman desam, hech
ushlab bo‘lmayapti. Nega yo‘q bo‘lib qolarkin, axir,
men ularni ko‘rib turibman-ku. Qiziq, qayoqqa yo‘q
bo‘lib qolyapti ekan?.. Hay, mayli, endi bu haqida
hecham o‘ylamayman. Yaxshisi, tushimni eslay-
man. Judayam mazza tush ko‘rdim-da, har
kungisidan ham zo‘r bo‘ldi. Yo o‘ngimda ko‘rdim-


Xudoyberdi To‘xtaboyev
112
mikan... yo‘q uchdim-ku, men faqat tushimda
uchaman-ku... Eshon buvam uchishni bilmas
ekanlar, men o‘rgatib qo‘ydim, keyin birgalashib
uchdik, keyin cho‘chqaning bolalari, qizil shapkali
amakilar bizni rosa quvlashdi. Ular ham uchayapti,
biz ham uchyapmiz. Bo‘rsiqlarning bolalari ham
to‘xta-to‘xta deb uchayotgan bo‘ldi. Keyin jannatga
tushib qoldik. O‘h-ho‘-o‘, juda zo‘r ekan-ku,
enajonim aytganday, har xil gullar shunaqa
ko‘pki... Oq kallaqandlar savatlardagi qandlarmi
yoki oppoq bo‘lib ochilgan atirgullarmi, deb o‘ylanib
qoldim. Bir qarasam qand bo‘ladi, bir qarasam gul
bo‘ladi... Keyin Eshon bobom kichkina bo‘lib
qoldilar. Ie, siz nega bunaqa bo‘p qoldingiz desam,
cho‘yan soqqangni bersang, senga bulbulcha bo‘lib
sayraydigan hushtagimni beraman, deydilar. Keyin
hammayoqni bulbulcha bo‘lib sayraydigan hush-
taklar bosib ketdi... Bobojon, siz nega pakana bo‘lib
qoldingiz, desam, voy, men chala tug‘ilganman-
ku, dedilar. Boshlarida oq salla, egnilarida malla
chopon, bo‘ylari kichkina-ku, soqollari tizzalariga
yetay-yetay deb turibdi. Kulib yubordim, kula kula
uyg‘onib ham ketibman. Ko‘zimni ochsam,
enajonim ham, bobojonim ham yo‘q. Keyin, hali
aytganimday, quyoshning nurini hovuchimga yig‘ib
yotaverdim. Rostdan ham o‘sha nurlar qayoqqa
yo‘q bo‘lib qolarkin, bordi-yu, hovuchimni yozib
deraza yoniga borib o‘sha yerda oynaga qisib turib,
ushlasam-chi, deb sekin-asta borib ikki kaftimni
oynaga bosib turgan edim, enam kirib:
– Nima qilyapsan? – deb so‘radi.
– Nurlarni ushlayapman, – dedim.
– Qanaqa nurlar?



Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling