Janat Odamlar n65. p65
Download 0.62 Mb. Pdf ko'rish
|
Janat Odamlar n65
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jannati odamlar 115
BUVIM TONG OTGUNCHA
YIG‘LAB CHIQDI Q or yoqqandan buyon bunaqa mazza qilib o‘ynamagan edik. Yo‘q, rost aytyapman, sandallarda isinib, ayvonlarda gurpanglashib, uy egasining hoy bas qilinglar, shumtakalar, deganiga jinday- jinday xafa bo‘lib o‘ynardik. Bugun-chi, voy, shunaqa mazza qilyapmizki, baribir, sizga aytol- mayman. Ahmadqul bobomning bog‘i orqasidagi baland tepalikka Sultonali akam paqirda suv olib chiqib quygan ekan, qor aralash muzlab, shunaqa silliq bo‘ptiki, salgina qadam bossangiz, pastga qarab shuvillab tushib ketasiz. Ketayotganda shunaqa huzur qilasizki, buniyam aytolmayman. Jannati odamlar 115 Bir xilimiz o‘tirib olamiz, bir xilimiz engashib ketamiz, kichkina bolalar bo‘lsa, ular hali qo‘rqoq- da, poyezd-poyezd bo‘lib bir-birining etagini ushlab olishadi... Eh, mazza bo‘lyapti! Yiqilib ham tusha- miz, dumalab ham ketamiz, qiqirlashib kulamiz, qichqiramiz. – Rahmonberdi! – deb chaqirdi Sultonali akam, – qulog‘ing karmi? – Kar emasman, – qulog‘imni ushlab ko‘rib dedim. – Buving keldi, deyapman. – A, buvim?! – dedimu bir nafas tik turib qoldim. Voy, rost, rost ekan! Hu ana, devor tomonda kaftini peshonasiga soyabon qilib turibdi. Ustidagi baxmal to‘nidan tanidim, boshidagi jun ro‘moliyam o‘ziniki! Buvijon, buvijonim, deya qichqirib yubordim. Ikkovimiz ham bir-birimizga qarab yugura boshladik. Tepalikdan tushguncha ikki marta yiqildim. Muncha yo‘lim ko‘paymaydi- ya, muncha... Mana, yaqinlashdik, oz qoldi. – Buvijon! – deya qichqirdim. – Jonim, asalim, – buvim yig‘lab yubordi. Achomlashib ketdik. O‘pishyapmiz, yig‘- lashyapmiz, meni ko‘tarib o‘lgan, men bo‘ynidan mahkam quchoqlab olyapman. Qani endi ming yil, million yil shunday tursak, turaversak, turaversak, men buvimning hidini sog‘ingan edim, sochini qatiqlab yuvganda shunaqa hid kelardi, to‘yib-to‘yib hidlayapman. – Buvijonim! – deyman yana yuzlarini qo‘lim bilan silab. – Voy, qo‘llaring sovqotib qopti, qo‘ltig‘imga tiqaqol, asalim, – deydi buvim. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling