Janat Odamlar n65. p65
Download 0.62 Mb. Pdf ko'rish
|
Janat Odamlar n65
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jannati odamlar 119
Xudoyberdi To‘xtaboyev
118 – Unday dema, qizim, – deyapti enam, – o‘sha yetimlar ham begona emas, jiyanlaring bo‘ladi, xolangning tilab-tilab olgan aziz farzandlari... – Jiyanlariga qarasin, deb meni otam tengi odamga beribsiz-da, – yana yig‘layapti buvim. – Yetimning boshini silasang, oxirating obod bo‘ladi, qizim. – Oxirati obod bo‘lsin deb, meni qurbon qilibsizlar-da? Endi bobom gapira boshladi. Buvimni o‘ziga qaratib, yelkalaridan silab, shirin qizim, ko‘nikib ketasan, Xudo xohlasa, hammasi yaxshi bo‘ladi, hamma o‘zini o‘ylayversa, unda yetimlarning holidan kim xabar oladi, o‘zing o‘ylagin, to‘rtta bolasi bor, yoshi ham bir joyga borib qolgan kishiga kim ham xotinlikka ko‘na qoladi, bunaqa paytda qarindoshlar o‘zidan kechmasa bo‘ladimi, yig‘lama deyapman, bularni yuvib-tarab katta qilsang. Xudo xohlasa, huzuriniyam ko‘rasan, muhimi, xolang go‘rida tinch yotadi, odam bolasi bu dunyoga aslida savob uchun keladi, ha, savob olaman deb odamlar machit soladi, ko‘prik quradi, e qizginam-ey, yig‘ini bas qil endi, dunyoda yetti xil savob bor, deydilar, eng kattasi yetimning boshini silaganda bo‘larkan... Ana shunga o‘xshash gaplarni bobom gapiraverdi- gapiraverdi, men shu paytda bobojonimni judayam yomon ko‘rib qoldim. Yugurib borib tomog‘idan quchoqlab, og‘zini qo‘lim bilan berkitib: – Gapirmang, – deya qichqirdim, – endi buvimni hech kimga bermayman. Machitniyam, ko‘prikniyam o‘zingiz quravering. Buvim meni tizzasiga olib, kafti bilan ko‘z yoshlarini artib: Voy, asalim-ey, to‘ning o‘zingga Jannati odamlar 119 biram yarashibdi-ki, – dedi. Chindan ham yarash- gan-yarashmaganligini bilmoqchi bo‘lib turuvdim. Shuning uchun darrov o‘rnimdan turib, nariroqqa borib, rost aytyapsizmi, deb so‘radim. – Bo‘y-bastingga mos kelganini qara, xuddi quyib qo‘yganday. – O‘zingiz tikdingizmi? – O‘zim tikdim, asalim. – Endi ko‘ylagam, to‘nam o‘z-o‘zimgami? – O‘z-o‘zingga, do‘mbog‘im. – Ko‘ylakni kechasiyam kiyib yotsam maylimi? – Mayli, shirinim, kechasiyam kiyib yota qol. Endi yana buvim bilan to‘yib-to‘yib gapla- shaman desam, hadeb qo‘shnilarimiz chiqaveradi, voy, o‘rtoq, esonmisiz, deb yelkasiga qo‘lini mana bunday tashlab, hech biri menga e’tibor bermaydi. Beqasam to‘nimni ko‘risharmikan deb, sal nari- roqqa borib tursam ham qarashmaydi. Muhtaram xolam qovoq somsa olib chiqqan ekan, nuqul o‘shani maqtashadi. Bibiqiz ko‘k dasturxonga sutli patir o‘rab chiqqan ekan, voy, qo‘shni, biram pazan- dasizki, og‘izda erib ketadi-ya, bizga ham o‘rgat- sangiz-chi, deyishadi. Qiziq-qiziq gaplardan hech gaplashishmayapti. Buvimni menga berishmas ekan-da, men uni sog‘inganman. O‘rnimdan turib: – Chiqib ketinglar endi, – deb kigizni gupil- latib tepdim, – buvimni sog‘inganman, bildingizmi? Muhtaram xolam: – Sen juda odobli bola eding-ku, – dedi labini burib. – O‘zingiz odobli bolasiz, – deb menam labimni burib qo‘ydim. – Buvingni faqat sen sog‘inibsan-da? |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling