Janat Odamlar n65. p65
Download 0.62 Mb. Pdf ko'rish
|
Janat Odamlar n65
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jannati odamlar 125
Xudoyberdi To‘xtaboyev
124 otangni ushlab, qamab qo‘yishdi. Qamoqxonada ko‘p kaltaklashgan ekan, jigari ezilib, qon tupurib, olamdan o‘tdi. – Ko‘p urishganmikan? – Ha, ko‘p urishgan ekan. – Nega urishadi, nega? – sakrab o‘rnimdan turib ketdim. – Zamon shunaqa edi-da, o‘g‘lim. – Otamni nega urishadi, deyapman, nega o‘ldirishadi? – baqirib, ko‘rpa-yostiqlarni tepa boshladim. Bobom bilan enam uyg‘oq ekan, ikkovlariyam tepamizga yugurib kelishdi. Bobom bag‘riga olmoqchi bo‘luvdi, qo‘lini tishlab oldim. Nega otamni o‘ldirishadi? – battarroq baqirdim. – Obbo qizim-ey, bolaga bu gaplarni aytib bo‘larkanmi? – deb buvimni urishgan bo‘ldi bobom. – Axir nima qilay, o‘zi qistadi-da, – ovozini sal chiqarib, dedi buvim. – Bolaning ko‘ngli nimalarni istamaydi, e qizim-ey... Kel, o‘g‘lim, men bilan yota qol, soqolim qichiyapti, bir qashlab qo‘ygin. – Qashlamayman, – deb ko‘rpani yana tepib, bobomning oyoqlaridan mahkam quchoqlab oldim, – ayting, nega urishadi? Joni og‘riganda yig‘la- gandir, nega bormadingiz? – Qo‘y, o‘g‘lim, qo‘y. – Qo‘ymayman, nega siz bormadingiz? – Borganman, o‘g‘lim. – Yolg‘on, sizni o‘ldirishmapti-ku... Otam tirik bo‘lganida birga yotardim, bildingizmi? Endi soqolingizniyam taramayman, enam sigir soqqanda buzoqchaniyam ushlamayman, bildingizmi? Otamni Jannati odamlar 125 topib berasiz, hammaning otasi bor-ku, topib berasiz dedim, topib berasiz... Ko‘rpaga yotib rosa yig‘ladim, bolishni musht- layverdim, mushtlayverdim. Axiyri o‘zim jim bo‘l- dim. Charchab qoldim-da, bo‘lmasa yana yig‘- lardim. Buvim yonimda yotgan ekan, yuzini sila- moqchi bo‘lib paypaslagan edim, voy endi u yig‘layotgan ekan, qiziq, nega kattalar ovozini chiqarmay yig‘lar ekan, bunaqada ularning yig‘la- ganini hech kim bilmaydi-ku? Men bo‘lsam, hecham yashirincha yig‘lay olmayman, yo enamga, yo bobomga ko‘rsatib yig‘layman. Hovlida bo‘lishsa, eshitishsin deb qattiqroq yig‘layman, bog‘da yurishgan bo‘lsa, derazani ochib qo‘yib yig‘layman. – Buvi, – deya sekin shivirladim. – Uyg‘oqman, î‘g‘lim, – deb meni bag‘riga tortdi u. – Siz nega yig‘layapsiz? – Yig‘laganim yo‘q, asalim. – Yig‘layapsiz, mana, barmog‘imni yalab ko‘rsam sho‘rtakkina ekan... Sizam otamni so- g‘inyapsizmi? – Íà, î‘g‘lim, sog‘inaman-da. – Buvi, o‘lganlar tiriladimi? – Qaydam. – Otinbibi xolam bitta kitob o‘qib bergandi... daryoga cho‘kib o‘lganlarning qarindoshlari Xudo- dan so‘rab duo o‘qishganda, ular tirilib, yana uylariga kelgan ekan... O‘sha duoni siz bilasizmi? – Bilmayman, î‘g‘lim. – Kim biladi bo‘lmasa? – Qaydam... |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling