Janat Odamlar n65. p65
Download 0.62 Mb. Pdf ko'rish
|
Janat Odamlar n65
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jannati odamlar 129
Xudoyberdi To‘xtaboyev
128 Men yana ko‘p narsalarni so‘ramoqchi edim. E, bo‘lmadi-da. Uxlayotganimda tog‘oraga xamir qorib ustiga bobomning po‘stinini yopib qo‘yishgan ekan. Enam o‘sha xamirni supaga ag‘darib, ustiga yana unlardan sepib, zuvala tugib, non yasay boshladi. Buvim ayvonga chiqib, hoy, o‘tinlaring qayerda deb so‘radi. Ko‘rsatib beruvdim, tandirga olov yoqa boshladi. Qani, enamchalik bilarmikan deb, anchagina qarab turdim. Men o‘t qalashganda tandirning ichi oldin qop-qora, keyin qip-qizil, keyin oppoq bo‘lishini tomosha qilib turishni yaxshi ko‘raman. Shuning uchun bir enamning oldiga yugurib kirib, qani menga nechta kulcha yasayapti ekan deyman, buvimning oldiga chiqib e, tandirning ichi endi qizaribdi-ku, deb o‘ylab, buvijon, o‘tinni ustma-ust qo‘ymang, tagidagisi yonsa ustidagisi tutab tandirni yana qoraytirib qo‘yadi, ishonma- sangiz enamdan so‘rang, deyman. Oxiri nonni yopib endi qatlama pishira boshladik. Shayxboboga qatlama ham olib borsak savobi ko‘p bo‘lib, arvohlar chirqillamasin dedik-da. Oh, qatlamani men biram yaxshi êî‘ramanki, qaymoq solib pishirilsa, sal- pal so‘lqillab tursa, lum-lo‘m qilib yeyishni yaxshi ko‘raman. Yo‘q, zig‘ir yog‘iga pishirilganinimas, u qop-qora bo‘ladi, men saryoqqa yo‘g‘rilib, sap- sariq qilib pishirilgan qatlamalarni yaxshi ko‘ra- man. O‘shanda xursand bo‘lib: – Qatlama, qatlama, Ostonadan hatlama, Qatlama, qatlama, Xom bo‘lsa indama, Jannati odamlar 129 Qatlama, qatlama, Ko‘p bersa yo‘q dema, – deb ashula aytishni yaxshi ko‘raman. Ahmadqul bobom o‘rgatib qo‘ygan. Shuni aytsang, enang har kuni qatlama pishirib beraveradi, menga ham bitta- yarimtasini qo‘ltig‘ingga berkitib olib chiqib turgin, degan... Keyin dasturxonga yettita patir, qatlama, yettita non behi, yettita anor tugib mozorboshiga jo‘nadik. «Yo‘q, otishmada o‘lgan tog‘amlar ko‘milgan Laylak mozorga emas, rahmatli otam uxlab yotgan mozorga deyapman. Ketguncha men yangi etigim bilan qorlarni g‘archillatib orqada bordim. Anuv kuni aytuvdim-ku, men qorlarning g‘archillagan ovozini yaxshi ko‘raman. Mozor bobo yonidagi xonaqohga kelsak, voy, xonaqohni bilmaysizmi, enam ham, bobom ham biladi-ku, hamma biladi- ku, uni shayx o‘tirgan xonaqoh deyishadi-ku! Asta kirsak Shayxboboning oldida sandalda emas, yo‘q, sal pastroqda, bo‘yra ustida bitta opa, uchta qiz bola o‘tirishgan ekan. Qizlardan bittasi menga nega keldilaring, degandek g‘alatiroq qilib qarovdi, men ham o‘zlaring nega keldilaring degandek unga ham g‘alatiroq qarab qo‘ydim. Shayxbobo duo o‘qishdan to‘xtamay, qo‘li bilan o‘tiringlar, deb ishora qiluvdi, biz ham tezgina bo‘yraga o‘tirib, duoning tugashini kutib turdik. Men bilmagan duolarni o‘qiyapti ekan. Enamga qarab ko‘zimni qisib turaverdim. Oxiri fotiha o‘qishgach, menam o‘qiganimdan keyin enam bilan buvim o‘sha opa bilan esonmisiz, omonmisiz, deb ko‘rishib olishdi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling