Janat Odamlar n65. p65
Download 0.62 Mb. Pdf ko'rish
|
Janat Odamlar n65
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jannati odamlar 123
Xudoyberdi To‘xtaboyev
122 bunday uh tortaveradi. Jon buvijon, ayta qo‘ling, axir, men katta bo‘p qoldim-ku. O‘rnimdan turib boyimni ko‘rsataymi? – Qo‘y, o‘g‘lim, yuragimni ezma. – Nega yuragingiz eziladi? – Achinaman-da, o‘g‘lim. – Ayta qo‘ling, aytmasangiz, sochingizdan tortaman. – O‘g‘ilginam-ey, dilbandim-ey, otang xuddi senga o‘xshagan qosh-ko‘zi qop-qora, bug‘doyrang, o‘rta bo‘y, ko‘zlari chaqnab turadigan qiziqchi, quvnoq bir yigit edi, yigitlarning sardori edi... Qo‘y o‘g‘lim, yuragimga tuz sepma, yig‘lagim kelyapti. – Mayli, buvi, yig‘lasangiz ham aytavering. – Sabr qil, azamatim, jinday yuragimni bo‘shatib olay, yaramni tirnab yubording, o‘zi to‘yib turuvdim. Ancha mahal ikkovimiz shivirlashni bas qilib, jim qoldik. Men kaftim bilan buvimning ko‘z yoshlarini artib-artib turdim, iliqqina ekan, buvim bo‘lsa meni bag‘riga mahkam bosib, yelkalarimni silab-silab, haligi, odam qattiq chopganda hansi- raydi-ku, o‘shanaqa qilib yig‘layverdi, yupatay desam, yupatadigan so‘z hech esimga kelmayapti. Enamni chaqiray dedimu bas qilinglar endi, bas qilinglar, uxlanglar endi, desa, unda otam haqidagi gapni bilolmay qolaman deb qo‘rqaman. – Ha, asalim, otang bebaho odam edi, – dedi oxirida buvim yig‘idan to‘xtab, – otangning otasi katta boy bo‘lgan, machitlar solib, yo‘lga yer ajra- tib, saxiy boy degan nom chiqargan ekan, eshityapsanmi? Jannati odamlar 123 – Eshityapman, – dedim shoshilib, – tez- tez ayting, bo‘lmasa esingizdan chiqib qoladi. Tog‘da qo‘ylari, yilqilari, dashtda bug‘doy- zorlari bor ekan, o‘zi zo‘r chavandoz ham bo‘lgan ekan. – Buvi, chavandoz ot minadiganmi? – Ha, gap qo‘shmay turgin-da, shirinim, otdan yiqilib o‘lganidan keyin jami boyligi sening otangga qolgan ekan. Keyin bizning to‘yimiz bo‘ldi. Men o‘n oltida, otang o‘n sakkiz yoshda edi. – O‘shanda sizning bo‘yingiz qancha edi? – Sabrnisa opang bor-ku, o‘shancha edi. – To‘ylaringda o‘rtaga olov ham yoqishganmi? – Ha, albatta, olov yoqilardi-da, asalim. – Childirma chalib, ashula ham aytishganmi? – Obbo shirinim-ey, to‘yda, albatta, childirma chalinadi-da. – Keyin-chi? – Keyin kolxoz zamoni bo‘ldi, yer-suvlarimizni, uy-joylarimizni, ko‘rpa-to‘shaklarimizni, qozon- tovoqlarimizni – hammasini olib, o‘zimizni uzoq mamlakatga quloq qilishuvdi, otang rahmatli, e, uyoqlarga bormaymiz, deb meni olib qochib ketdi. – Orqalaringdan quvishmadimi? – Quvishdi. – Sizlar ot minib olganmidilaring? – Yo‘q, piyoda edik, azamatim. – Keyin-chi? Tez-tez ayting. – O‘shanda sen qornimda eding. – Qorningizda bo‘lsam ham baribir hammasini êî‘rib turarmidim? – Yo‘q, shirinim, hech narsani ko‘rmasding. Tog‘-toshlarda qochib yurdik, axiyri melisalar |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling