Janat Odamlar n65. p65
Download 0.62 Mb. Pdf ko'rish
|
Janat Odamlar n65
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jannati odamlar 133
Xudoyberdi To‘xtaboyev
132 nikiga o‘xshab puchuqqina ekan. Boshidagi sallasi oq emas, qizil chitdan, do‘ppisiyam kir, o‘choqboshi- mizda qozon ushlaydigan eski do‘ppimiz bor-ku, o‘shanga o‘xshaydi... Asta-sekin mening ko‘zim yumila boshladi. Ochay desam ham yumilib ketaverdi. Keyin, ie, nazarimda eshikdan o‘zimning otam kirib kelayotganday bo‘ldi. Qosh-ko‘zi kechasi buvim aytganday qop-qora, o‘rta bo‘y, bug‘doyrang, ko‘zlari ham chaqnab turibdi. Ostona oldida to‘xtab hammamizga birma-bir qarayotganday. Otam, dedimu ko‘zim ochilib o‘rnimdan turib ketdim. – Jim, – dedi enam. Shayxbobo ko‘zini ochib menga bir nazar soldi- yu, yana yumib oldi. Endi sal boshqacharoq ohangda o‘qiy boshladi. Ko‘zlarimni chirt yumib, ancha jim turdim. Faqat qorong‘i ko‘rinadi-yu, endi hech narsa ko‘rinmaydi. Yana qattiqroq yumdim, yana ochdim, yo‘q, endi otam hecham ko‘rinmadi, yig‘lagim kela boshladi. Surilib, enamning tizzasiga o‘tib oldim. Duolar tugagach, Shayxbobo o‘lganlarning joyi jannatda bo‘lsin, tiriklarning iymoni basalomat bo‘lsin, yeb-ichishimizning, xayr-xudoyilarimiz- ning savobi umidvor arvohlarga, yer egasiga, mulk egasiga tegsin, deganda o‘xshash so‘zlarni aytib, fotiha o‘qigandi, men uncha qiziqmasdan o‘tirdim. Yo‘q, fotiha o‘qidimu baribir, Esonqul bobom bun- dan yaxshiroq o‘qirdi, deb o‘ylayverdim. Keyin Shayxbobodan o‘lganlar hech tirilganmi, bir marta bo‘lsayam tirilganini ko‘rganmisiz, deb so‘ragim kelaverdi. So‘ray deymanu so‘ray olmayman. Oxiri: – Ena, men hozirgina otamni ko‘rdim, – dedim o‘rnimdan turib. Jannati odamlar 133 – Aylanay qulunimdan, – dedi enam ham, o‘rnidan turayotib. – Ko‘zimni yumib tursam, xuddi shu uyga kirib kelayotganday bo‘ldi. – Tez-tez kelib turgin, To‘xtavoyning o‘g‘li, – dedi Shayxbobo, – otangni sog‘insang, uni Xudo xohlasa, faqat shu yerda ko‘rasan. – Boshqa joyda-chi? – shoshilib so‘radim. – Xudo ko‘rsatsa... bu yerda aniqroq ko‘rasan. Rahmatli otang ham otasining qabrini ziyorat qilishni kanda qilmasdi. Bir kelganda kattagina pul tashlab ketdi, xonaqohning yog‘ochini qurt yebdi, yangilab oling, dedi. Ko‘p saxiy yigit edi- da, eh, attang, ammo yaratganning irodasiga qarshi borolmaymiz. O‘zi yaratadi, o‘zi oladi... Umri qisqa ekan, nachora. – Bobojon, siz otamni necha marta ko‘rgansiz? – so‘radim chidab turolmay. – Otang ko‘z oldimda katta bo‘lgan, î‘g‘lim... Qochdi-quvdi paytida ham mening xonaqohimda jon saqlardi. Qani endi qabr boshiga boraylik bo‘lmasa. Supurgi, yog‘och, kurak olishdi. Qorni tozalab qo‘yish kerak ekan, bo‘lmasa erib, go‘rni cho‘ktirib qo‘yarkan, go‘r cho‘kkani yomon bo‘larkan... Voy- bo‘y, qabriston shunaqa katta bo‘lib ko‘rinyaptiki, qabrlar endi do‘ppayib ko‘rinmaydi, hammasi bitta bo‘p ketibdi. – Ana Robiyabibi, – dedi bizni boshlab borib Shayxbobo, – marhumlar tinchgina uxlashyapti, hamma g‘alvayu to‘polon mana shu yolg‘on dunyoda, chin dunyo esa oromli, halovatli dunyo. Na deb keldim bu dunyoga, men bu yerlik |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling