Janat Odamlar n65. p65
Download 0.62 Mb. Pdf ko'rish
|
Janat Odamlar n65
- Bu sahifa navigatsiya:
- AHMADQUL BOBONING OQ O‘RIGI O‘
- Jannati odamlar 149
Xudoyberdi To‘xtaboyev
148 Yelkasida uch xoli bor, Kunday jamoli bor, Taqdirida kamoli bor, Sahroda qolgan bolam, – deya yana yig‘labdi. Mulozimlar kirib Sahrobekka ta'zim qilib, bo‘lgan voqeani aytishgan ekan, yelkamda uch xolim borligi, asli ismim Xoldorbek ekanligini o‘zimdan boshqa hech kim bilmas edi- ku, deb o‘ylab, gadoy ayolni huzurimga keltiring, deya farmon beribdi. Olib kirishgach, e, onaizor, siz kim bo‘lasiz? Mening ismim sizga qanday ayon bo‘lgan, deb so‘rabdi. Gulira’no yig‘lashdan to‘xtab, bolam, bolagi- nam, mening kimligim barmog‘ingdagi uzukka yozilgan, debdi. Yigit uzuk ko‘zidagi Gulira’noga Shohmalikdan degan yozuvga ko‘zi tushishi bilan onam, onajonim, deya qichqirib yuboribdi. Shunday qilib ertak ham oxiriga yetay deb qopti. Cho‘ldagi xaloskor cho‘ponni hurmatu e’zoz bilan olib kelib, jamiki cho‘ponlarga yuzboshi qilib tayinlabdi. Uning ikki azamat o‘g‘lini navkarlikka oli- shibdi, mushtipar onani yana Gulira’no deb, Sah- robekni Xoldorbekshoh deb atay boshlashibdi va hammalari yaxshi yashab murodi maqsadlariga yetishibdi. AHMADQUL BOBONING OQ O‘RIGI O‘ sha kuni o‘gay otam olib qochib ketgan buvijonimni tush ko‘rdim. Voy, biram mazza qildimki, rost aytayapman, juda-juda ham mazza qildim. Rosa achomlashdik, betlarimizdan o‘pish- dik. Keyin achomlashib turib osmonga uchib ketdik. Uchayotganimda qanotim o‘rniga oyoqla- Jannati odamlar 149 rimni silkitgan edim, bilmasdan ustimdagi ko‘rpani tepib yuboribman, uyg‘onib ketibman. Alam qildi, judayam alam qildi. Axir men sog‘inib-sog‘inib zo‘rg‘a topganim buvijonim bilan qo‘l ushlashib uchayotgan edim – yig‘lab yubordim. – Nega yig‘laysan? – deb so‘radi yonimda yotgan bobom. – Enam qani? – deb so‘radim. – Suvga ketdi, hozir keladi, – dedi bobom. – Men buvijonimni yo‘qotib qo‘ydim, – deb yana yig‘ladim. – Yig‘lama, yo‘qotganing yo‘q. – Yo‘qotdim, tushimda yo‘qotib qo‘ydim, bildingizmi? Bobom meni yupata boshladi. Oyog‘ tuzalib qolsa eshakka mindirib buvijo- nimning oldiga o‘zi olib borarkan. Yoniga tortib boshlarimdan siladi, ko‘z yoshlarimni kafti bilan artib, Xudo xohlasa, albatta olib boraman, xurjun- ning ko‘zini uzumlarga, anorlarga, noklarga to‘ldi- rib boramiz, dedi. – Noklardan o‘gay ukalarimga bermaymiz, – dedim hiqillab. – Bo‘pti, bermaymiz, – dedi bobom yana boshimni silab. Eshikni sharaqlatib ochib, enam kirib keldi. Rost, suvga borgan ekan, ikki qo‘lida ikkita suv to‘la chelak borligidan bildim. – Uyg‘ondinglarmi? – dedi enam. – Juda yo‘q bo‘p ketding! – deb so‘radi bobom. – Yo‘l muz, sekin yurdim. – Yiqilib yurmadingmikan, deb tashvishlanib yotibmiz... – E, otasi, Ahmadqul o‘rtog‘ingizning hovlisi to‘la odam, – deb enam ostonaga o‘tirdi, – katta |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling