Janat Odamlar n65. p65
Download 0.62 Mb. Pdf ko'rish
|
Janat Odamlar n65
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jannati odamlar 141
Xudoyberdi To‘xtaboyev
140 lab yana arazlayman, deb o‘yladim-da, asta bildirmasdan borib yoniga kirayîtgandim: – Kela qol, toylog‘im, kela qol, – dedi bag‘riga olib, yelkalarimdan ham silab, – o‘zimning pahla- vonim, azamatim, sovqotib ketibsan. Ertak aytib beraymi? Ertak eshitgim keldiyu, shunday bo‘lsayam: – Kerakmas, – dedim. Shunday dedim-u, e aytmasam bo‘lardi, dedim yana o‘zimga, o‘zim. – Uyqung kelyaptimi? – Endi hecham uxlamayman. – Qorning ham ochgandir, qatlama bor, yeysanmi? – Men endi hecham ovqat yemayman, o‘lgu- nimcha yemayman, baribir ertaga qochib ketaman, ajinasi yo‘q joylarga qochib ketaman. – Qo‘y toylog‘im, yarashaylik, bilaman, xafa qilib qo‘ygan kunlarim ertak aytsam yarashib olardik... quloq sol, mana boshlayapman... Bir bîr ekan, bir yo‘q ekan, qadim zamonda shu o‘zimizning Farg‘ona tomonda Shohmalik ismli bir podsho bo‘lgan ekan. Uncha adolatli ham, uncha adolatsiz ham, uncha zolim ham, uncha rahmdil ham emas, bir kun zulm qilsa, bir kun shafqat qilarkan. Shohmalikning bir otboqari bo‘lib, uning oilasida bir qiz dunyoga kelibdi, unga Gulira’no deb ism beribdilar. O‘zi ham ra’nogulday chiroyli ekan. Kun botibdi, oy chiqibdi, oy botibdi, kun chiqibdi. Kunlar, yillar o‘tib Gulira’no voyaga yetibdi. Xudoi taolo unga shunday bir husn ato qilgan ekanki, o‘n olti yoshga yetganda husni jamo- lining, aqlu farosatining ovozasi olamga yetibdi. Shohmalik qizga oshiq bo‘lib, sovchi qo‘yib, unashar Jannati odamlar 141 qilib, nihoyat qirq kechayu qirq kunduz to‘y berib uylanibdi. Gulira’noga podshoning Donishzamon ismli vaziri ham zimdan oshiq bo‘lib yurgan ekan, tilini tishlab qolibdi. Tilini tishlabdiyu, lekin ala- mi ichda ekan, Shohmalikdan ham, Gulira’nodan ham o‘ch olishning payida yurarkan... Bir kun Shohmalik uyqudan tursa kavushining ichida, shahanshohim, hushyor bo‘ling, saroyda fitna tayyorlanmoqda, fitnaga suyukli xotiningiz bosh- qosh, degan yozuv turganmish. Shohmalik vaziri Donishzamonni chaqirib maslahat solgan ekan, vaziri, shahanshohim, bu balodan tezroq qutulish kerak, shunday jazo belgilangki, boshqa fitna- chilarga saboq bo‘lsin, debdi. Shohmalik vafosizlik qilgan suyukli xotinini sahroga olib borib otning dumiga bog‘lab sudra- tishni, go‘shtlarini nimta-nimta qilib tashlashni buyuribdi. Gulira’no faryod chekib, shohim, ichi qora vaziringiz menga zimdan oshiq edi, o‘shaning o‘chini olayapti desa ham shoh uning gapiga quloq solmabdi. Ammo jazolash uchun borgan navkar rahmdil ham shafqatli ekan. Shunday go‘zal va oqila qizning bevaqt nobud bo‘lishini istamay sahroga chiqqach, malikam, joningiz o‘zingizga sadaqa, Xudo yor bo‘lsin, omon qolsangiz tirikli- gingizni hech kim bilmasin, aks holda mening o‘zimni otning dumiga bog‘lab o‘ldirishadi. Donishzamon ko‘p xavfli odam, undan ehtiyot bolishingiz kerak, depti. Alqissa, Gulira’no kimsasiz sahroyu biyobonda yakkayu yolg‘iz qolibdi. Yakkaning yori Xudo deb yordamni yaratganning o‘zidan so‘rab tavallo qilibdi. Kunchiqar tomonga qarab yuraveribdi, |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling