Janat Odamlar n65. p65
Download 0.62 Mb. Pdf ko'rish
|
Janat Odamlar n65
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jannati odamlar 143
Xudoyberdi To‘xtaboyev
142 yuraveribdi. Donishzamonning ayg‘oqchilariga duch kelib qolmayin deb tunda yo‘l bosib, kunduzi berkinib yotar ekan. Yura-yura cho‘ponlarning tashlandiq, xaroba uyiga duch kelib, oy-kuni yetib turgan ekan, î‘sha yerda êî‘zi yoribdi. Xudoi taolo unga qo‘chqorday o‘g‘il ato etibdi, yelkasida uchta xoli bor ekan. Onaizor unga Xoldorbek deb ism beribdi. Bir kun yotibdi, ikki kun yotibdi, ona asta-sekin holdan keta boshlabdi, buning ustiga shu atroflardan goho-goho Gulira’noning maydalan- gan go‘shti suyaklarini axtarib topish uchun zolim vazirning navkarlari ham ot choptirib o‘ta bosh- labdi. Zolim, ichi qora vazir baribir meni o‘ldiradi, hech bo‘lmasa bolam omon qolar deb Gulira’no Xoldorbegini yo‘rgakka o‘rab, qimmatbaho taqin- choqlarini yoniga qo‘yib, birparcha qog‘ozga o‘g‘limga Xoldorbek deb ism berganman, degan yozuvni yozib, bolam, endi seni Xudoga topshir- dim, deya ko‘z yoshi to‘kib, ey zolim vazir, kel, o‘ldira qol deya sahroga chiqib ketibdi. Alqissa shu atrofda bir qishloq bo‘lib, boshqalar qatori bir kampir ham yasharkan. Bittayu bitta sog‘in echkisi bo‘lib, elning podasiga qo‘shib sahroga haydab turarkan. Bir kuni echkisining emchagida sut yo‘q bo‘lib qolibdi. Voy o‘lmasam, echkiemar emdimikan, deb o‘ylabdi kampir. Ertasiga ham, indiniga ham shu hol takror- lanaveribdi. Kampir echkisining orqasidan poylab yaylovga boribdi. Qarab tursa, bir chordevorxonaga ma’rab kirib ketayotgan emish. Orqasidan borsa, e tavba, echki engashib yo‘rgakda yotgan chaqa- loqni emizayotgan emish. Chaqaloq shohi-kimxob- Jannati odamlar 143 larga o‘ralgan emishu yonida talaygina oltin taqinchoqlar ham turganmish. Hay, bir falokat yuz bergandir, deb kampir chaqaloqni uyiga keltirib, yuvib-tarab, qaytadan yo‘rgaklab atala pishirib bersa ichmasmish, sigirni sutini bersa ichmasmish. To‘rt yoshga yetguncha qishloqda qancha echki bo‘lsa hammasining sutini shu chaqaloq ichibdi. Yetti yoshga yetganda kampir uni yoniga o‘tqazib, bolam, senga bor haqiqatni aytishim kerak, deb bo‘lgan voqeani soylab, mana bu uzuk onangdan yodgorlik, onang senga Xoldorbek deb ism berib ketgan ekan, lekin men seni sahrodan topib olganim uchun Sahrobek deb atab yuribman, debdi. Kun botibdi, oy chiqibdi, oy botibdi, kun chiqibdi, shu yo‘sinda kunlar bir-birini quvlab o‘taveribdi. Sahrobek kuchga to‘lgandan to‘lib boraveribdi. O‘n yoshida kalladek toshni soqqa qilib o‘ynarkan, o‘n bir yoshida otning dumidan tortsa, oldingi oyog‘ini ko‘tarib yuborarkan, o‘n ikki yoshida tog‘dan tegirmon tosh ko‘chirishsa yelkasida ko‘tarib kelarkan. Bir kun shaharga borib bozor aylanishibdi, bir rastada qilich, qalqon, o‘q-yoylar savdosi bo‘layotgan ekan. Sahrobek qilichni qo‘liga olib, bir serpigan ekan, chirt uzilib ketibdi, yoyni tortib ko‘rmoqchi bo‘lgan ekan, uyam tars uzilib ketibdi. Savdogar pulini to‘la degan ekan, kalava sotib kun ko‘radigan bir mushtiðar kampirda shuncha pul bo‘larmidi deb, kampir yig‘lashga tushibdi. Janjal chiqibdi, to‘s-to‘polon ko‘tarilibdi. Oq ot minib bozor aylanib yurgan shahar hokimi janjalning ustidan chiqib qolibdi. Voqeadan xabar- dor bo‘lgach, uzilgan qilichu yoyning pulini to‘lab, kampir bilan o‘g‘lini saroyga olib ketib, farzandi |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling