Janat Odamlar n65. p65


Download 0.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/140
Sana22.12.2022
Hajmi0.62 Mb.
#1041028
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   140
Bog'liq
Janat Odamlar n65

Xudoyberdi To‘xtaboyev
136
qanday sog‘inib o‘pgan bo‘lsa, ana shunday qilib
hamma yog‘imdan o‘paverdi. Og‘zi judayam katta
ekan. Betimning yarmi og‘ziga kirib ketaverdi.
Yana tag‘in barakalla, barakalla, otangni sog‘in-
sang, har kuni o‘qiyvergin, o‘qiyvergin, o‘shanda
otang hecham o‘lmaydi, degan gaplarni ham aytdi.
Keyin uchovimiz uyga qaytib ketdik, kelayot-
ganda hecham yig‘lamadik.
 ENAJONIM AYTGAN ERTAK 
B
uvim meni aldab ketib qolmasin deb undan
hech ajralmayman, uyga kirsa, uyga kiraman,
eshikka chiqsa eshikka chiqaman, hoy, etagimni
qo‘yib yubor, ketmayman, desayam ishonmayman.
Enam buving o‘zining uyiga borib Ashir buvidan
qolgan yetimlarga qarasa, savobining ko‘pi senga
tegadi, jannati bo‘lasan, devdi, men jannatga
bormayman, undan buvimning o‘zi yaxshiykan,
deb turib olaman... Baribir, o‘ynagani chiqqim kela-
verdi. Yo‘q, o‘ynashga emas, yo‘q, buvim seni êî‘rib
dilim yayrab tursin deb, yangi etigim, yangi to‘nim,
yangi do‘ppimni kiygizib, voy asalim-ey, kuyov
bola bo‘p qolding-a degan edi, ana shu kiyimlarimni
o‘rtoqlarimga hech bo‘lmasa bir marta ko‘rsatgim
kelaverdi.
– Ketib qo‘lmaysiz, a? – deb so‘rayman
buvimdan.
– Ketmayman, dedimu, asalim, – deydi buvim,
– ishonmasang o‘ynagani chiqmay qo‘ya qol.
Chiqmay qo‘ya qol deganiga endi astoydil
chiqqim kelib qoldi. Ozgina o‘ynaymanu darrov
qaytib kelaman deb, tepalik yoniga qarab yugurdim.


Jannati odamlar
137
O‘h-ho‘, qo‘rg‘onchamizdagi jamiki bolalar chiqibdi,
sayil bo‘pti, sayildanam zo‘r bo‘pti! Katta bolalar
uylaridan yashirib go‘sht olib chiqib, o‘rtaga olov
yoqib kabob pishirishyapti, xushboy hidi ham-
mayoqni qoplab ketibdi. Biram yegim keldi-ey,
Sultonali akam novdaga ilib pishirgan go‘shtni ko‘z-
ko‘zlab ham qo‘yyapti, yana yegim kelib ketti!
Tamshanib-tamshanib nariga borsam, voy-bo‘y,
qizchalar ham chiqishibdi-ya. Baribir, tepadan
pastga qarab sirpanishaolmaydi-ku, undan ko‘ra
bozillagan sandalida mazza qilib o‘tirishsa bo‘ladi-
ku, to‘g‘rimi?.. Voy-bo‘y, hammayoq qiy-chuv bo‘lib
ketgan, qiyqirishyapti, kulishyapti, dumalashyapti,
hech biri mening yangi kiyimlarimga qaramaydi
ham. Qaramasa qaramas, sirpansam bo‘ldi-da,
sirpangani chiqqanman-da, to‘g‘rimi?
Endi uch marta sirpangan edim Jamol akam,
Rahmonberdi, buving katta ko‘chada orqasiga
qarab-qarab yig‘lab-yig‘lab ketyapti, tag‘in seni
axtarib yurgan bo‘lmasin, deb qoldi. A, dedimu
anavi kundagiga o‘xshab bir nafas qotib turdim,
keyin uyga qarab yugurdim. Buvim yo‘q! Qo‘sh-
ninikiga chiqqandir, deyishyapti, yolg‘on, yolg‘on!
Mozor tomonga qarab yugurdim, buvim hamisha
o‘sha tomondan kelardi. Dodlab yuguraverdim,
yuguraverdim. Yo‘q, buvijonim yo‘q. Orqamdan,
hoy esli o‘g‘lim, deb enam yuguryapti, uch oyoqlab
bobom halloslab kelyapti. Baribir buvijonimni o‘gay
otamgayam, o‘gay akalarimgayam bermayman endi.
Kerak bo‘lsa o‘zlari buvi sotib olishsin, buvijonim,
mening buvim-ku, u o‘zi tuqqan, bobom tuqqan
emas meni, uylariga ham bormayman, borganimda
menga buvimni berishmaydi, menam bermayman



Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling