Janat Odamlar n65. p65
Download 0.62 Mb. Pdf ko'rish
|
Janat Odamlar n65
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jannati odamlar 131
Xudoyberdi To‘xtaboyev
130 – Past mahalladan, Melivoyning zaifasi bo‘ladi, – dedi Shayxbobo. – Tanib turibman, – dedi enam ham, – otingiz Chinnibibi edimi, aylanay? – Ha, – dedi o‘sha opa yig‘lamsirab. – Melivoy ajoyib novvoy edi, eringizniyam bilardim, – dedi enam, – katta to‘ylarning nonini o‘sha xudojo‘yga yoptirardik, qarang-a, shunday azamat yigit ko‘mir eltib nobud bo‘lsa-ya. – Yaratgan o‘ziga aziz qilaman desa... na chora, – dedi Shayxbobo, – rahmatli jannati odam edi, qaysiki to‘yda non yopsa, oldidan jizzaligidan ikki- tasini menga yuborardi. Opa Shayxboboga qog‘oz pul uzatuvdi, bittasini olib ikkitasini o‘ziga qaytardi. Qizlaringga kavush olib ber dedi. Keyin tugun olib kelgan ekan, o‘shandanam faqat bitta non olib, chuqur tokchada boshqa tugunlar ham ko‘p ekan, hammasini opaning tuguniga shunday katta qilib tugdiki, voy-bu, uni qanday qilib ko‘tarisharkan, deb o‘yladim. Menga bitta nonu bir ko‘za suv kifoya, dedi Shayxbobo, sening esa oltita bolang bor, hammasi qaldirg‘och- ning bo‘lasiday og‘zini ochib o‘tiribdi, yeyman- ichaman deydi. Tugunni ola ketasan, savob bo‘ladi, olmasang, Shayxboboni ranjitasan, degandi, opa olmayman, hecham olmayman, deb yig‘lab yubordi. Qarasam, buvimning ham ko‘zida yosh miltillab turgan ekan. – Olmasang Melivoy go‘rida tinch yotmaydi, – dedi Shayxbobo, – tushlarimga kirib chiqyapti, yetimchalaridan xabar olib turing, deyapti. Ma, ozgina pul ham beray, qizlaringga ro‘mol olib bergin, qara, popukdekkina qizchalar ekan... Jannati odamlar 131 Shayxbobo tugunni o‘zi ko‘tarib opani kuzatgani hovliga chiqib ketdi. Qarasam, buvim ko‘z yoshini popukli ro‘molchasiga artib-artib olyapti. – Bu qizim rahmatli To‘xtavoyning zaifasi bo‘ladi, a? – so‘radi Shayxbobo uyga qaytib kirib. – Ha, – deb qo‘ydi enajonim. – Mana bu chiroyli yigitcha undan qolgan zurriyot bo‘lsa kerak, tovba, xuddi quyib qo‘ygan- dek-a. Yaratgan egamning dargohi kengda... Yo‘qlab kelib ko‘p ulug‘ ish qilibsiz, qizim... Tur- mush qurib ketganingizni bilaman, ustaning ham chirqillab qolgan bolalari ko‘p edi. Savob yo‘liga qadam qo‘ygansiz, qizim. Payg‘ambarimiz Muham- mad alayhi vasallam bir yetimning ko‘nglini ovlasang, yetti bor hajning savobini olasan, de- ganlar. Va lekin, arvohlarni ham yo‘qlab turmoq darkor. Hay, tahorat ketmasdan bir tilovat qilaylik bo‘lmasa. Shayxbobo sandalda o‘tirganicha ko‘zini yumib, boshini sal-pal qimirlatib men hecham eshitmagan duoni o‘qiy boshladi. Ovozi judayam yoqimli, judayam mayin, Ahmadqul bobomning cho‘loq kelini bolasiga alla aytdi-ku, ana o‘shanga o‘xsharkan. – Ena, shu duoni siz bilasizmi? – deb shi- virladim. – Jim, – dedi enam barmog‘ini labiga qo‘yib. – Ayting, sekinroq o‘qisin, menam o‘rganib îlay. – Jim deyapman. Jim bo‘lib yana Shayxboboni kuzata boshladim. Beti o‘zimning bobomnikiga qaraganda katta, soqoli ham qalin, peshonasi keng, burni Esonqul bobom- |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling