Janat Odamlar n65. p65
Download 0.62 Mb. Pdf ko'rish
|
Janat Odamlar n65
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jannati odamlar 135
Xudoyberdi To‘xtaboyev
134 emasman, deb yig‘lagan ekan mashoyixlar... Qorni supuring-chi, ha, barakalla, tanidim, To‘xtavoyning – boshiga otasinikiga o‘xshatib oq tosh qo‘yuvdim, qo‘ychivoy qo‘ydan yanglishmagandek, biz ham qabrdan yanglishmaymiz. Otam shu yerda yotadimi, kechalari qo‘rqmay- dimi, bordiyu tirilib qolsa tuproqlarni qanday êî‘tarib chiqadi?.. Yuragim qisilib yig‘lagim kela boshladi... Bechora otam-ey, biz keng uyda yashaymiz, u bo‘lsa torgina go‘rda yotarkan, ichiyam qorong‘idir. Qop-qorong‘idir. – Yig‘lama, – dedi enam shivirlab. – Mayli, yig‘lasin, – dedi Shayxbobo. Buvim qabr ustidagi qorlarni tozalab supurib, kurak bilan nariga itarib, o‘sha kurakning ustiga o‘tirdi-da: – Voy xudoy-i-i-im! – deb boshini chayqab ulu tortib yig‘lab yubordi. Keyin tizzasiga shapatilab ura boshladi. – Qo‘y, qizim, qo‘y, – deb yupatdi enam. – Mayli, yig‘lasin, – dedi yana Shayxbobo, – yuragi bo‘shaydi, musulmon bolasi har zamon-har zamonda qabristonga kelib yig‘lab-yig‘lab olishi kerak. Yuragi bo‘shab dili yorishadi, tiriklarga oqibatli bo‘ladi. Enam, Shayxbobosi, Rahmonberdi o‘g‘lim esli, odobli bola, namozliklarni, fotiha suralarini biladi. Ruxsat bersangiz, otasiga bag‘ishlab bir tilovat qilib bersin degandi, Shayxbobo, qani-qani, dedi. Uyimizda bo‘lsam-ku, uyalib yo‘q derdim-a, bu yerda o‘qisam, zora ovozimni otam eshitsa, tirilay- tirilay deb turgan bo‘lsa tezroq tirila qolsa deb o‘ylab darrov ko‘na qoldim. Jannati odamlar 135 – Ovozimni siznikiga o‘xshatib o‘qiymi? – so‘radim enajonimdan. – Yo‘q, Ahmadqul bobongnikiga o‘xshatib o‘qigin. – Voy, u bobom qori-ku? – Sen qori bo‘lib o‘qiysan, toylog‘im. Boshlay qol, sovqotib qolyapmiz. – Bismillahir rahmanir rahim, – deb ovozimni Ahmadqul bobomnikiga o‘xshatib chiqardim, – alhamdu lillahi rabbil alamin ar rahmanir rahim, malikiyovmiddin, iyyoka na’budu va iyyaka nas- ta’in, ihdinas sirotal mustaqima sirotal laziyna anamta alayhim g‘ayril mag‘zubi alayhim va lazzo- lin omin... bismillahir rahmanir rahim, qulhuvall Allohu ahad, Allohu somad, lam yalid valam yuvlad, valamyakullahu kufuvan ahad... Buni bir marta o‘qisayam bo‘ladi, enajonim shunday degan. Sub- honika rabbika rabbil izzati amma yasifun va salamin alana mursalina alhamdulillahi rabbil alamin, Allohu akbar... o‘qigan duomning savobini o‘tgan hamma bobolarimga, hamma enalarimga, otishmada o‘lgan tog‘alarimga, rahmatli otamga bag‘ishladim. Iloyo otamning go‘ri yop-yorug‘ bo‘lsin, tezroq tirilib, uyimizga kelsin, iloyo buvim endi hecham ketib qolmasin, iloyo hammamiz birga yashaylik, Allohu akbar... O‘qiyotganimda ko‘zimning qiri bilan qor ustida chordona qurib o‘tirgan Shayxboboga qarab-qarab qoyuvdim, uyam menga qarab-qarab qo‘yayotgan edi, tugatishim bilan, shoshilib yonimga keldi-da, ikki qo‘ltig‘imdan olib boshidan ham balandroq ko‘tarib, Robiyabibi, To‘xtavoy o‘lmabdi, u tirik ekan, mana u, deb sal pasaytirib, buvim meni kecha |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling