Janat Odamlar n65. p65


Download 0.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/140
Sana22.12.2022
Hajmi0.62 Mb.
#1041028
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   140
Bog'liq
Janat Odamlar n65

Xudoyberdi To‘xtaboyev
150
o‘g‘li Obbosxonni bo‘ri talabdi. Katta itiyam o‘libdi,
bo‘riyam o‘libdi... O‘rningizdan turo‘lmaysiz-da,
bo‘lmasa, kirsangiz bo‘lardi... Men o‘choqqa o‘t
yoqay...
– Itiyam o‘libdimi? – deb shoshilib so‘radim.
– Ha, olisha-olisha o‘libdi.
– O‘sha To‘rtko‘z iti-ya?!
– Ha, o‘sha katta iti, Arslondek edi-ya...
Bobojonim inqillab yotgan joyida boshini deraza
tomonga burib oldi. Men inqillamadimu, jim
yotaverdim. O‘sha katta To‘rtko‘z itlari haqida
î‘yladim. Αsha itlari tufayli qishlog‘imizga bo‘rilar
kelolmasdi, qo‘rqardi. O‘ziyam og‘ilxonamizdagi
novvoscha kelardi. Tomga chiqib bir uvlasa dalalarni
zirqiratib yuborardi. Hech kimni tishlamaganu,
shunday bo‘lsa ham hamma undan qo‘rqardi, men
ham, Murodxon, Hayitvoy o‘rtog‘im ham hamma-
hammamiz qo‘rqardik. Hozir ana shular haqida
o‘yladim. Keyin men yana o‘tgan yili yozda bo‘lgan
voqeani o‘ylab, To‘rtko‘zni o‘lgani yaxshi bo‘ldimi,
yomon bo‘ldimi, deb o‘yladim...
O‘shanda juda qiziq bo‘luvdi-da, juda qiziq
bo‘luvdi. Sizga aytganmanmi, aytganim yo‘qmi?
Voy, buni hamma biladi-ku!.. Voy, juda qiziq
bo‘lganda... Ahmadqul bobomning tog‘ tomondagi
katta bog‘ida o‘rikzorlari orasida hammasidan uzun,
tanasi Hayitvoy ikkovimizning ham quchog‘imizga
sig‘maydigan oq o‘rigi bor edi. O‘shaning pishganini
hammadan oldin Ortiqali akam bilan Sultonali
akamlar bilgan ekan. Har kuni borib ustiga chiqib,
to‘yguncha yeb kelayotgan edik, Ahmadqul bobom
êî‘rib qolib to qishloqqacha quvib keldi. Sindirilgan
shoxlarni qo‘liga ushlab:


Jannati odamlar
151
– Mana shu tamom bo‘lguncha savalayman! –
deb do‘q ham qildi. Ahmad bobom pakana-da, oyog‘i
kalta, baribir bizga yetolmaydi. Biz bo‘lsa ho‘ nariga
borib, qo‘limizdagi o‘rikni ko‘rsatib:
– Ko‘zingiz kuysin, alam qilsin! – deb masxara
qilamiz. Hayitvoy o‘rtog‘im:
– Pakana bobo, chakana bobo! – deb sakraydi.
Murodxon o‘rtog‘im: – O‘rik bobo, yong‘oq
bobo, danak bobo! – deb battar jahlini chiqarib
qochadi... Ikki kungacha bormadik. Keyin Ortiqali
akam, rost, o‘sha aytdi, Ahmadqul bobo ertalabdan
buyon bog‘da ko‘rinmaydi. Qo‘qonga ketganga
o‘xshaydi, yuringlar, yana mazza qilamiz, dedi.
O‘ntacha bola yana yugurdik. Eng katta bolalar,
ular qo‘rqmaydi-da, o‘rikning baland shoxlariga
chiqishdi, o‘sha yerda pishgani ko‘p bo‘ladi-da. Biz
bo‘lsak pastki shoxlariga chiqib, sal xomrog‘idan
yeya boshladik. Eh, juda mazza bo‘ldi-da, o‘rikni
yeb danagini bir-birimizga otishamiz; qiqirlashib
kulamiz, silkinib hayinchak uchamiz... Bir mahal
bunday qarasak Ahmadqul bobom mana shu bugun
bo‘ri bilan urishib o‘lgan katta To‘rtko‘z itini biz
tomonga qarab yetaklab kelyapti. It irillaydi,
bo‘ynidagi zanjirni uzaman deydi. Biz hammamiz
nima qilishimizni bilmay tek qotib qoldik. Iloyo
bobo bizni ko‘rmasin-da, deb o‘yladik. Ko‘rmadi
shekilli, itni bog‘lab bo‘lguncha ham tepaga
qaramadi, nega tag‘in keldilaring, deb urishmadi
ham. Itni bog‘ladi-yu, hech narsa demay orqasiga
qaytib ketaverdi... Chatoq bo‘ldi, juda-juda chatoq
bo‘ldi. Birortamiz tushmoqchi bo‘lib sal qimirlasak
it irillab tepaga sakraydi. Qimirlama, bo‘lmasa
tiriklayin yeyman deydi.



Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling