Janat Odamlar n65. p65
Download 0.62 Mb. Pdf ko'rish
|
Janat Odamlar n65
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jannati odamlar 167
Xudoyberdi To‘xtaboyev
166 Voy, yana ikkita melisa amaki bor ekan, ot choptirib ular ham kelib qolishdi. – Axtarib ko‘rdik, – deyishdi. Sandiqlarini ham ochdilaringmi? – deb so‘radi oq otli amaki. – Ha, ochib ko‘rdik. – Tomidagi bedasini-chi? – Ularni ham titkilab tashladik. – Landovurlar, kim o‘zarga ot choptirishni bilasan xolos, – deb urishdi oq otli amaki, – borlaring, boshqa hovlilarni ham qaranglar... ko‘chalarga qorovul qo‘yganmisan? – Qo‘yganmiz, qishloq o‘rab olingan, qush ham uchib chiqolmaydi. Kelgan melisa amakilar endi, bizning uyimiz tomonga qarab ot choptirib ketishdi. Biznikiga ham kirishsa-ya, voy, kirganlari bilan bari bir Eshon bobom biznikida yo‘q-ku. Yo‘q bo‘lgandan keyin topisholmaydi, to‘g‘rimi?.. Bechora Eshon bobom- ey, endi u kishiga rahmim kela boshladi. O‘sha kuni biznikiga kelganida arvoh emas ekanlar-da, o‘zlari ekan-da, enajonim birovga aytib qo‘ymasin deb shunday degan ekan-da... bechora Eshon bobom-ey, ushlab olishsa urishadi endi... Asta bobomning etagidan tortib: – Keta qolaylik, – deb shivirladim. – Bor, o‘zing keta qol, o‘g‘lim, – deb shivirladi bobom ham. – Yo‘q, qo‘rqaman. – Qo‘rqma, o‘g‘lim. – Hammangni qamayman deyapti-ku, yuring keta qolaylik, sizni ham qamab qo‘yishadi, keyin enam ikkovimiz yig‘laymiz. Jannati odamlar 167 – Sabr qil, o‘g‘lim. Baribir ketgazgani qo‘yish- maydi, sabr qil... O‘rtoqlarimning oldiga o‘tay, gaplashib turib tomosha qilamiz deb o‘yladimu, keyin darrov, yo‘q, o‘tmayman, o‘tsam Eshon bobomni somonxonamiz- da ko‘rganimni aytib qo‘yaman, aytmasam ham o‘zlari ko‘zimdan bilib olishadi deb darrov fikrim- dan qaytib, oq ot mingan amaki menga qarayap- timikan, yo‘qmikan, deb mo‘ralab uni kuzata boshladim. Yo‘q, qaramayapti ekan. Ijroqo‘m bobo bilan maslahat qilishyapti. Shu paytda odamlarni uyoq-buyoqqa itarib Rajab komsomol bilan Yusuf komsomol kirib kela boshladi. O‘ho‘, ular juda zo‘r, hamma qo‘rqadi. Rais bobo ham, ijroqo‘m bobo ham, jamiki amakilar ham qo‘rqishadi. Ko‘chada duch kelib qolsa, o‘shalar o‘tib ketguncha devorga qisilib turishadi. Bo‘lmasa kattalarga chaqib berishar ekan-da. Chaquv tushsa o‘sha amakilarni darrov qamab qo‘yishar ekan. – Noto‘g‘ri axborot beribsiz-da, o‘rtoq, – dedi oq ot mingan amaki. – Axborot to‘g‘ri, – dedi Yusuf komsomol, – men bu qochoq, teskari targ‘ibotchining iziga tushganimga o‘n kun bo‘ldi. Bugun u bog‘da paydo bo‘lsa, ertaga bu bog‘da paydo bo‘ladi. Oxiri yashirincha namoz î‘qiydigan joylarni aniqla- dim. Qambarali cholning, ana, o‘ziyam ko‘zini chaq- chaytirib turibdi, menga unaqa qaramang, sizdan qo‘rqadigan joyim yo‘q, men hukumatning odami bo‘laman... ana shu cholning bog‘ida ko‘rimsizgina uy bor. O‘sha yerda namoz o‘qishadi. Ha-ha, qochoq shu yerga albatta keladi dedim-da, kechasi bilan uxlamay po‘yladim... He, chol, menga unaqa |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling