Janat Odamlar n65. p65


Download 0.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet87/140
Sana22.12.2022
Hajmi0.62 Mb.
#1041028
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   140
Bog'liq
Janat Odamlar n65

Xudoyberdi To‘xtaboyev
170
o‘sha etigining qo‘njiga sekin-sekin urib, o‘rtada
g‘uj bo‘lib turgan bobolarga yaqinlashib:
– Xo‘sh, otaxonlar, – dedi. Bobolar indashmadi.
– Jam bo‘lib namoz o‘qish taqiqlangan-ku,
bilmasmidilaring?
Bobolar bilishmas ekan, javob qaytarishmadi.
– Qochoq Eshonni qayerga berkitdilaring?
Bobolar yana jim turaverishdi.
– Gapirasizlarmi, yo‘qmi?
Yo‘q, yana gapirishmadi, boshlarini egib
turaverishdi.
– Nima balo, soqovmisan hammang! – amaki
shunaqa qattiq baqirib yer tepindiki, atrofga loy
sachrab ketdi. Keyin savol beraverdi, beraverdi.
Bobojonlar ham jim turaverishdi, turaverishdi.
Odamlar ham jim, men ham jim turaverdik. Oxiri
amaki, hoy ijroqo‘m, bu soqovlar bilan o‘zing
gaplash. Eshonni topasan, topmasang o‘zingni
qamayman deb tezgina borib otiga minib oldi.
Oyog‘idan zax o‘tgandir-da, yer loy-ku, to‘g‘rimi?
Mana, mening ham oyog‘im sovqotyapti-ku.
Ijroqo‘m hassasiga ko‘kragini tirab, engashib
turgan Esonqul bobomning yoniga kelib, otaxon,
bugun namozga boribmidingiz deb yumshoqqina
qilib, erkalatib, sal-pal kulib ham turib so‘radi,
– Bordim nima-yu, – deb Esonqul bobo biroz
o‘ylanib qoldi, – bormadim nima, senga baribir
emasmi, bolam?
– Ayting, bordingizmi, yo‘qmi?
– Bordim desam mukofot berasanmi?
– Beraman, otaxon, albatta beraman.
– O‘sha mukofotni î‘zing olib uyingda tinch-
gina o‘tirsang bo‘lmaydimi, bolam?


Jannati odamlar
171
– Namoz o‘qiyotganlaringda Eshon bugun
imomlikka o‘tdimi, yo‘qmi deb so‘rayapman, ota-
xon, gapga tushunsangiz-chi.
Esonqul bobom qaddini rostlab, boshini baland
ko‘tarib shoxdor hassasini qo‘liga ushlab:
– Hoy, Marifxo‘ja, – dedi baland ovoz bilan,
– bobong rahmatli Xo‘jayi Pista masjidining so‘fisi
edi. Ertayu kech tomog‘ini qirib, qulog‘ini cho‘zib
azon aytmagan ekan-da... Xon Eshon hazratlari
mana shu kichkina yurtimizning imomi ham imoni
edilar. Xudoga shukr o‘sha kishining sharofati bilan
odamga o‘xshab yuribmiz, bo‘lmasa qið-qizil
hayvon bo‘lib qolardik, eshak bo‘lardik, eshakni
ko‘paytirishdan sening maqsading nima o‘zi... Nari
tur, ketaman, oyog‘imdan zax o‘tib ketdi.
– Qaytaring! – buyruq berdi oq otli amaki, –
Eshon topilmaguncha hech kimga ruxsat yo‘q.
Ijroqo‘m bobo endi Qambarali boboni so‘roq qila
boshladi. Yo‘q, so‘roq qilishdan oldin, ey esi yo‘q
chol, o‘z uyida yashirincha masjid ochgan odamga
juda katta soliq solinishini bilmas ekansan-da,
degan gaplarni aytib oldi. Keyin, Eshonni qayerga
berkitding, deb sensirab gapira boshladi.
– Berkitganim yo‘q, – dedi Qambarali bobom.
– Berkitmagan bo‘lsang, qayerda u?
– Bilmayman.
– Bilasan!.. Senga shunday katta soliq sola-
manki, to‘laguncha bukri beling chiqib ketadi.
Ayt, Eshon qayerda?
– Bilmayman dedim-ku.
– Mana senga bo‘lmasa, mana!.. – Ijroqo‘m
Qambarali boboning boshiga, yelkalariga qamchi
bilan savalay ketdi. Odamlar «o‘-o‘-o‘-o‘-o‘» deb



Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling