Janat Odamlar n65. p65
Download 0.62 Mb. Pdf ko'rish
|
Janat Odamlar n65
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jannati odamlar 173
Xudoyberdi To‘xtaboyev
172 yuborishdi, haligi shamol kelgandaboshoqli bug‘- doylar uyoq-buyoqqa tebranadi-ku, o‘shanaqa bo‘lib chayqalib ketishdi. Orqada yig‘lab yubordim, ovozimni chiqarmasdan yig‘ladim. Bitta amaki, men uni taniyman, Dadaxon o‘rtog‘imning otasi, u, shoshilib kelib ijroqo‘mning qo‘lidagi qamchini tortib olib, oq otli amakiga qarab, hurmatli boshliq, eshon hazratlari 20 ta cho‘chqani o‘ldirgan bo‘lsa mayli, biz tovon to‘laylik, 20 ta qo‘y beraylik, devdi, otliq amaki bu yigit ham jinoyatchiga sherik ekan, ushlanglar, deb buyruq berdi... Ijroqo‘m Ahmadqul bobomning oldiga kelib qalin qoshlarini kerib: – Xo‘sh, – dedi. – Nega xo‘sh deysan, men ho‘kiz emasman- ku! – dedi Ahmadqul bobom. – Ho‘kizdan ham battarsan. – Ikkovimiz bir qo‘sh bo‘larkanmiz-da. Ha-ha... Bahorga chiqib yer haydarkanmiz-da, ha-ha. – Tilingni tiy, pakana! – Pakana dema meni, men sendan novchaman, kel bo‘yimizni o‘lchashib ko‘ramiz. – Eshon qayerda? – Xudoning uyida. – Sen berkitgansan uni! – Yo‘q, hazratimni yaratganning o‘zi berkitgan. – Hazillashsam qutulaman deb o‘ylayapsanmi? – Marifxo‘ja, o‘zing hazilkashsan-ku, – dedi baland ovoz bilan Ahmadqul bobom, – so‘fi bobong tahorat qilmoqchi bo‘lganda tahorat suviga o‘zing qalampir solib qo‘yarding-ku, bobong bechora kechgacha orqasini changgallab yugurib yurardi-ku. Jannati odamlar 173 – Bas! – ijroqo‘m shunday qattiq yer tepindiki, atrofga shunaqangi ko‘p loy sachradiki, o‘sha loylardan bir qismi Hayitvoy ikkovimizning pesho- namizga ham kelib tushdi. Ahmadqul bobom orqasiga tisarila boshlovdi, ijroqo‘m uni qisib kela boshladi. – Gapir, Eshon qayerda? – so‘radi yana. – Bilmayman. – Bilmaysanmi, mana senga! – ijroqo‘m qo‘lidagi qamchisi bilan bir tushirmoqchi bo‘luvdi, Ahmadqul bobom zið etib Matmusa bobomning orqasiga o‘tdi-da, o‘ng qoltig‘idan boshini chiqarib ur, ura qol, ha qo‘rqasanmi, Matmusaning o‘g‘li tumanda boshliq-da, ursang enangni ko‘rsatib qo‘yadi, devdi, ijroqo‘m bobo enasini sog‘inmagan ekan, urmadi. Qamchini boshi barobar ko‘targancha orqasiga tisarilib, endi mening bobomning oldida to‘xtadi: – O‘zlari ham shu yerda ekanlar-da? – Ha, shu yerdamiz, – dedi bobojonim. – Zolimlar zamonida yurtga ellikboshi bo‘lgan- dingiz-a? – Ha, Marifxo‘ja, otang bilan bobong sayla- gandi. – O‘g‘illaringiz odil hukumatga qarshi miltiq ko‘tarib chiqqan edi. – Yurt himoyasiga chiqqan edi, ularni sen ottirgansan. – Kuyovingiz quloq bo‘lgan edi shekilli? – Ha, Marifxo‘ja, uni sen quloq qildirgansan. – Sen chol, hukumatning ashaddiy dushmani bo‘lasan. Eshonni ham sen berkitgansan. Soqolingni yulib olaman hozir. – Ijroqo‘m soqolidan ushlab |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling