Janat Odamlar n65. p65


Download 0.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet96/140
Sana22.12.2022
Hajmi0.62 Mb.
#1041028
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   140
Bog'liq
Janat Odamlar n65

Xudoyberdi To‘xtaboyev
188
bo‘lar ekan, qo‘rg‘onchamiz vahima ichida qolar
ekan.
– Erkavoy bobo, gapirsangizchi, – dedi Mo‘tabar
xolam o‘zi gapirib charchagandan keyin.
– Nimani gapiray, qizim? – so‘radi bobojonim.
– Axir o‘sha zamonlarda ellikboshi bo‘lgan
ekansiz-ku?
– Ha, ellikboshi edim.
– Siz o‘sha shafqatsizliklarni, qochdi-quv-
dilarni, qirg‘inlarni ko‘rgansiz-ku?
– Ko‘rganman, qizim, ko‘rganman. Xudoyo
o‘sha kunlarni endi sizlar ko‘rmanglar.
– O‘sha ko‘rganlaringizdan siz ham gapiring,
hadeb bizni gapirtiraverasizmi.
– Ona qizim-ey, qaytaga sizlar yaxshi eslayap-
sizlar. Qarib qolibman shekilli, xotiram xira, ko‘p
voqealarni yodimga keltirolmayapman.
– Mana shu ijroqo‘m o‘shanda komandirmidi?
– yana so‘radi o‘tirgan amakilardan bittasi.
– Ha, jazo otryadi degan bir balo bo‘lar edi.
Bu betofiq o‘shanga komandir edi, yuztacha soldati
ham bo‘lardi, gazarmada turishardi... Iloyo qo‘rg‘on-
cha ahli boshiga tushgan balolarni sizlar ko‘rmang-
lar. Bu haromi yurtni ko‘p qiynagan, ne-ne yigit-
larni qurbon qilmadi u. Qo‘rg‘onchamiz ikki o‘t
ichida yonardi, tog‘ tarafdan o‘zimizning yigitlar
tushsa, Qo‘qondan qilich yalang‘ochlab, zamba-
ragini o‘qlab qizil shapkalilar kelardi. Hamma
otishmalar mana shu bog‘larda bo‘lardi. Uylar
kuyardi, mollarimiz molxonada yonib kabob bo‘-
lardi... Iloyo o‘sha kunlarni sizlar ko‘rmanglar...
Lekin Yaratganning dargohi keng, zolimni jazola-
masdan qo‘ymaydi...


Jannati odamlar
189
Bobomdan ko‘ngil so‘ragani chiqqanlar orasida
soy bo‘yidagi G‘ulom bobomning o‘g‘li Qosimali
akam ham bor edi. G‘ulom bobom, bor, Erkacholdan
xabar olib chiq, ko‘ngil so‘ra, o‘g‘illari shahid bo‘lib
ketgan, hech kimi yo‘q, kampiri bilan mung‘ayib-
gina o‘tirgandir, degan ekan. Shu amakining bitta
manqa xotini ham bor-da. Yo‘q, o‘zi juda yaxshi,
qo‘rg‘onchamizdagi hamma bolalarga ko‘ylak tikib
beradi, zingir mashinasi ham bor. Shu opa ham eri
bilan chiqqan ekan. Men undan qo‘rqib, tag‘in
bobomga chaqib bermasin, deya ko‘zini poylab
o‘tirdim. Ilgari ovozimizni burnimizdan chiqarib,
amma, eshiging tamma, deb qochardik. Ro‘zada
boychechak aytgani borib hammamiz ovozimizni
burnimizdan chiqarib, manqalanib, boychechak
aytib keldik eshigingizga, Xudoyim o‘g‘il bersin
beshigingizga, deb kulishib-kulishib aytayotgan
edik, eshikning orqasida poylab turgan ekan, kaltak
olib hammangni otangga aytib bermasammi, molxo-
naga qamatib qo‘ymasammi, deb quvlab qoldi.
Baribir bizga yetolmadi... O‘shandan buyon shu
opadan qo‘rqib qochib yurardim. Hozir yana
qo‘rqayotgandim, xayriyat, opa menga hech
qaramayapti... Qosimali amakim, Erkaboy bobo bir
to‘planishib qoldik, bunaqasi hadeb bo‘lavermaydi,
Hoshim boqqolning bog‘ida bo‘lgan voqeani gapirib
bering, axir siz o‘sha qirg‘inning tepasida
bo‘lgansiz-ku, devdi, boshqalar ham aytaqoling,
deyishdi. Men ham, jon bobojon, aytib bering, deb
yolvordim. Bobom boshini chayqab:
– Yo‘q, mehmonlarim, yuragim chidamaydi, –
deb boshini anchagacha chayqab turdi. – Qosimali,
yaxshisi o‘zing so‘zlay qol. Mayli, eshitmaganlar



Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling