Janat Odamlar n65. p65


Download 0.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet95/140
Sana22.12.2022
Hajmi0.62 Mb.
#1041028
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   140
Bog'liq
Janat Odamlar n65

Xudoyberdi To‘xtaboyev
186
onasi, ularga ham tikilib turgan balo bordir, Xudo
xohlasa hammasi jazosini oladi, deb yupata boshladi.
– Tur endi, – dedi oxiri, – dorilaringni olib
kel, oyoq qurg‘ur qattiq og‘riyapti.
Enam boshini ko‘tarib sirg‘alib tushib ketgan
ro‘molini qaytadan o‘rab:
– Yana shamollatib olgan bo‘lmang? – deb
so‘radi.
– Zax yerda yarim kun ushlab turishdiyu
shamollamay bo‘ladimi.
Molxonamizdagi tovoqehada bo‘rsiqning yogi
qo‘shilgan qop-qora, yopishqoq dori bor edi-ku,
anavu kuni adashgan sigirga ham surtuvdik-ku,
o‘sha dorini olib chiqib bobomning qamchidan zaxa
bo‘lgan joylariga, yo‘q-yo‘q, hidini yomon ko‘ra-
man, ko‘nglim ayniydi, deyishimga qaramay,
mening ham tovonimga, tizzamning ko‘ziga surtib
qo‘yishdi.
Bobomdan ko‘ngil so‘ragani qo‘shnilarimiz
chiqa boshlashdi. Amakilar, opalar, bolalar ham
chiqishdi. Hamma chiqaverdi, tanchamizning atrofi
to‘lib ketdi. Buvimning qiz o‘rtogl Muhtaram
xolam, patirni chiroyli yopadigan Bibiqiz ammalar
bor deb aytuvdim-ku, o‘shalar ham chiqishgan. Bu
gal qatlama ham, yog‘li patir ham olib chiqmabdi,
shunday o‘zlari chiqaverishibdi. Boshqa ammalar
ham hech narsa olib chiqmay, faqat ijroqo‘m
amakini qarg‘agani chiqishibdi. O‘sha amaki juda
ham yomon ekan. Bugun bo‘lmasa, ertaga albatta
Xudoning g‘azabiga uchrarkan. Qo‘rboshilar
zamonida ham qo‘rg‘onchamizdagi amakilarni rosa
qiyratgan ekan. O‘shanda ijroqo‘m emas, komandir
ekan. Boshida chuchvara nusxa shapkasi, egnida


Jannati odamlar
187
ityoqa chakmoni, yonida qilichi, yana bitta yonida
to‘pponchasi ham bo‘lgan ekan. Askarlariyam o‘ziga
o‘xshagan ekan. Qo‘rg‘onchamizga ot choptirib keli-
sharkan-da, mamashka-mamashka, papashka-
papashka qo‘rboshi ko‘rding, deb so‘rarkan. Bil-
mayman deyishsa, bilasan, deyishar ekan. Yana
bilmayman deyishsa o‘n qamchi urilsin deyishar
ekan. Bitta boboni ko‘p urishganda boshi yorilib,
qon ko‘p oqib, kechasi o‘lib ham qolgan ekan. Enalar
bilan bobolar hech narsa aytishmasa menga
o‘xshagan bolalarni, Sanambuviga o‘xshagan qiz-
larni Bo‘rhovuzning yoniga to‘plab baranchik-
baranchik, kizimka-kizimka, qo‘rboshi qani deb
so‘rarkan. Bolalar bilmaymiz deyishsa hammasini
yalangoyoq qilib suvga tushirisharkan-da:
– Qo‘rboshi qani? – deb yana so‘rasharkan.
Bolalar yig‘larkan, qizlar yig‘larkan: «Otajon,
oyog‘im sovqotdi, buvijonim, qo‘rqib ketyapman,
anavi amakilarni haydab yuboring», deb yig‘la-
sharkan. Keyin bu yig‘iga cholbuvalar ham, enalar
ham qo‘shilarkan, qo‘rg‘onchamizdagi hamma
odamlar yig‘lar ekan. Ot ustida qilichini o‘ynatib
turgan Marifxo‘ja amaki, yig‘lama, yig‘ing bilan
meni qo‘rqitolmaysan, desa, bitta ena, hoy Marif-
xo‘ja, seni qo‘rqitish uchun yig‘layotganim yo‘q,
sendek zolimni qaysi ona tug‘di ekan, o‘sha onaga
achinib yig‘layapman degan ekan... Keyin ham-
maning dodlaganiga bog‘larda miltig‘ini qo‘ltiqlab
berkinib yotgan qo‘rboshi amakilar chiday olmay,
ey nomardlar, bolada nima ayb, ey nomardlar,
kampirlarda nima ayb, deyishib, devorlarning
orqasidan, ariqlarning ichidan panalab kelib qizil
shapkalilarni rosa paqillatib otishar ekan. Urushlar



Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling