Janat Odamlar n65. p65
Download 0.62 Mb. Pdf ko'rish
|
Janat Odamlar n65
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xudoyberdi To‘xtaboyev 202
Jannati odamlar
201 ko‘zlarini mo‘ltillatib bizga ancha tikilib turdi-da, keyin pir etib hovliga chiqib ketdi. – Ana ko‘rdingmi, bizni duo qildi, – dedim sevinib. – Ko‘rdim, – dedi o‘rtog‘im, – qaychini menga ber endi, men ham bittasini chiqaray, axir jannatga birga boramiz-ku. Endi men engashib turdim. Murodxon yel- kamga chiqdi. Voy, juda og‘ir ekan, o‘zi mendan bir yosh katta-da, katta bo‘lsa ham o‘rtoq bo‘laver- ganmiz. Bitta bedanani chiqaruvdi, ko‘zi ko‘r ekanmi, eshikni hech topolmaydi. Bechora-ey, biram rahmim keldiki. Sigirning tagidan ushlab hovliga o‘zimiz chiqarib yubordik. Keyin galma-galdan yelkamizga chiqib beda- nalarni qo‘yib yuboraverdik. Endi oltinchisini chiqarayotuvdik, o‘shanda o‘rtog‘imning yelkasida men turuvdim, ostonada Otaxon amakim ko‘rinib qoldi. Ichkari ancha qorong‘u-da, bizga tikilib turdi, biz ham tikilib turdik. – Nima qilyapsizlar? – deb so‘radi. Men javob qaytaray desam esimga hech gap kelmadi. Jim turaverdim. O‘rtog‘im: – Dada, biz jannati bo‘lamiz, – dedi maqtangandek bo‘lib. Otaxon amakim bizga yaqinlashib keldi-da, nima qilayotganimizni endi ko‘rdi shekilli: – Hu, o‘sha jannati bo‘lgan! – deb o‘shqirdi. O‘rtog‘imning yelkasidan tushib, qo‘limdagi qaychini tashlash esimga kelmay, ushlaganimcha ko‘chaga qarab otildim. Ko‘cha eshigimizgacha quvlab keldi, juda qattiq quvdi. Oyog‘imga enam- ning kavushini kiyib borgan edim, o‘shani yechib Xudoyberdi To‘xtaboyev 202 qochgandim, menga yetolmadi. Kira solib ko‘cha eshigimizni tanbalab, yonidagi supaga chiqib oldim. – Och! – deb eshikni mushti bilan urdi Otaxon amakim. – Ochmayman, – dedim. – Nima qilib qo‘yding, esi yo‘q. – Oltitasini chiqardik, xolos, endi siz ham jannati bo‘lasiz. – Och deyapman, bobong bilan gaplashib qo‘yay, sayroqi bedanalar edi! Har bittasi bittadan qo‘yga arzirdi, och! – Och-may-man, – dedim, – jannati qush- larni to‘rga solganlar do‘zaxi bo‘ladi, bildingizmi, ishonmasangiz enamdan so‘rang. Endi siz ham do‘zaxda kuyasiz, hozir enajonimni chaqiraman. Keyin enam chiqdi, bobojonim chiqdi, rosa janjallashishdi. Men bog‘ning etagiga borib berkinib oldimda, o‘sha yerda o‘tiraverdim. Bobom, yanagi yili senga ellikta bedana ilintirib beraman, qishda sandalda o‘tirib to‘r to‘qib beraman, deb arang ko‘ndirdi! Men, bobom urishmasin, deb ataylab kechgacha yig‘lamsirab yurdim... O‘shandan buyon mana shu amakidan juda qo‘rqaman. Hozir o‘tin yorayotgan ekan, eshikning tirqishidan tilimni chiqarib bir masxara qildim-da, orqamga qaytib ko‘chaning o‘rtasida to‘xtab qoldim, qayoqqa yurishni bilmay turaverdim. Ko‘cha eshigimiz tomonga qarab turuvdim, uyimizga Esonqul bobom, Ahmadqul bobom yana bitta bobo kirib ketayotgan ekan, o‘sha yoqqa qarab yugurdim. Bilaman, hozir qiziq-qiziq gaplar bo‘ladi, mazza qilib eshitaman endi. Uyga kirishim bilan bobo- jonim: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling