Janat Odamlar n65. p65
Download 0.62 Mb. Pdf ko'rish
|
Janat Odamlar n65
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xudoyberdi To‘xtaboyev 196 O‘LGAN CHO‘CHQA O‘RNIGA SEMIZ QO‘Y SO‘RASHYAPTI H
Jannati odamlar
195 fotiha o‘qib, xurjunini yelkasiga osib, hayyo-huy deb yo‘lga tushibdi. Alqissa bu sahrodan goho- goho karvonlar ham o‘tib turarkan, o‘sha kunlari yana bir karvon o‘tibdi. Baland tuya ustida borayotgan karvonboshi nariroqda cho‘zilib yotgan kishini ko‘rib qolibdi, tuyadan tushib oldiga borsa, bir bandayu mo‘min yuziga doka yopilgan holda behush yotgan emish, yuragiga quloq solsa, xayriyat, tirik ekan. Suv beribdilar, ovqat berib- dilar, oyoqqa turg‘azibdilar. Va yana yo‘lga tushibdilar. Qum barxanlari orasida bir kun yo‘l bosibdilar. To‘satdan yo‘l chetidagi yulg‘in da- raxtlari ostida sochilib yotgan suyaklarga, yirtil- gan xurjun, parcha-parcha uzilgan kiyim bosh- larga ko‘zlari tushib qolibdi. Oldiga borishibdi. Novcha yigit hamqishlog‘ini bo‘rilar yeb ketganini darrov fahmlabdi, ko‘ksini yirtib yig‘labdi, suyaklarini to‘plab janoza o‘qib qumga ko‘mibdilar. Novcha yigit karvonboshi yordamida dovu daraxtlarga ko‘milgan yam-yashil qishlog‘iga eson-omon boribdi. O‘rtog‘ining sovg‘a-salom to‘la xurjunini bola-chaqalariga topshiribdi. O‘zi ham uzoq umr ko‘ribdi, olamdan o‘tgach, jannati bo‘libdi. O‘z do‘stiga xiyonat qilgani uchun Pakananing arvohi do‘zax olovlarida hamon yonayotgan emish. – Uxlab qoldingmi, azamat î‘g‘lim. Ana ertagim ham tugadi... Endi yaxshi tushlar ko‘rib uxlaymiz... Aytdim-ku, hammasi Xudodan, yaxshi- lik mukofotsiz, yomonlik jazosiz qolmaydi, arslonim... Enajonim boshimni silab, peshonamdan o‘pib qo‘ydi, men uni achomlab oldim. Achomlash- ganimizcha uxlab qoldik... Xudoyberdi To‘xtaboyev 196 O‘LGAN CHO‘CHQA O‘RNIGA SEMIZ QO‘Y SO‘RASHYAPTI H aqiqatan ham qo‘rg‘onchamizdagi odamlar Eshon bobom bilan ikkita amakini qamoqxonaga olib ketganlariga, undan keyin bobolarni qamchi bilan urganlariga achinib roppa-rosa uch kun motam tutishdi. Amakilar maslahatlashdi, bobolar masla- hatlashdi, enalar maslahatlashdi, faqat bizga hech narsa aytishmadi. Ijroqo‘m boboni tishlab olganim uchun meni ham qamashadimi-yo‘qmi – shuni juda bilgim kelayotuvdi-da, amakilarning gapiga yashi- rinib quloq solsam ham baribir, bilolmadim. Men qamoqdan juda qo‘rqaman, o‘sha yer qop-qorong‘u bo‘lsa qanday yotaman, to‘g‘rimi? O‘rtoqlarim bo‘lsa ola-ola, endi qamashadi, qamashadi, tishingni sug‘urib olishadi, deb qochib ketishadi. Kechasi yo bobom, yo enajonim ikkovlarining o‘rtasiga kirib bobomning soqolidan, enamning sochidan ushlab uxlayman – shunday qilsam sal-pal qo‘rqmagandek bo‘laman-da... Qo‘rboshilar zamonida otishma bo‘lgan kunning ertasiga cho‘chchayma shapkalilar kelib amakilarni so‘roq qilib, mollarimizni haydab ketisharkan. Bu gal hech kim kelmadi, mo‘ylovi uzun ijroqo‘m bobo ham kelmadi. Endi odamlar pichirlab emas, sal qattiqroq gaplasha boshlashdi, biz ham qattiqroq gaplasha boshladik. Ertalab enam, Rah- monjon, azamat o‘g‘lim, qo‘shnilar dashtga mol haydayapti, Sultonali akangga seni ham qo‘shay, xaltangga non bilan mayiz solib beraman, axir sen ham katta yigit bo‘lib qolding-ku, devdi, yo‘q, enajon, men hali katta bo‘lganim yo‘q, dashtga |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling