Janat Odamlar n65. p65
Download 0.62 Mb. Pdf ko'rish
|
Janat Odamlar n65
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xudoyberdi To‘xtaboyev 194
ENAJONIM ERTAK AYTADI
– H à, î‘g‘lim, tinchlan, Xudo xohlasa, yomon- ning jazosini o‘zi beraveradi, hammasi o‘ziga ayon. Kimni jazolaydi, kimni mukofotlaydi, o‘zi biladi. Marifxo‘jaga o‘xshaganlar ham jazosiz qolmas. Kimki birovga choh qaziydi, nohaq bo‘lsa o‘zi tushadi. Kimki birovga yomonlikni ravo ko‘ribdi, o‘sha yomonlik balosiga o‘zi duchor bo‘ladi... Yaxshisi, ertagimni tingla. Tinglab-tinglab uxlab qolgin, toylog‘im, azamatim. Bir bor ekan, bir yo‘q ekan, qadim-qadim zamonda, shu o‘zimizning Farg‘ona tomonda, dovu daraxtlarga êî‘milgan, yam-yashil qishloqda ikki kishi yashagan ekan. Birini Novcha, birini Pakana deyishar ekan. Ikkovi ham Xudoning bandasi ekan. Yashabdilar, yashabdilar, oxiri bir kuni pakanasi, e o‘rtoq, shu do‘ppidekkina qishloqda yashab o‘tib ketaveramizmi, axir biz ham dunyoni bir ayla- naylik, sayohat qilaylik, ish bo‘ri emas, toqqa qochib ketmaydi, qaytib kelib yana ishlayveramiz, debdi. Xudoyberdi To‘xtaboyev 194 Novcha ham zerikib yurgan ekan, jon-jon deb rozi bo‘libdi. Rosa tayyorgarlik ko‘rishibdi, xurjun- larning ko‘zini oziq-ovqatga to‘ldirishib, hayyo-huy deb safarga jo‘nab ketishibdi. Eldan elga, yurtdan yurtga o‘tishibdi, ko‘p ajoyibotlarni ko‘rishibdi. Oxiri xurjunlarining ikki ko‘zini sovg‘a-salomga to‘ldirib o‘z yurtlariga qaytmoqchi bo‘lishibdi. Ammo bir sinovga duch kelib qolishibdi. Hamma narsa Ollohning o‘zidan, ehtimolki, bu sinovni Ollohning o‘zi yuborgandir... Yo‘llari sahroyi-biyo- bonga tushib qolibdi. Bo‘ron ko‘tarilib, chang-to‘zon ichida adashibdilar. Bir kun o‘ngga yurishsa – bir kun chapga yurisharmish... Bu ahvolda hali ko‘p yuradiganga o‘xshaymiz, deb o‘ylabdi Pakana, yaxshisi suvim bilan oziq- ovqatimni ehtiyot qilay. Shunday deb o‘ylabdi-da bor narsasini xurjunning ichiga berkitibdi, Nov- chaning suvidan ichib, nonidan yeb yana ikki kun yo‘l bosishibdi, oxiri Novchaning noni bilan suvi tugabdi, och-nahor qolishibdi, shunday bo‘lsa ham noumid bo‘lmay, bir kun o‘ngga, bir kun chapga qarab yo‘l bosaverishibdi. Uxlash uchun yotishganda Pakana sherigiga sezdirmay xurjunidagi suvidan ichib, nonidan yeb quvvatlanib olarkan. Novcha oxiri holdan toyib yiqilibdiyu, o‘zidan ketibdi, behush yotib qolibdi. Pakana, sherigim baribir o‘ladi, o‘lishini kutib o‘tirib vaqtni boy berib qo‘ymay, nonim bilan suvim borligida biyobondan chiqib olay, deb o‘ylabdi, o‘ylabdi. Behush yotgan hamqishlog‘ining hamyonini, xurjunidagi sov- g‘alarni olib, o‘zinikiga qo‘shib, kechir o‘rtoq, ikki kishi o‘lganidan bir kishining o‘lgani ma’qul, deb shu ishni qildim, iloyo joying jannatda bo‘lsin deb |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling