Janat Odamlar n65. p65
Download 0.62 Mb. Pdf ko'rish
|
Janat Odamlar n65
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xudoyberdi To‘xtaboyev 198
Jannati odamlar
197 borsam melisa amakilar meni ham qamab qo‘yishadi, deb ko‘nmadim. – Uy qizi bo‘lib shu yerda o‘tiraverasanmi?! – dedi enam xafa bo‘lib. – Ha, uy qizi bo‘lib o‘tiraveraman, – dedim men ham xafa bo‘lib. – Bo‘lmasa chiqib birpas o‘ynab kelgin. – O‘ynagim ham kelmayapti, – dedim, – siz qayoqqa borsangiz men ham o‘sha yerga borgim kelyapti. – Mening zarur ishim bor, î‘g‘lim. – Mening ham zarur ishim bor, – deb ostonada yo‘lini to‘sib turib oldim. Enam meni aldayapti, aldaganini bilib turib- man. Kechasi o‘zimni uxlaganga solib, sal-pal xurrak ham otib, bobom ikkovlarining maslahat qilayotganlarini bitta qo‘ymay eshitib olganman. Enam Otinbibinikiga borib mushkulkushod o‘qitar- kan, o‘qitganini hech kim bilmasligi kerak ekan, bilsa teskari tashviqot yuritdi deb qamab qo‘yarkan. O‘qitmasa Eshon bobomni, yana ikkita amakini qamoqxonadan hech ham chiqarishmas ekan. Eshon bobom chiqmasalar qo‘rg‘onchamizdagi hamma odamlar iymonsiz bo‘lib, nonni teskari tishlaydigan, suvga tupuradigan, bismillosiz ovqat yeydigan bo‘lib qolarkan. Bobojonim pichirlab, to‘g‘ri qilasan, onasi, yurt vazmin bo‘lib qoldi, boshi falokatdan chiq- mayapti, mushkulkushod o‘qitsang, o‘qita qol, zero avliyolar qo‘llab, ishlarimiz yurishib ketsa, lekin hech kimga sezdira ko‘rma... degan gaplarni ham aytdi. Ana shularning hammasini eshitib olganman. – Jon o‘g‘lim, o‘tkazib yuborgin, – yolvordi enam. Xudoyberdi To‘xtaboyev 198 – Meni ham olib borsangiz o‘tkazaman, – dedim qo‘limni yozib. – Yosh bolalar boradigan joy emas, azamatim. – Hozir katta yigit bo‘lib qolding dedingiz-ku. – Gapni ko‘paytirma. – Ko‘paytiraveraman. Enam meni hech ham urmaydiyu gapiga ko‘ndirolmasa yig‘lamsirab, meni hech kimim yo‘q, meni hamma qiynayveradi, endi boshimni olib chiqib ketaman, Zahrobu qizimnikiga ketaman, o‘shaning bolalarini o‘g‘il qilaman, erkalatib yuraman, deb qo‘rqitadi. Enamning ketib qolishidan rostdan ham qo‘rqamiz. Unda bizga ovqatni kim pishirib beradi, sigirimizni kim sog‘adi, to‘g‘rimi?.. Hozir ham shunday qiluvdi, ostonadan pastga tushib: – Mayli, bora qoling bo‘lmasa, – dedim. – Asalim-ey, – dedi peshonamdan o‘pib. – Baribir borayotgan jo‘yingizni bilaman, – deb maqtandim. Keyin yozda otinbibi xolamnikiga mushkul- kushod o‘qitgani borganimizda enamning yonida o‘tirib hamma so‘zlarini yodlab oluvdim, o‘shani o‘qiy boshladim. Loilaha illoanta, – Loilaha illoanta Mushkulkushod naxshi band Sali alo saodat Har kim aytsa bir soat Duo bo‘lgay ijobat, – ana shularni o‘qib bo‘lganimdan keyin hayron bo‘lib qarab turgan enajonimga qo‘rqmang, hech kimga |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling