Janat Odamlar n65. p65
Download 0.62 Mb. Pdf ko'rish
|
Janat Odamlar n65
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jannati odamlar 213
Xudoyberdi To‘xtaboyev
212 ko‘rasizlar... Faqat iltimosim shuki, pashsha bilan chuvalchangni yemanglar, mast qilib qo‘yadi, mast bo‘lib qolsalaring Ollohni unutib qo‘yasizlar, egatlar orasiga ataylab sochib qo‘yilgan donlarni ham yemanglar, yoniga tuzoq qo‘yilgan bo‘ladi, qo‘lga tushib qolasizlar... Xayr, bolalarim, men endi tezroq uchib otalaringni oldiga yetib îlay... Shunday qilib ona bedana osmonga parvoz qilibdi... Yolg‘iz qolgan aka-uka taqdirga tan berib yashay boshlabdilar, pashsha yemabdilar, chuval- chang tutmabdilar, kurmaklardan, yovvoyi qo‘noq- larning donidan yeb voyaga yetibdilar. Xudoyi taolo ularga shunday kuchli, yoqimli ovoz beribdiki, sayraganlarida baxmal vodiydagi barcha sayroqi qushlar jim qolarkan, yam-yashil ko‘katlaru daraxt- larning oltin barglari ham nafas olishdan to‘x- tarkan. Yo Olloh, yo Olloh deb sayraganlarida yoqimli ovozning ilohiy sehridan butun îlam jan- natiy holatga kirarkan. Anhorning narigi yuzidagi bedazorda onalaridan ajralgan ikki urg‘ochi bedanalar ham asta-sekin voyaga yetib, o‘zlariga oro berib, biz ham o‘zimizga juft topsak edi, deya orzu qilib yurgan ekanlar. Aka-uka bedanalarning mast qiluvchi ovozlarini eshitib, beixtiyor churuk aytib yuboribdilar, shunday yoqimli, shunday shirali va erkalovchi churuk aytibdilarki, erkak bedana- larning qalblarini darhol rom qilib olibdi, endi har kuni bir-biriga vovaqlashib, churuk chalib ishq- muhabbat izhor qilisharkan. Nihoyat, qo‘shiladigan kun ham kelibdi. Aka-ukalar tong saharda turib qanotlariga oro beribdi, patlarini tumshuqlari bilan silab yana olamni yoqimli ovozga to‘ldirib sayrashib, bedazor oralab ketgan silliqqina yo‘lakchadan Jannati odamlar 213 yo‘rg‘alab borishibdi. Voy, xudoyim, kutilmaganda ikkovlarining ham nozik oyoqchalari qil tuzoqqa ilinib qolibdi. Ikkovlari ham pitirlashib faryod che- kishibdi. Novcha bir odam yugurib kelib, e jonivor, seni bir oydan buyon poylayman-a, xudoga shukr, qo‘lga tushding-a, dermish. Sherigi bo‘lsa, bunaqa bir nafasda o‘ntagacha pitpildiq aytadigan bedana hali dunyoga kelgan emas, sotsang naxt bir otning puliga yetasan, dermish... Jon talvasasida pitirlab turgan bedanalarni bo‘z xaltaga qamabdilar, uch kun qorong‘ida saqlab so‘ng to‘rqovoqqa solibdilar. Bedanalarning kattasi tumshug‘i bilan to‘rni cho‘- qib, oyoqlari bilan qovoq tubidagi donlarni tepib: – Qutqaring, qutqaring! – deb sayrabdi. Kichik bedana bo‘ynini cho‘zib, qomatini rostlab: – Ozodlik, ozodlik! – deb nola qilibdi. Uy egasi ovozlarning ham kuchli, ham yoqim- liligidan zavqlanib «Ana bularni bedana desa bo‘- ladi», deb qarsak chalibdi. Katta bedana tumshug‘ini pastga qilib, zavq- lanayotgan uy egasiga qarab: – Tur yo‘qol, tur yo‘qol! – deb sayrabdi yana. Kichik bedana: – Tezroq ket, tezroq ket! – deb qo‘shimcha qilibdi. Bandi bedanalarning ovozlari kuchli ekan, yaylovda qolgan tanish urg‘ochi bedanalarga ham yetibdi, ular ham opa-singil ekan. Ikkovlari goh yo‘rg‘alashib, goh kalta-kalta uchishib bandilar sayrayotgan hovlining yonginasidagi o‘tloqqa kelib: – Biz keldik, biz keldik, – deb ipakdek mayin ovozda churuk chalishibdi. Erkak bedanalar ularni |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling