Xudoyberdi To‘xtaboyev
216
qo‘yib
salomlashadigan boshliq e, amakilar, olib
kelgan qo‘ylaring uchun rahmat, gazarmadagi
askarlarga so‘yib beramiz,
lekin Eshon hazratlariga
men javob berolmayman, mendan katta yana ancha
boshliqlar bor, o‘shalarning ruxsatini olamiz, debdi.
Lekin tashvishlanmanglar,
ozodlikka chiqaramiz,
gap bitta, debdi. O‘sha bitta gapni yana eshitaylik
deb bobolar kechgacha qolishgan ekan. – Ishqilib
qo‘yib yuborisharmikan? – tashvishlanib so‘radi
enam.
– Qo‘yib yuborishadi,
Xudo xohlasa, hazrat
chiqadilar, – dedi bobojonim, – boshliq yomon
odamga o‘xshamaydi. Qizil
shapkalilarning orasida
xudojo‘yi, insoflilari ko‘p, onasi. Bu dunyoni aslida
shu insofli odamlar ushlab turibdi, bo‘lmasa naq
qiyomat qoyim bo‘lardi-ya.
Hazratimning oldilariga kirib ko‘ngil so‘ramab-
sizlar-da.
– Kirdik, onasi, kirdik. Kayflari yaxshi, o‘zlari
tetik,
joynamoz berishibdi, tahoratga suv ham berib
turishgan ekan, ovqatlarni makruh deb yemayot-
gan ekanlar, bir melisa bola uydan keltirib
berayotgan ekan.
Aytdim-ku, bu dunyoda insoflilar
ko‘p.
– Xayriyat, – dedi enam mamnun bo‘lib.
– Xayriyat, – dedim men ham mamnun bo‘lib.
Keyin men uxlab qoldim.
Ertalab tursam,
bobojonim ham, enam ham boqqa chiqib ketishgan
ekan. Nega meni namozga uyg‘otishmadi ekan deb
o‘ylab yotdim. Keyin uyg‘otishuvdiyu uyqum
ochilmay, yana yotib oluvdim. Shu esimga tushib,
enajonimdan xafa bo‘lmay qo‘ya qoldim. O‘zi shu
bobomgayam
juda qiyin, to‘g‘rimi? Toklarni kesi-