Janat Odamlar n65. p65


Download 0.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet114/140
Sana22.12.2022
Hajmi0.62 Mb.
#1041028
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   140
Bog'liq
Janat Odamlar n65

Jannati odamlar
221
Yana ham chuqurroq ag‘darib chopgan ekan,
xumcha yana topilmabdiyu, uzum shunaqa mo‘l
bo‘ptiki, bahorgacha sotib ado qilolmabdi, yana
sandiqlari pulga to‘libdi. Bir keksa bobodan
otasining sirli vasiyati haqida so‘ragan ekan, e,
o‘g‘lim, otang rahmatli tokning tagiga tillo ko‘m-
magan, tillo ko‘mganman desam, o‘g‘lim ag‘darib-
chopadi, uzum mo‘l bo‘ladi, sotib pulini ko‘paytirib
xumchasini tilloga to‘ldiradi, deb o‘ylagan. Mana,
sandig‘ing to‘la pul bo‘ldi-ku, debdi. To‘g‘ri aytasiz,
bobo debdi yigit, ikki yildan buyon juda boyib
ketdim. O‘sha yigit otasi shu vasiyatni qilgani uchun
mamnun bo‘lib, iloyo otaginamning joyi jannatda
bo‘lsin, deb har kuni duo qilarkan.
Bobojonim ertakni aytib bo‘lib:
– Qalay, yaxshimikan? – deb so‘radi.
Men ikkovi ko‘zimniyam yumib oluvdim-da,
shuning uchun yaxshimi, yomonmi, bilolmayo-
tuvdim.
– Bobojon, yana ham ag‘darib chopganda tillo
chiqarmidi? – deb so‘radim.
– Yo‘q, tokning tagida tillo bo‘lmagan ekan.
Hecham bo‘lmagan ekan. Ag‘darib chopganda
juda pastdagi nafasi qisilib yotgan tomirchalarga
havo yaxshi borarkan, ozuqaga ham, suvga ham
yaxshi to‘yarkan-da, tilloning o‘rniga shira jo‘na-
tarkan. Bobojonim ana shularni aytgandan keyin,
bor endi azamat o‘g‘lim, enang choy qaynatib
qo‘ygandir, meva-chevalardan ham qo‘shib olib
kelgin, bir choylashib olaylik, keyin yana bittadan
ko‘zimizni yumib ertak aytishaveramiz, dedi. O‘zi
men bitta ertak eshitganimdan keyin yana tag‘in
eshitgim kelaveradi, uyqum kelguncha eshitaver-


Xudoyberdi To‘xtaboyev
222
sam deyman. Qumg‘onga choy olib keldim, o‘rik,
mayiz, chaqilgan yong‘oq olib keldim. Ko‘knori
xalta esimdan chiqib qolgan ekan, yana borib
keldim. Bobom men tergan tokpillalarning ustiga
o‘tirib, tushlik qilayotganda tokqaychi bilan birpas
ishlovdim, shu qaychi juda rasvo ekan, o‘ng
qo‘limni qisib oldim, qon chiqib ketay dedi. Bobom,
yig‘lama, o‘g‘lim, senda ayb yo‘q, shu qaychini
yasagan ustada, bozorga borganimizda oldiga kirib,
uni bir urishib qo‘yaman, devdi, shundan keyin
og‘riq sal bosilganday bo‘ldi. Ko‘karib turgan jo‘yini
ikki marta o‘pgan edi, endi og‘riq butunlay yo‘q
bo‘lib qoldi.
– Ketaman, – dedim o‘rnimdan turib.
– Qayoqqa borasan, o‘g‘lim, – so‘radi bobom,
– sen ketsang, men zerikib qolaman-ku.
– Baribir yaxshi ertak bilmas ekansiz, sizdan
enam yaxshi, ertakni ko‘p biladi.
Hovliga borsam, enajonim kir yuvayotgan ekan,
meni ko‘rib juda xursand bo‘ldi. Azamat o‘g‘lim,
yordamchi o‘g‘lim, deb erkalab og‘ilxonadan tappi
olib chiqib kir qozonning tagiga qalagin, axir sen
olov yoqishni yaxshi bilasan-ku, dedi. Hecham-da,
men tarasha o‘tinni yaxshi ko‘raman. Tappi yonmay
tutab turaveradi, tutuni ko‘zimni achitadi-da, keyin
uni tepgim kelaveradi. Enamga kasal bo‘p ketyap-
man, dedim-da, endi yana bobomning oldiga qarab
yugurib bordim. Bobojonim tushlikni qilib, ko‘k-
noridan ko‘p ichib, chordona qurgancha boshini
tizzasiga osiltirib, farishtalar bilan suhbatlashib
o‘tirgan ekan. Rostdanam ko‘knori ichgandan keyin
hamma bobolar ham ko‘zini yumib, boshini osiltirib,
farishtalar bilan suhbat qurishadi. Ahmadqul



Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling