Mavzu: Intizom va intizomlilik
Download 29.35 Kb.
|
1 2
Bog'liq4-Intizom va intizomlilik
Mavzu: Intizom va intizomlilik Reja: 1.Burch intizomi xaqida tushuncha. 2.Intizomning ma’naviy asoslari. 3. O’z-o’zini intizomiylash va uning shakllari Tayanch iboralar: harbiy intizom, o’z-o’zini intizomlash, burch. Ikkinchi jahon urushi boshida suv osti kemalaridan biri jangovar topshiriq bajarishga ketdi va bazaga qaytmadi. Ko’p yillardan so’ng uni topishdi va tubdan ko’tarishdi. Kemanning bir qancha bo’limlari cho’kmay qolgan ekan. Ulardan birida vaxta jurnali saqlanib qolgan. O’qib chiqishdi. Insonlar qahramonlik, cheksiz ruhiy kuch, dengizchi suv ostidagilar qat’iyligi guvoxi bo’ldilar. Yozuvlar ko’rsatadiki, kelgan topshiriqni bajarib va fashist kater –ovchilaridan yashirinib, qumga yotib oldi, lekin chuqurlikdagi bombalar bilan lat egan edi. Ikki kunga yaqin ekipaj buzuq erlarni tuzatdi va kemani ko’tarishga harakat qildi, lekin natija bo’lmadi. Oxirgi satrlar jurnalga komandir qo’li bilan kiritilgan edi: «Chiroq o’chmoqda. Butun ekipajda bitta ham ko’ngilchang topilmadi. Hamma yuksak intizom burchini namoyon etib, oxirgacha ko’rashdilar...» Burch intizomi... Bu so’zlarda o’ta murakkab vaziyatga dengizchilarning chuqur ahloqiy tayyorligi va ularning xavf-xatarni yuzma-yuz kuta olishga qobiliyati chuqur bir tushkunlikka aylandi. Suv osti dengizchilar jasoratida harbiy intizomning ahloqiy mohiyati yaqqol namoyon bo’ldi. Intizom - ongli ravishda shakllanadigan ijtimoiy munosabatlar turi. Ular yordamida belgilangan me’yor an’ana, urf-odat, intizom qoidalariga rioya qilishga erishiladi. Bunday munosabatlar deyarli barcha jamoa va jamiyatlarda mavjud, harakat sohasiga ko’ra davlat, mehnat, harbiy intizom mavjud. Harbiy intizom mezoni «sof» harbiy etik hisoblanmaydi. U sintetik holdir. Ma’naviy uning mazmuni o’ta muhim. Harbiy intizom armiyada belgilangan tartib harbiy xizmatchilar bilan ongli va so’zsiz bajarilishi haqida jamiyatning yuridik shakldagi mustahkamlangan siyosiy va ahloqiy talablarni bildiradi. Uning harakteri harbiy tashkilot xususiyatlari bilan tushuniladi. Bu yorda butun jamoa va har bir shaxs oldida yagona iroda, qat’iy qoida va ko’rsatmalarga so’zsiz bo’ysunish kerak. Harbiy xizmatchilar intizomi qoida va me’yorlari, avvalom bor O’zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlar ichki xizmati nizomi va Intizom nizomida bayon etilgan. Intizom tushunchasi oxirida «harbiy hizmatchilar bilan qonun va harbiy nizomlar bilan belgilangan tartib va qoidalarga qat’iy va aniq rioya qilinishi» aniqlab berilgan. Nizomda ta’kidlanadiki, Qurolli kuchlardagi intizom jazolash va bo’ysunish qo’rquviga emas, balki harbiy xizmatchilarning yuksak siyosiy ongligi, ular bilan o’z vatanparvarlik burchi, baynalminal vazifalari, o’z vataniga sodiqlikni chuqur tushunilishiga asoslanadi. Tabbiyki, ishontirish o’z harbiy burchini bajarishga sovuqqonlik bilan qaraganlarga majburlash choralarini tatbiq qilishni inkor qilmaydi. Harbiy revolyutsiya bo’shashmadi, balki, aksincha, yanada kuchliroq harbiy intizom ahloqiy asoslarini mustahkamlash zaruriyatini ta’kidlab o’tdi. Kibernetik va avtomatik sistemalar asrida aniqlik, eng yaxshi insoniy hislatlarning ahamiyati yanada ko’proq ortdi. Harbiy ishdagi revolyutsion o’zgarishlar o’zaro intizom, boshqarish intizomi kabi tushunchalarni yangi mazmun bilan boyitdi. Hozirda nafaqat to’g’ri, balki o’z vaqtida, mohirona, tashabbuskorona ijodiy va yuqori darajada ma’suliyat bilan harakat qilish muhim. Xattoki, to’g’ri, lekin o’z vaqtida qilinmagan harakat ba’zida og’ir, tuzalmas xatoga teng bo’lishi mumkin. Armiyada mexanizatsiya, avtomatika, teleboshqaruv vositalarini keng qo’llash qo’shinlar va jangovar faoliyat bilan boshqarish jarayonlarining harbiy texnik revolyutsiya-avtomatlashtirish yangi bosqichi haqida dalolat beradi. Boshqaruv borgan sari murakkablashmoqda, demak ofitserning majburiyatlari uzluksiz kengayib bormoqda. Ishning intelektual va psixologik jihati olib bormoqda, bu ofitser intizomligining kelgusi rivojlanishini talab qiladi. Intizom va intizomlilik tushunchalari chambarchas, bevosita bir-biri bilan aloqada turadi, lekin ularni o’xshatish mumkin emas. Agar intizom-ijtimoiy munosabatlarning o’ziga xos turi bo’lsa, intizomlilik esa intizom talablariga ongli ravishda bo’ysunishi va o’zini tuta bilishini erkin namoyon etish qobiliyati haqida dalolat beruvchi shaxsning ahloqiy hislatidir. Tuzilishi jihatidan bu ikki o’ta muhim hislat ikkita belgidan iborat: intelektual idealogik (intizom talablariga ko’ra harakat qilish zaruriyatini anglash) va emotsional-irodaviy (bu talablarga qat’iy rioya qilish qobiliyati). Harbiy intizom armiyada belgilangan barcha qoidalarga kunda, odatiy rioya qilishni talab qiladi. Biroq uning boshida ishlab chiqarish ancha mushkul ish ko’p narsa insonni harbiy hizmatgacha bo’lgan chiniqqanligiga, unga qanchalik tayyorlaganligiga bog’liq. Ma’naviy-g’oyaviy belgi intizomlilikning markaziy, lekin birgina belgisi emas. Haqiqatda bo’ladiki inson to’g’ri ish ko’rish zaruriyatini yaxshi tushunadi, lekin bo’sh irodasi deb mana shu aniq, anglangan majburiyatni bajarmaydi. Shuning uchun xatti-harakatning emotsional-predaviy belgisi alohida ahamiyatga ega. Iroda xuddi bir xatti-harakatda amaliy ong ifodasidir. U ofitserni to’g’ri yo’ldan borishga va shunga qo’l ostidagilarini o’rgatishga imkon beradi. Agar harbiy xizmatchi ilmiy dunyoqarash g’oyaviy chiniqish, kuchli iroda, oliyjanob hissiyotlarga ega bo’lsa, unda to’la ishonch bilan aytish mumkinki, unga bajaruvchanlik, aniqlik tashabbus, batartiblikda ifodalaniladigan yuksak intizomlilik ham mansub quyi intizomlilik esa tartib, qoidalarini, ahloq me’yorlariga rioya qilmaslikda namoyon bo’ladi. Tajriba, kuzatishlar eski haqiqatni tasdiqlaydi. Nizom tartibi bilan ko’rashilmagan. Aniq nizom o’zaro munosabatlari quvvatlanmaydigan, tarbiyaviy ishda rasmiyatchilik va qotillik belgilari qolgan erda intizomning buzilish hollari ko’p uchrab turadi. Shu bilan birga ko’pgina xatti-harakatlar shaxsning o’zida salbiy hislatlar, ilgari o’zlashtirilgan yomon odatlarning borligi tufayli qilinadi. Intizomning buzilishi sezilarli darajada indivudial sarqitlar va hislatlarning namoyon bo’lishi, shaxsiy manfatlarning jamiyatnikiga qo’yilishidadir. Bularning haqiqiyligini intizomiy ishlar va noahloqiy hollar sabablarining tahlili ko’rsatadi. Ularning ko’pchiligi u yoki bu inson yomonlik qilishni maqsad qilib qo’yganligi, balki, odatda, boshqa insonlar, butun jamoaning manfatlarini e’tiborga ololmasligi yoki xoxlamasligi tufayli amalga oshiriladi. Shuning uchun bunday insonga harakterning salbiy hislatlaridan qutilishiga yordam berish muhim. Shaxs unga qo’yiladigan talablarga beihtiyor amal qilmaydi. Fe’l- atvori to’liq shakllanmagan o’smir muntazam «ahloqiy sinovlarni» olib boradi va agar u o’z shaxsiy tajribasida ahloq printsiplari ruhida sodir bo’lgan xatti-harakatlar shaxsiy qoniqishi va ijtimoiy qadriyatni tashkil qilishiga ishonch xosil qilsa, unda u keyin ham har qanday xayotiy ziddiyatlarni hal etishda yuksak ahloqli intizom demokratik etikasi, mantiqiga tayanadi. Aksincha intizom ahamiyatini anglamagan, uning ustiga ahloqiy talablardan chetga chiqish keltirilib ketilishiga ishonish imkoniyatiga bir necha bor ega bo’lgan inson uyga "sinovlar" asosida orasidan ariqcha o’tishi bilan inson butun takdirini uchirib tashlaydigan chuqur jarlikka aylanishiga qodir. Intizomlilik bir biri bilan chambarchas bog’langan usul va vositalar tizimi yordamida shakllanadi. G’oyaviy siyosiy tarbiya, shaxsiy tarkib ongining uzluksiz ortishi ahamiyatga ega. Onglik barcha axloqiy jangovar hislatlar, shu bilan birga intizomlikning poydevori, asosi. Hissiyotlar tarbiyasi, ahloqiy odatlarni ishlab chiqish ham katta ahamiyatga ega. Intizomlikni tarbiyalashda o’ziga va qo’l ostilaridagiga nisbatan yuqori va xaqqoniy talabchansiz erishib bo’lmaydi. Sotsiologik tadqiqotlar ko’rsatadiki, talabchanlik shaxsiy tarkib bilan ofitserning muhim ahloqiy siyosiy hislati deb ko’rib chiqiladi. Masalan, turli harbiy kismlarda jangchilar katta guruhlari bilan anketa so’rovlari olib borilgan. "O’z komandirlaringizni qanday hislati uchun xurmat qilasizlar?"-degan savolga quyidagi javoblar olingan: - yuqori harbiy va siyosiy tayyorgarligi uchun -25%: - talabchanligi va xaqqoniyligi uchun -31%: - qo’l ostidagilarga g’amxo’rligi va ularga xurmatli munosabati uchun-44%: Yuqori talabchanlik rahbar ziyrakligi, insonlar xaqida g’amxurligini ko’zda tutadi. Ziyrak ofitser har doim o’zini ko’rsatgan, intizomli jangchini belgilashga uslub va imkoniyat topa oladi. Bu katta ahloqiy ahamiyatga ega. Birinchidan atrofdagilar inson harakati etiborsiz qolmasligiga ishonch xosil qiladilar.Ikkinchidan, raxbatlantirish kelgusida ham jon kuydirib xizmat qilishga undaydi. Biroq belgilash kerakki, bu ishda ham choralarni buzish yaramaydi. Rahbatlantirishni deyarli ahamiyatsiz sababga ko’ra uni stimul deb qadrsizlantiradilar. Intizom amaliyoti tahlilida bazan ko’pgina rag’batlantirishlar badiiy xavaskorlikda, sportda faol qatnashgani, xo’jalik ishlarini bajargani uchun elon qilinadi. Albatta, avvalombor harbiy xizmatchilarni o’xshash yutuqlari uchun belgilash mumkin va kerak. Lekin, avvalom bor, armiya faoliyatida bosh mezondan kelib chiqish va birinchi navbatda poligonda, tankadromda, sport maydonchasida, urushda, jangovor tayyorgarlik rubejlarida o’zini ko’rsatganlarni rag’batlantirish lozim. Talabchanlik jamiyat fikri - jamoada shaxs xulq-atvorining qudratli boshqaruvchilaridan biri nufuziga tayanish bilan birikkanda eng katta natijalar beradi. Jamiyat fikrining eng amaliy ifodalanishi usuli-tanqid va o’z-o’zini tanqid qilish va albatta armiya sharoitlarida uning xususiyatlarini etiborga olgan holda. Har bir insonga bu talabchanlikni qo’yish uslubi shu bilan birga inson o’ziga atrofdoshlarga qaraganda yuqori talablar qo’yganda shaxs o’z-o’zini anglash o’ziga xos shakli bo’lmish ahloq printsipi ham hisoblanadi. Qo’l ostidagilariga samaraliroq ta’sir qilish uchun ofitser muntazam shaxsiy hislatlarini o’rganish kerak. Ular har bir askarni barcha fazilatlari, kamchiliklari, istaklari bilan birga ko’radi va u uchun tarbiyaning eng samarali usul va vositalarini topadi. Insonlar individual xususiyatlarni bilish va hisobga olish qismlarda kelgusi intizomni mustahkamlash uchun muvaffaqiyatli kurashning zaruriy sharti. Download 29.35 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling