Mavzu: Intizom va intizomlilik


O’zini tuta bilish va uning shakllari


Download 29.35 Kb.
bet2/2
Sana21.06.2023
Hajmi29.35 Kb.
#1638374
1   2
Bog'liq
4-Intizom va intizomlilik

O’zini tuta bilish va uning shakllari.
Zamonaviy urush xususiyati shaxsiy tarkibdan ko’p turli jangovor texnika va qurol bilan aniq harakat qilishni talab qiladi. Harbiy intizom-qo’shinlar ahloqiy kuchi mustahkamligining muhim ko’rsatkichlaridan biri. Ofitserning o’z-o’zini tuta bilishi uning burchi va vijdoni, harakatdagi vijdonining yanada to’liq yaqinlashini ifodalaydi. U shunday ahloqiy ong rivojlanishi, insonni o’z majburiyatlariga bo’lgan munosabatini darajasini tasiflaydiki, unda ichki shaxsiy istaklar tashqi talablar bilan to’g’ri keladi. Har bir inson extimol, qo’shiladiki ko’pincha u yoki bu hatti-harakatlari biz o’z-o’zimiz bilan "kurashgandan" so’ng qilamiz. Ko’p holda inson o’z kamchiliklarini enga olish bilan kuchlidir. Bazida shaxsiy kuchsizlik begonaning kuchi kabi xaflidir. Har doim o’xshash kabi vaziyatlarda hal qiluvchi vazifa o’zini tuta bilishga tegishli. O’zini tuta bilishni turli xillari mavjud:
- ahloqiy o’zini nazorat qilish o’z xulq-atvori, o’z istaklarini mutaqil boshqarish va yo’naltirish qobilyatini bildiradi. O’zini nazorat qilish darajasi, onglik, inson o’ziga talabchanligi o’z-o’zini tanqid qilishga bog’liq.
- o’z hatti-harakatlariga va hislatlariga ahloqiy o’z-o’ziga baho berish. Bu baho asosida ofitser jamiyatimizda qabul qilingan meyor va talablarga shaxsiy xulq-atvorini to’g’ri kelishi yoki to’g’ri kelmasligini belgilaydi. Agar harbiy xizmatchi ahloqiy kodeks va harbiy nizomlarda izohlangan mezon bilan ish ko’rsa, unda uning shaxsiy xulq-atvoriga bergan bahosi jamoa, jamiyat baxosiga yakinlashadi. U bilan to’g’ri keladi sababi bu hujjatlarda aynan butun jamiyat butun halq talablari ifodalangan.
- ahloqiy o’zini boshqarish kerakli vaqtda o’zini yo’qotib qo’ymaslik qobilyati. Shunday qilib jangda har bir insonda qo’rquv hissi paydo bo’lishi mumkin. Ahloqiy o’zini boshqarish o’z-o’zini bosishga imkon beradi, dushmanni yakson qilish maksadida faol, qat’iy harakatlarga jalb etadi:
- ahloqiy o’zini tuta bilish. Chuqur qat’iyatli va irodali inson umumiy ish, aniq vazifani va komandir buyrug’ini bajarish uchun o’z manfaatlaridan voz kechishga xaqli. Bu o’zini tuta bilishni eng yuksak shakli, u zamonaviy urushda asosiy o’rinni egallaydi.
O’zini tuta bilish jangchiga og’ir vaziyatda o’ziga buyruq berishga, o’zini ishontirishga imkon beradi. Buning zaruriyatini parashyutdan ilk bor sakrayotgan desantchilar, birinchi mustaqil uchishdagi uchuvchilar, portlovchi moddalarni zararlantiruvchi sapyorlar va og’ir sharoitlarda harakat qilishga to’g’ri kelgan boshqa mutaxassislar sezadilar.
O’zini tuta bilishda jangchilarning mustaqil bo’lishdan ma’lum bir uzoqlikda bajara olishi qobilyati juda zarur. Bir qator hollarda o’z-o’zini nazorat qilish harbiy xizmatchi hatti harakatlarini to’g’riligini tekshirishning yagona vositasi bo’lib hisoblanadi. Uchuvchi-kiruvchi, operator, radist, akustikachi bir xilda o’zi bilan yakka, atrof bilan yakka holda qoladi. Ularni birinchi navbatda shaxsiy vijdoni, o’zini tuta olishi nazorat qiladi. U vaqtinchalik zaiflikni bosishga yordam beradi. Jangda, asosan dushman bilan qudratli o’t ochilgandan so’ng daqiqali o’zini yo’qotib qo’ymasligi uchun butun o’z irodasi, fikri, hislari qo’yilgan vazifani hal etishga qaratishga o’zini majbur qilishi kerak. Majburiyatlarni, burchni so’zsiz bajarish-doimiy jang qobilyatini saqlash asosiy usul. Mustahkam ahloqiy chinikqan jangchi tezda vaziyatni hal etishga to’liq tayyor bo’ladi. Agar jangning qandaydir bosqichida qo’rquv hissi paydo bo’lsa, u darhol jangovor ahloqiy ko’tarinki ruh bilan almashinadi. Aniqlanganki, bir qator qismlarda intizom buzilishi 45% gacha kishilar o’zi qolganida sodir bo’ladi.O’zini tuta bilish rivojlanish xaqida jangchining qanday qilib komandir va boshliqlarining buyruq va ko’rsatmalarini bajarishga ko’ra xulosa chiqarish mumkin. Buyruqlar bilan shaxsiy tarkibning butun faoliyati bog’liq. Buyruq harbiy jamoada xayotiy muammolarni tartibga solish va hal etishning, uning harakatlarini umumiy maksadga qaratishning o’ziga xos usuli. Buyruqni bajarish sifati jangchining ma’naviy mas’uliyatidir.
O’zining xikoyalarida bir yozuvchi o’ta botirlik va topqirlik bilan o’zini ko’rsatgan katta serjant xaqida bayon etadi. Bazi bir xizmatdoshlari katta serjantning "omadi keladi" aytishardi. Bunga katta serjant muallif ta’kidlashicha javob berishi mumkin edi. Omad? balki, lekin omad o’tga o’zimni tashlab va butun chikqanimda emas. Omad boshqada. Buyruq o’zingda uni istaging kabi butun yuraging bilan his etishing ortga turtib yuborish kerak, qolgani tuxtovsiz o’z-o’zidan ketadi. Omad-jang istak kabi buyruqni faqat o’zinga qabul qila olishingda. Shunda ko’p narsaga erishiladi. Shu parodeksda chuqur fikr yotadi, buyruqni so’zsiz bajarib, harbiy xizmatchi maksimum tashabbus namoyon qilishga majbur.
Buyruqni bajarishdagi tashabbus inson tomonidan ahloqiy faollik namoyon shakli. Ma’naviy ma’noda tashabbus shu bilan tavsif qilinadiki, jangchi o’z zimmasiga oddiy ahloqiy me’yorlarga rioya qilishni talab qiladigan mas’uliyatni oladi. Shaxsiy tarkibda o’zini tuta bilishi tarbiyalash ofitser ta’siri kuchiga ularda o’zini oldiga yuqori marralarni va ularga albatta erishishga, intilishga, qilishga extiyojini shakllantirishiga bog’liq. O’zini tuta bilishni tarbiyalash, shuningdek printsipsizlik, tashabbuskorliksiz kurashi ko’zda tutadi. Ba’zida bu hislatlar "Men kichkina odamman", degan ofitser befarqlikni yo’qotish, kishilarda umumiy yutuq xaqida g’amxurlik qilish uchqunini yoqish uchun hamma narsaga tayyor. Lekin, afsuski, boshqa misollar ham bor. Boshqa ofitser katta va kichik ishda qo’l ostidagilariga ortiqcha g’amxurlik qiladi va shu bilan ularning tashabbusini siqib qo’yadi. Bazida " sizsiz ham qilamiz", "sizning ishingiz bo’lmasin" degan gaplarni ham eshitib turamiz. Shaxsiy tarkib faolligiga bu narsa qancha halal berishini gapirib o’tamiz. O’xshash "qattiklik" ko’p holda tarbiyachining o’ziga qarshi aylanadi, u va jamoa o’rtasida devorni yaratadi, aloqa ishonchning hissiy bog’lashlarini uzishga olib keladi. Yosh ofitser bunday xatoga yo’l qo’ymasligi va qo’shinlardagi xizmatning boshidan bo’limda insonlarga ishonch va printsipiallikka asoslangan qo’shin o’rtoqchiligining asl munosabatlarini saqlashi unga muhim.
Foydalanilgan texnologiyalar: muammoli ta’lim texnologiyasi (aqliy xujum uslubi)


Nazorat savollari.
1. Ikkinchi jahon urushi misolida insonlarning qahramonliklari, ruhiy kuch va qat’iyliklari to’g’risida misollar keltiring?
2. Intizom – qay ravishda shakllanadi va qaysi munosabatlar turiga kiradi?
3. Harbiy intizom armiyada qanday tartiblar bilan bajariladi?
4. Harbiy intizom armiyada qanday talablarni bajarilishini bildiradi?
5. Intizom tushunchasi harbiy hizmatchilar bilan qaysi nizomlar bilan belgilangan va qaysi qoidalarga rioya qilishini aniqlab beradi?
6. Intizomlik qaysi usul va vositalar tizimi yordamida shakllanadi?
Download 29.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling