Janat Odamlar n65. p65
Download 0.62 Mb. Pdf ko'rish
|
Janat Odamlar n65
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xudoyberdi To‘xtaboyev 228
Jannati odamlar
227 nim bilan endigina achomlashayotgandik, hali bir- birimizga uncha to‘yganimiz ham yo‘q edi, nari- roqda o‘h-ho‘, o‘h-ho‘ degan yo‘tal ovozi eshitilib qoldi. Qarasak, voy, voy, Ahmadqul bobom ekan, yaqinimizga kelgunicha sezmabmiz. – Ikkoving ham karmisan? – dedi Ahmadqul bobom yaqinimizga yetay deganda. – Kar emasmiz, – dedim bobomning qucho- g‘idan chiqib. – Hovlida turib shuncha chaqiraman, chaqiraman... – Bo‘ying past-da, – dedi bobom sal kulimsirab, – ovozing ham past chiqadi. – Kelining ustiga chiqib chaqiruvdim, Erka. – Bo‘lmasa ovozingchi kelining ichiga ketibdi, Ahmadqul. Hammamiz o‘tirdik, fotiha o‘qidik, choy quyib uzatdim. Ish chatoq bo‘pti. Juda-juda chatoq bo‘pti. Kolxozimizning hosiloti Qo‘ziyev amaki Bo‘rhovuz- ning oldiga odamlarni to‘plab, yo‘q, odam ko‘p bormabdi, ozgina boribdi, xolos, qo‘rg‘onchadagi bog‘larga bu yil ishlov berilmasin, kolxozga umumlashadi, kolxozning past tomonidagi yerlari zaxlab, sho‘rlab ketgan, paxta unmayapti, huku- matga mevadan ko‘ra paxta zarurroq bo‘p turibdi, bog‘lar buzilib, o‘rniga paxta ekiladi, debdi... Bobomning avval qo‘llari, keyin bo‘yni qaltirab, anchagacha gapirolmay turdi, keyin o‘ziga kelib: – Hazilingni qo‘y, Ahmad! – dedi. – Hazillashayotganim yo‘q, – dedi Ahmadqul bobom. – Gapingni qaytarib ol, bo‘lmasa hozir mana shu tesha bilan chopib tashlayman. Xudoyberdi To‘xtaboyev 228 – Zo‘r bo‘lsang, borib raisni chop, Erka, nega menga do‘q urasan? Chol bobolar o‘rinlaridan turishuvdi, qo‘rqib men ham turib oldim. Iloyo urishib qolishmasin deb xudoga yolvorib turdim. – Bu gap kimdan chiqibdi? – sekin so‘radi o‘zimning bobom. – Hukumatdan, – dedi Ahmadqul bobom orqasiga tisarilib. – Qaysi hukumatdan? – Eng kattasidan. Kecha idorada yopiq majlis bo‘lgan ekan, qaror qilishibdi. – Shu bog‘larni buzishga-ya? – Ha, shu bog‘larni buzishga, senikiniyam, menikmiyam, hammanikini. – Yo‘q-yo‘q, – bobojonim baqirib yubordi, – hozir borib hammasini chopib tashlayman. O‘g‘illarimni otib o‘ldirdi, kuyovimni urib o‘ldirdi, yerimni oldi, belimni bukdi, endi bog‘imni buzadimi, yo‘q, yo‘q... Hammasini chopib tash- layman. Bobojonim turgan joyida tepinib, yerdagi tesha, arra, tok-qaychilarni har tomonga ota berdi. Enajonim yugurib keldi. O‘tqazib, bobomga sovuq choy ichirdi, ko‘kragini ochib yelpidi. Men nima qilishimni bilmay jim turaverdim. Download 0.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling